2) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6-8-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar va
aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari. Bunday soliqlarga nisbatan toʻlashni
kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ikki yilgacha muddatga berilishi mumkin;
3) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi munosabati
bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar boʻyicha - bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan
tartibda bojxona organlari (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar
mustasno).
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi soliq toʻlovchiga ushbu Kodeksning
17-moddasida koʻrsatilgan har qanday soliq boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash
imkoniyatini uch yilgacha muddatga berishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishda ushbu Kodeks 98-
moddasining birinchi qismida belgilangan cheklovlardan chetga chiqishga haqli.
Dostları ilə paylaş: