Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Test metodi. 
Ilmiy – psixologik manbalarda qayd qilinishiga koʻra, intellekt – lotincha 
soʻzdan olingan boʻlib, u odatda aql – idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan 
ma’noni anglatadi. Bizningcha, intelekt shaxsning muayyan darajada 
mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir. Oʻz 
davrida AQShlik psixolog F.Frimen intellekt oltita tarkibdan iborat boʻladi, 
degan gʻoyani ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini koʻrsatib 
oʻtadi: 
-
sonli operatsiyalariga nisbatan qobiliyatlik; 
-
lugʻat boyligi koʻlami; 
-
geometrik shakllar oʻrtasidagi oʻxshashlik va farqli tomonlarini 
ajratishga nisbatan uquvchanlik; 
-
shaxs nutqining tezligi yoki sur’ati; 
-
shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi; 
-
xotiraning maxsuldorligi yoki noyob hislatliligi. 
Yana bir salohiyatli psixolog L.Tyorstoun umumiy intellektning turli 
jabhalarini tadqiq qilib, ularni umumlashtirib “birlamchi aqliy potensiyalar” deb 
ataydi. Muallif etti xildagi potensiyalar oʻzaro farqlanishini ta’kidlab oʻtadi: 
-
insonning hisoblash qobiliyati koʻrsatkichi; 
-
ogʻzaki soʻzni ixcham ifodalanishining koʻrsatkichi, nutq yordami 
bilan tez oʻqish hadisini egallanganligi; 
-
ogʻzaki ma’lumotlarni toʻla idrok qilish yoki idrok qilingan soʻzlarni 
tushunish, anglash; 
-
fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning 
chamalash qobiliyati (uquvchanligi); 
-
xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi; 
-
fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatlilik; 
-
shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur’ati. 
1
Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. – Blackwell 
Publishing Ltd, 2003. 49-bet. 


61 
Fransuz psixologi T.Ribo idrok koʻlamining kengayishi, bilimlarning 
koʻpayishi, diqqatni bir vaqtning oʻzida bir necha ob’yektga qarata olish – 
intellekti taraqqiyotiga olib keladi va u uch bosqichdan iborat boʻlishi mumkin 
ekanligini ta’kidlaydi: 
-
shaxs imitatsiyasi yoki uning tashqi taqlidi; 
-
inson identifikatsiyasi (oʻquvchining bilimlarini oʻziga singdirish 
jarayoni, uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini oʻzlashtirib borish va 
boshqalar); 
-
refleksiya (inson oʻzini – oʻzi anglash hamda boʻlgʻusi faoliyatni 
amalga oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va 
faoliyatga tatbiq etish imkoniyatlari tugʻilishi kabilar). 
Sh. Byuller intellektual taraqqiyot quyidagi bosqichlardan iborat boʻlishi 
shart deb hisoblaydi: 
-
sinkretizm (tushunchalarni bir – biridan ajrata olmaslik holati);
-
agglyutinizm (maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning 
kuchayishi, vaqtni noadekvat, notoʻgʻri idrok qilish, gʻar bir obrazlarni muayyan 
boʻlaklariga binoan bir umumiyatga yaxlitlash, birlashtirish); 
-
hayolot (ijodiy hayol) yordamida inson oʻzi tugʻilib oʻsgan Vataniga 
biror-bir jihatdan yordam berishi; 
-
realiya (realiz, ya’ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan 
yaqqol tuzilmani yaratish, turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib 
kelishdan iborat fikrlashning koʻrinishi singari). 
Jahon psixologlari toʻplagan ilmiy materiallarni umumlashtirib intellekt 
muammosini tadqiq qilishda diqqat – e’tiborni quyidagi omillarga qaratish lozim 
deb hisoblaymiz: 
-
intellektning yosh davr xususiyatlariga bogʻliqligi; 
-
jins xususiyatiga va farzand dunyoga kelish tartibiga aloqadorligi; 
-
millat, etnos, elat va xalqqa taalluqliligi; 
-
oilaning ijtimoiy – iqtisodiy statusi bilan uygʻunlashuvi; 
-
ota – onalarning ma’lumotliligi, ijtimoiy kelib chiqishi; 
-
biologik shartlangan shaxs fazilatlari, sifatlari, hislatlari qanchalik rol 
oʻynashi va hokazolar. 


62 
Uzluksiz ravishda oʻtkazilgan izlanishlar natijasida psixologiya fanida bir 
qator ilmiy nazariyalar (konsepsiyalar) vujudga keldiki, ularning har qaysisi 
intellekt muammosini oʻziga xos tarzda tushuntirishga va talqin qilishga olib 
keladi: 
-
muammo yechimi uslubi va strategiyasi; 
-
intellektual operatsiyalar tizimi yoki tuzilmasi; 
-
vaziyatlarga nisbatan alohida yondashishning samaradorligi yoki 
mahsuldorligi (ma’naviy, miqdoriy va mantiqiy jabhalar), uning funksional 
tomonlari, yoʻnalishlari; 
-
alohida, yakkahol yondashish, bilish jarayonining shaxsdan faollikni 
taqozo etish xususiyati, holati; 
-
kognitv uslub shakllanishi imkoniyati va boshqalar. 
Shaxsiy kuzatishlarimizga qaraganda, intellekt taraqqiyoti mana bunday 
omillar bilan uzviy bogʻliq ekanligi koʻzga yaqqol tashlanadi: 
-
bilish, oʻqish motivlarining anglashilgan hamda yuksak regulyativ 
darajalarining mavjudligi, barqarorligi, puxtaligi; 
-
yangilikni qidirish, muammo yechimini topish, muayyan vositalar 
tanlash hamda tadqiqiy ijodiy faollik namoyon boʻlishi; 
-
mustaqil echishlarga erishish ehtimollik darajasining yuksakligi; 
-
ilgarilab ketib echig imkonining mavjudligi va “aytib berish”, luqma 
tashlash jarayonida erkinlik, qoʻrqinch hissining yoʻqligi; 
-
yuksak nafosat va ma’naviy did timsoli hamda namunasini yaratishga 
nisbatan qobiliyatlilik, ularni baholash va oʻlchash funksiyasining tugʻilishi, 
uning boshqaruvchanligi. 
Insoniyatning tarxiy rivojlanish jarayonida intellekt deb atalmish 
fenomenni oʻrganish borasida koʻpgina ishlar qilingan. SHulardan biri 
intellektni oʻrganish testlaridir.
Koʻpgina mumtoz testlar shaxsning intellekt darajasini aniqlashda muhim 
rol oʻynab kelmoqda. Bular qatoriga Stenford – Bine shkalasini keltirib oʻtish 
mumkin. Stenford – Bine shkalasi qiziqarli topshiriq va masalalardan tuzilgan 
boʻlib, ular tekshiriluvchilarning yoshiga qarab taqsimlangandir. Biz quyida ana 


63 
shu intellekt test soʻrovnomalardan namunalar keltiramiz va ularni sharhlab 
berishga xarakat qilamiz. 
1) 4 yoshli bolalar uchun (har bir vazifani bajarish vaqti 2 oy): 
-
har xil uzunlikda kesilgan shakllar va narsalarni taqqoslash; 
-
turli tipdagi shakllar oʻrtasidagi farqlarni aniqlash; 
-
4 ta tanga pulni sanab chiqish; 
-
kvadrat chiz va uni izohlab, tushuntir; 
-
berilgan savollarga toʻgʻri, aniq, va tushunarli qilib javob qaytarish 
talab etiladi, tashqaridan yordam berish man qilinadi; 
-
4 ta raqamni toʻgʻri va teskari sanash, takrorlash talab qilinadi.
2) 9 yoshli bolalar uchun (bajarish muddati 2 oy davomida): 
-
bugungi kun, hafta, oy, yil nomlarini aytib chiqish, tushuntirish; 
-
5 ta jism yoki predmetni guruhlarga ajratish (belgisiga qarab); 
-
xariddan keyin qaytim berilishini izohlash; 
-
4 ta raqamni teskarisiga takrorlash; 
-
berilgan 3 ta soʻzdan gap tuzish (bola, daryo, koptok); 
-
3 ta har xil soʻzga qofiya tanlash; 
-
ma’lumki, har qanday psixologik testning diagnostik ahamiyati uning 
bir 
qancha 
umumiy 
talablarini 
qoniqtirishga 
bogʻliqdir, 
jumladan, 
standartlashtirish, ishonchlilik, validlik. Ana shu talablarga suyangan holda 
Stenford – Bine shkalasini ham tahlil qilib chiqamiz. 
Ushbu shkala tadqiqotchilar uchun har tomonlama qulay, yaxshi va 
ixcham qilibtayyorlangan. U barcha uchun tushunarli boʻlgan koʻrsatmaga va 
miqdoriy jihatdan natijalarni ishlab chiqish, hisoblash ishlanmasiga ega. 
Testlarning har birida uni oʻtkazish yoʻllar, vaqtning taqsimlanishi, 
tekshiriluvchilarga beriladigan ogʻzaki koʻrsatma va tegishli koʻrsatmalar, 
savollarni izohlash usullari batafsil aytib oʻtilgan. Stenford – Bine test kattalar 
hamda uncha yoshi yuqori boʻlmagan sinaluvchilar uchun ishonchlidir. Lekin 
bolalik davridan tortib to oʻspirinlik yoshigacha oʻzgarib boradi. Masalan, 
2,5yoshidan 5 yoshgacha ishonchlilik koeffitsientlari 0,33 (140-149 ball 
boʻlganligi uchun)dan 0,91 (60-69 ball yiqqanlar uchun)gacha; 6 yoshdan 13 
yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻquvchilarda ishonchlilik koeffitsientlari 0,91 


64 
(140-149 ball toʻplaganligi uchun)dan 0,98 (60-69 ball olganligi uchun)gacha 
oʻzgarib turadi. Shuni alohida ta’kidlab oʻtish joizki, Stenford – Bine testiga 
kiritilgan har bir savol, topshiriq testning oldindan belgilangan maqsadni 
ochishga yoʻnaltirilgan boʻlib, pirovard natijada mazkur savollar oldindan 
koʻzlangan maqsadni darhol aniqlab bera oladi. 
Inson intellektual tarqqiyotidagi tezkorlik kutilmaganlik hodisalari nafaqat 
moddiy negiz xossalari bilan izohlanadi, balki idrok maydonining paydo 
boʻlishi, “sun’iy” tizimning vujudga kelishi fazoviy aloqalar, biologik va 
psixologik imkoniyatlardan toʻlaroq foydalanish evaziga moddiy asosning 
ikkilanuvchi “tabiiy” va “sun’iy” manbalar bosh omil ekanligini ta’kidlab oʻtish 
maqsadga muvofiq. Endi sinaluvchilarning intellektual taraqqiyotiga ta’sir 
qiluvchi ijobiy va salbiy omillar turkumi toʻgʻrisida ma’lumot berib oʻtamiz: 
-
bilim maskanlarida zamonaviy texnika vositalarining mavjudligi; 
-
turli xildagi toʻgarak, seksiya, bilim uylari faoliyat koʻrsatishi va unda 
zarur sharoitlarning yaratilganligi; 
-
oila muhitida yaratilgan moddiy va ma’naviy shart – sharoitlar hamda 
shaxslarni ruhan ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyilganligi;
-
shaxslar bilan oʻzaro muloqot oʻrnatishning uzluksiz va oilada 
shaxslararo iliq psixologikmuhitning hukm surishi; 
-
turli televizion baxslar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik boʻyicha 
musobaqalar uyushtirilishi va ularda qatnashish imkoniyatiyaratilganligi; 
-
ortiqcha informatsiya va xabarlar koʻlamini kamaytirish (masalan, 
avtomat oʻyinlar, videolar); 
-
zararli odatlar va qiliqlar bilan shugʻullanmaslik muammosining 
qoʻyilishi, uning yechimi (ichish, chekish va boshqalar); 
-
bolalar va oʻquvchilarni roʻzgʻor ishlari bilan band qilib qoʻyishlik va 
oila muhitida mehnatning shaxslararo oqilona taqsimlanganligi; 
-
hozirgi davrda ayrim kasblarning nufuzi kamayib ketayotganligi 
tufayli oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida oʻquv motivlariga kuchli ta’sir 
oʻtkazayotganligi; 
-
kollej va oliy oʻquv yurtlarida ta’lim – tarbiya tizimini yangicha, yangi 
pedagogik texnologiya asosida tubdan qurish zaruriyati mavjudligi, 


65 
-
oʻgʻil va qizlarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuygʻulari 
barqarorligini ta’minlash va ularni shakllantirishning eng qulay yoʻllarini izlab 
topish, loqaydlikning oldini olish, 
-
oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida borliqqa, jamiyatga, shaxslararo 
munosabatlarga, isrofgarchilikka, fidoiylikka nisbatan qarashlarni keskin 
oʻzgartirish masalalari vujudga kelmoqda. 
Bizningcha, yuqorida ba’zi bir qusurli holatlarning oldini olish uchun
intellektual testlar mohiyatiga milliy va umubashariy fazilatlar toʻgʻrisidagi 
gʻoyalarni singdirish yuqori natija beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin