(3-q.)
Yuridik shaxs tugatilayotganda soliq majburiyatini mazkur yuridik shaxsning boshqa
kreditorlari bilan hisob-kitoblari oʻrtasida bajarish navbati fuqarolik qonunchiligi bilan
belgilanadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(4-q.)
Tugatilayotgan yuridik shaxs tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha
undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summalari soliq organi tomonidan ushbu Kodeksda
belgilangan tartibda boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi lozim.
(5-q.)
Ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarning (penyalarning, jarimalarning)
hisobga olinishi lozim boʻlgan summasi boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarziga mutanosib ravishda
yoki tugatuvchining qaroriga binoan taqsimlanadi.
(6-q.)
Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliqlar boʻyicha qarzi boʻlmagan taqdirda, ortiqcha
toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi shu yuridik
shaxsga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda u ariza bergan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan
kechiktirmay qaytarilishi lozim. Soliq toʻlovchi tomonidan ariza taqdim etilmagan taqdirda,
ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi Oʻzbekiston
Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestridan chiqarilgan soliq toʻlovchining shaxsiy
hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi
qism)
(7-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona
chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish munosabati bilan soliqlar toʻlashda ham qoʻllaniladi.
Dostları ilə paylaş: