Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq hisobotiga oʻzgartirishlar kiritish



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

83-modda. Soliq hisobotiga oʻzgartirishlar kiritish 
(1-q.)
Oʻzi ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi 
kamayishiga (oʻzgarishiga) olib kelgan notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlarni va (yoki) 
xatolarni aniqlagan soliq toʻlovchi ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlarni kiritishi va soliq 
organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart. 
(2-q.)
Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar hisoblab chiqarilgan 
soliq summasining kamayishiga olib kelmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi oʻzi ilgari taqdim etgan soliq 
hisobotiga zarur tuzatishlar kiritishga va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim 
etishga haqli. Bunda soliq hisobotini taqdim etishning belgilangan muddati oʻtgandan keyin 
taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti muddat buzilgan holda taqdim etilgan deb 
hisoblanmaydi. 
(3-q.)
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliq hisobotini taqdim etish 
muddati oʻtgunga qadar taqdim etilgan boʻlsa, soliq hisoboti aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim 
etilgan kun taqdim etilgan deb hisoblanadi. 
(4-q.)
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliqni toʻlash muddati oʻtgandan 
keyin taqdim etilgan boʻlsa, soliq toʻlovchi bir paytning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etgan 
taqdirda javobgarlikdan ozod qilinadi: 
1) aniqlashtirilgan soliq hisoboti u hisoblab chiqarilgan soliq summasi kamayishiga 
(oʻzgarishiga) olib kelgan holatlar soliq organi tomonidan aniqlanganligini yoki soliq auditi 
tayinlanganligini bilgan paytga qadar taqdim etilgan boʻlsa; 
2) aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgunga qadar u yetishmayotgan soliq summasini 
va unga tegishli penyalarni toʻlagan boʻlsa. 


(5-q.)
Aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga, ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga 
xos xususiyatlarni inobatga olgan holda, soliq hisobotini topshirish uchun belgilangan tartibda 
taqdim etiladi. 
(6-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar soliq agentlari tomonidan taqdim etiladigan 
aniqlashtirilgan soliq hisobotiga nisbatan ham qoʻllaniladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin