Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Biografiya (tarjimai hol) metodi. 
Inson psixikasini – ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, 
ijodiyoti toʻgʻrisidagi ogʻzaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi, 
kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga oʻzgalar 
tomonidan toʻplangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, 
rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, foto lavhalar, hujjatli filmlar, 
videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham oʻrganilayotgan shaxsni toʻlaroq 
tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi hujjati ham 
bolaning tugʻilganidan, ham to boshlangʻich ma’lumot olgunicha davr 
oraligʻida salomatlik darajasi qanday boʻlganligi toʻgʻrisidagi omillar bilan 
tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi. 
Tarjimai hol metodi 
inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida oʻrganib boʻlmaydigan 
jihatlarini ochishda yordam boʻradi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy hayol 
bilan bogʻliq jarayonlar: sheriyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik 
ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, 
iste’dod salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon boʻlishi, 
rivojlanishi, oʻziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar 
bildirgan mulohazalarida, asarlarida oʻz ifodasini topadi. Allomalar toʻgʻrisidagi 
ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu – tavsiflari orqali 
avloddan – avlodga oʻtadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksiz natijasida ajdodlar bilan 
avlodlar oʻrtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va 
ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uygʻunligini ta’minlaydi. 
 


66 
Anketa metodi
Umumiy psixologiyada keng qoʻllaniladigan metodlardan biri boʻlib, 
unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan 
munosabatlari oʻrganiladi. Anketa odatda 3 xil boʻlib, birinchi xilida 
anglashilgan motivlarni aniqlashga moʻljallangan savollardan iborat boʻladiki, 
ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir 
nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga 
havola qilinganda kamida toʻrt besh toʻgʻri javoblari ballar yordamida 
baholanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga 
qiziqishlari, qobiliyatlari, oʻziga, tengdoshlariga katta va kichiklariga 
munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning 
xarakter hislatlari, xulq atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.
Tarqatilgan anketalar yigʻib olinib, elektron hisoblash mashinalari 
dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa 
metodiinson psixikasining ayrim tomonlarini oʻrganish uchun boy material 
toʻplash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisona 
xususiyatga ega boʻlavermaydi. Bunga yoʻl qoʻymaaslik uchun anketa ichidagi 
nazorat vazifasini bajaruvchi toʻgʻri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqarish 
kerak. 
Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib oʻtamiz. 
1.
Kursingizda eng yuqori obroʻga ega boʻlgan talaba qaysi? 
2.
Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr, his – tuygʻusini uygʻota 
oladi? 
3.
Oʻqish bilan bogʻliq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni 
xohlar edingiz? 
4.
Shaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni xohlar 
edingiz? 
5.
Oʻrtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz? 
6.
Kursdoshlaringiz 
ichida 
kim 
bilan 
mashgʻulotlarga 
birgalikda 
tayyotayyorlanishni yoqtirasiz? 
7. Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz?

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin