doir inkasso topshiriqnomasini (bundan buyon ushbu moddada
soliq organining inkasso
topshiriqnomasi deb yuritiladi) bajarishi shart.
(2-q.)
Soliq toʻlovchining topshiriqnomalari va soliq organining inkasso topshiriqnomalari
fuqarolik qonunchiligida belgilangan navbat boʻyicha bajarilishi lozim.
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(3-q.)
Soliq toʻlovchining topshiriqnomasi yoki soliq organining
inkasso topshiriqnomasi
bunday topshiriqnoma olingan kundan keyingi bir operatsiya
kuni ichida bank tomonidan
bajariladi.
(4-q.)
Soliq toʻlovchining hisobvaragʻida pul mablagʻlari mavjud boʻlgan va toʻlov hujjatida
rekvizitlari toʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda bank soliq toʻlovchining topshiriqnomasini yoki soliq
organining inkasso topshiriqnomasini bajarishni kechiktirishga haqli emas.
(5-q.)
Soliq toʻlovchining hisobvaragʻida pul mablagʻlarining yoʻqligi (yetarli emasligi)
sababli soliq organining inkasso topshiriqnomasini belgilangan muddatda
bajarishning imkoni
boʻlmaganda, bank belgilangan muddat tugaganidan keyingi kundan kechiktirmay inkasso
topshiriqnomasini yuborgan soliq organiga uning topshiriqnomasi bajarilmaganligi (qisman
bajarilganligi) toʻgʻrisida xabar qilishi shart.
(6-q.)
Soliq toʻlovchining topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi
bajarilmaganligi (qisman bajarilganligi) toʻgʻrisidagi bank xabarnomasining shakli va uni elektron
shaklda uzatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(7-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada
bajarmaganlik uchun banklar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(8-q.)
Javobgarlik choralarining qoʻllanilishi bankni soliq toʻlovchining topshiriqnomasini
yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
(9-q.)
Banklar soliq toʻlovchilarning topshiriqnomalarini va soliq organlarining inkasso
topshiriqnomalarini koʻrsatilgan operatsiyalar boʻyicha xizmat koʻrsatilganligi
uchun haq
undirmasdan bajaradi. Soliq toʻlovchilarga yoki soliq agentlariga ortiqcha toʻlangan (undirilgan)
soliqlar, penyalar va jarimalar summalarini qaytarish boʻyicha banklar tomonidan
topshiriqnomalar bajarilganda koʻrsatilgan operatsiyalar boʻyicha xizmat koʻrsatilganligi uchun
ham haq undirilmaydi.
Dostları ilə paylaş: