NATIJALAR VA MUHOKAMA
Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo’llash jarayonida ta'lim muassasalarining
o’quv-tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1285-1288
Academic Research, Uzbekistan
1287
www.ares.uz
aniqlanadi, tajriba-avvali va yakunida qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq
to’g’risidagi ma'lumotga ega bo’linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o'ziga os
ususiyatlarga ega. uzatish aniq maqsad asosida uzluksiz izchil va tizimli amalga
oshirilsa kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin. lib borilayotgan pedagogik
kuzatish ta'lim-tarbyasifatini oshirish o quvchi sha sini shakllantirishga xizmat
qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo’lingan
ma'lumotlarni boyitish mavjud holatga to’g’ri baho berish muammoning yechimini
topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari
sub'ektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat
maqsadga muvofiq holda indiviudal guruhli hamda ommaviy shaklda o’tkaziladi.
Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to’la-to’kis namoyon qilishga
erishish muhimdir.
Anketa metodi (fransuzcha–tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik
kuzatish va suhbat jarayonida to’plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham
tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi.
Anketa savollariga javoblar ko’p hollarda yozma ravishda olinadi. ’rganilayotgan
jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo’ladi:
Intervyu metodirespondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki
bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabatbildirilishini ta'minlaydi. Intervyu
respondent e'tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o’tkaziladi. Intervyu
jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi
uning samarasini oshiradi.
Ta'lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va
dalillarni tekshirish maqsadida ta'lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi
ma'lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O'zbekiston
Respublikasining «Ta'lim to’g'risida»gi qonuni hamda « adrlar tayyorlash Milliy
dasturi» talablarining ta'lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o'rganish
bu boradagi faolllik darajasi erishilgan yutuq hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni
aniqlash ilg’or tajribalarni ommalashtirish va ta'lim muassasasi pedagogik tajribasini
oshirish maqsadida qo’llaniladi
Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki
faoliyat (shu jumladan kasbiy faoliyat) bo’yicha o’zlashtirilgan nazariy bilim va
amaliy ko’nikma malakalar darajasini aniqlashga izmat qiladi. Test o’z mohiyatiga
ko’ra quyidagi savollardan iborat:
|