Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
12.3. Moliya tizimi 
 
 
Moliya tizimi deganda jamiyatdagi moliya munosabatlari yig’indisi, ularni 
ifodalovchi moliya mexanizmlari, vositalari hamda moliya siyosatini tushunish 
kerak. 
Mikroiqtisod va makroiqtisod mavjud bo’lganidek moliya tizimida ham 
mikromoliya va makromoliya mavjuddir. 
Mikromoliya 
birlamchi bo’lib, u korxona, 
firma, jamoa, oila moliyalarini bildiradi. Buning asosida ichki va tashqi moliyaviy, pul 
bilan bog’langan munosabat aloqalari yotadi. Bunda o’zlari pul topib, o’zlari 
taqsimlab, o’zlari ishlatadilar. 
Mikromoliyadagi ichki aloqalar shu jumladan ichidagi pul taqsimoti va uni 
ishlatish jarayonini o’z ichiga olsa, tashqi aloqalar pul sarmoyalari bilan aloqador 
boshqa korxona, firmalar, birjalar, banklar va davlat moliya idoralari bilan bo’lgan 
munosabatlarni o’z ichiga oladi. Mikromoliyada xo’jaliklar o’z moliyalarini 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


89 
shakllantiradilar va tashqi moliyaviy majburiyatlarini bajaradilar. Bunday moliya 
amortizatsiya ajratmasi, iqtisodiy faoliyatdan olingan foyda, korxona sotib olingan 
bo’lsa, o’z ishchi va xizmatchilaridan tushadigan pul, shuningdek, firma sotgan 
aktsiya va obligatsiyalardan tushumlar, qarzga olingan pul mablag’lari, davlat 
subsidiyasi kabilardan tarkib topadi. 
Korxona, firma moliyasi albatta, o’z faoliyatlari natijasi bo’lib, avvalo u foyda 
darajasi va miqdoriga bog’liqdir. Ko’rinib turibdiki, bu xo’jaliklarning iqtisodiy 
samaradorligining asosidir. Chunki, korxonaning yaxshi ish natijalari o’z hissasining 
ortib borishi, o’zi ishlab topgan sarmoyalar hisobiga pul resurslarini ko’paytirib o’z 
ishini o’zi moliyalashtirish darajasida bo’lishi mustaqil ish olib borish, tez 
rivojlanish imkonini tug’diradi. Moliyaviy qaramlik har bir firma uchun doimo 
qiyinchilik tug’diradi. Mikromoliyadagi tashqi majburiyatlarni olsak, bular soliqlar 
va boshqa majburiy to’lovlar, sug’urta pulini to’lash, qarz-kredit hajmiga qarab qarz 
qismi hamda foizini to’lash kabilarni o’z ichiga oladi. Moliyalashtirishda korxonani 
rivojlantirish hamda asosiy kapital qismini yangilab borish aylanma kapitaliga 
qo’shilish bilan bog’liq xarajatlar amalga oshiriladi. Firmani kuchaytirish maqsadida 
imkoni boricha boshqa firma aktsiyalari va obligatsiyalarini sotib olish, o’z ishchi va 
xizmatchilarini rag’batlantirish uchun, sarmoyalarni ko’paytirish uchun harakat 
qilinadi. 
Mikromoliyada aktsiya va obligatsiyalarning ta’siri katta bo’lishi mumkin. 
Aktsiya qimmatbaho qog’oz
bo’lib, u korxona kapitalida ishtiroklilikni bildiruvchi 
hujjatdir. Aktsiya daromad keltiradi. Bu dividend deyiladi. Obligatsiya esa 
qarzdorlikni bildiruvchi qimmatbaho qog’oz
bo’lib, bu ham foiz turida daromad 
keltiradi. 
Keyingi vaqtlarda hissadorlik jamiyatlari ko’payib, aktsiyalarning korxonalar 
iqtisodiy faoliyatiga ta’siri ortib bormoqda. Aktsiyalar oddiy va imtiyozli bo’ladi. 
Oddiy aktsiyada dividend foyda darajasiga qarab turli bo’ladi va aktsioner ovoz 
berish xuquqiga ega bo’ladi. Imtiyozli aktsiyada esa daromad oddindan belgilanib, 
kafolatlanadi, lekin aktsioner ovoz berish huquqiga ega emas. 
Imtiyozli aktsiyalar xaridorgir bo’lib, bozorda uning xaridorlari ko’p, bahosi esa 
oldi-sotdida belgilanadi. Aktsiyalarning bozor bahosi ularning sotish kursini yuzaga 
keltiradi. Bozor kursi kotirovka deyilib, u fond birjasida amalga oshiriladi. Aktsiya 
kursi iqtisodiy, siyosiy va ruhiyat omillariga ega. 
Makromoliya asosan davlat moliyasidan iborat. Lekin bunga mavjud ijgimoiy fondlar 
ham kiradi. Davlat moliyasi uning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faoliyatini ta’minlash 
uchun xizmat qiladi. Bu milliy boylik va milliy daromadning bir qismi. Lekin davlat 
moliyasi uning ixtiyoridagi korxona, tashkilot, muassasalarning moliyasini ham o’z 
ichiga oladi, ya’ni bunda mikro va makro moliya bir-biriga chatishib ketadi. Aralash 
iqtisodiyot xususiyatiga ega bo’lgan davlat iqtisodiyotining moliyasi ham bozor va 
nobozor munosa-batlaridan iborat bo’ladi. Shuning uchun ham davlat moliyasi 
tarkibi murakkab bo’lib, davlat byudjeti, uyushtirilgan fondlar, davlat, kredit va 
korxonalar moliyasi kabilarni o’z ichiga oladi. 
O’tgan davr mobaynida bank tizimi iqtisodiyotimizning ustuvor tarmoqlaridan 
hisoblangan energetika, kimyo, mashinasozlik, metallurgiya, engil va mahalliy sanoatni 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


90 
rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shdi. 
Jumladan, Buxoro va Farg’ona neftni qayta ishlash zavodlari, Ko’kdumaloq neft 
koni, kimyo sanoatida “Navoiyazot” Qizilqum fosfor zavodi, Sho’rtan gaz-kimyo 
kombinati, YAngiyo’l tsellyuloza-qog’oz fabrikasi, Asaka avtomobil zavodi va unga 
tutash bo’lgan butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi o’ndan ortiq qo’shma korxona 
qayta qurilib, ishga tushirildi. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin