Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
13.2. Banklar 
 
Kredit, pul qarz berish ikki usulda yuz be-rishi mumkin: birinchisi, bevosita 
bo’lib, bu qarz beruvchi va qarz oluvchi, o’zaro aloqada bo’lishi va bevosita pul qarz 
olish yo’li yoki nasyaga mol sotish yo’li bilan amalga oshadi. Chunki, nasyaga sotish 
mazmunan qarzga berishning o’zi. Nasyaga sotish ham ma’lum muhlat va xaq to’lash 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


97 
asosida yuz beradi, ya’ni tovar bahosiga ustama qo’yilib, tovar nasyaga sotiladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda tovar va to-varlashgan xizmatlarga to’yingan bozor sharoitida 
avtomobil, turar joy, yaxta, video va boshqa apparaturalar kabilar keng miqyosda 
kreditga sotiladi, ya’ni bo’lajak daromad hisobiga sotilib, tovar xaqi bo’lib-bo’lib 
foiz bilan to’lanadi. 
O’tmishdagi sudxo’rlik, hozirgi davrdagi innovatsiyada moliyadagi venchur 
kapitalining ayrim qismlari ham bevosita kreditning ko’rinishlaridir. 
Ikkinchi usul bilvosita bo’lib, qarz berish vositachilik yo’li bilan, ya’ni 
uchinchi sub’ekt yordamida amalga oshadi. Bunda alohida kredit tashkilot va 
korxonalari yuzaga kelib, banklar paydo bo’ladi. Banklar haqiqatdan ham kredit 
vazifalarini o’zida mujassamlashtirgan muassasadir. 
Banklar kreditdagi ikki tomonni bir-biriga bog’laydi, ular o’rtasidagi zarur 
aloqalarni o’zi bajaradi. Bo’sh pul egalari va pulga muhtojlar bank orqali o’z 
muammolarini hal qiladilar. Amalda bank faoliyati tufayli bundagi sub’ektlar bankka 
pul qo’yuvchi va qarz oluvchilarga aylanadilar. Bank pul qo’yuvchilarga foiz to’lasa, 
pul oluvchilardan foiz oladi. Bu foizlar o’rtasidagi farq bank daromadini 
shakllantiradi. 
Bundan tashqari banklar xazina saqlovchi va qimmatbaho qog’ozlar 
chiqaruvchi bosh bo’g’indir. Davlat emissiyasi ham bank orqali amalga oshadi. Shu 
bilan birga banklar garovga boylik qo’yish vazifasi, kapital va iste’molchi kreditlari 
kabi vazifalarni ham bajaradi. Umuman ban-klarning kredit, moliyalashtirish 
sohasidagi faoliyati juda keng bo’lib, bozor iqtisodiyotining shakllanishi va 
rivojlanishi ko’p jihatdan banklar faoliyatining keng ko’lamligi hamda banklar 
tizimining rivojiga bog’liqdir.

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin