Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 KASBIY PSIXOLOGIYANING KLASSIFIKATSIYASI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

1.4. KASBIY PSIXOLOGIYANING KLASSIFIKATSIYASI 
VA ULARNI TANLASH 
1.4.1. Kasb tushunchasi – kasbiy psixologiyaning konseptual asosidir 
Kasb tushunchasi - kasbshunoslikning asosiy konseptual bosh tushunchasi 
- bu kasb tushunchasidar. Kasbshunoslik adabiyotlarida kasb tushunchasining 
tavsifi juda koʻp. Avvalambor bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson 
doim tajribadan oʻtkazuvchi va unga yashash uchun manba boʻlib xizmat 
qiluvchi mashgʻulotdir. Кasb bir xil faoliyat bilan shugʻullanuvchi kishilarni 
birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari oʻrnatiladi. 
Kasb jamiyatning mexnatga layoqatli a’zolarini ijtimoiy tashkillashtirishning 
aloxida shakli boʻlib, bunda a’zolar faoliyatining umumiy turi va kasbiy ongi 
bilan birlashgan.
B.Shouning fikri buyicha “Kasb - ♦ mutaxassislarning chetdagi odamlarga 
qarshi fitnasidir”. 
“Kasb - jamiyat uchun zarur va qadrli 
soha boʻlib bunda asosiy jismoniy va ruhiy 
kuch talab etiladi” bu kuchlar unga sarflangan
mehnat oʻrniga yashashi va rivojlanishi uchun 
muhim vositalar omili sifatida namoyon 
boʻladi. Bu ta’rifni yanada batafsil yoritib, 
E.A.Klimov kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy 
rivojlanuvchi tizim va shaxsning oʻzini 
namoyon etish sohasi deb ta’riflaydi. Yana bir 
ta’rifda esa “Jamiyat nuqtai nazaricha kasb bu 
kasbiy masalalar, kasbiy faoliyat shakllari va turlari, shaxsiy kasbiy 
xususiyatlari tizimi bulib, ular ish uchun muhim boʻlgan natija mas’uliyatlarni 
yetkazishni ta’minlab berishi kerak boʻladi”. Nisbatan toʻgʻri ta’rifni esa 
V.G.Makushin keltiradi, “Kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs 
jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy 
manbasi boʻlib xizmat qiladi”. Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, xulosa qilib. 
Kasb mexnat faoliyatining paydo boʻlgan shakllari boʻlib, ularni bajarish uchun 


70 
inson albatta ma’lum bilimlar va koʻnikmalarga maxsus qobiliyatlar va 
rivojlangan muhim kasbiy sifatlarga ega boʻlishlari kerak. 
“Kasb” atamasi kasbiy faoliyatning faqatgina yuqori statusli turlariga 
nisbatan ishlatiladi. Boshqa faoliyat turlari mutaxassisliklarga yoki ish, 
mashgʻulot turlariga tegishli boʻladi. Milliy kasbshunoslikda “kasb” va 
“mutaxassislik” tushunchalari farqlanadi.
Kasb mutaxassislikka koʻra kengroq tushuncha, kasbiy saloxiyatidan 
tashqari, uning muhim sifatlari - ijtimoiy - kasbiy saloxiyat, kasbiy avtonomiya, 
oʻzini nazorat qilish, guruxli mezonlar va qobiliyatlar hisoblanadi. Kasb odatda 
yaqin mutaxassisliklar guruxini birlashtiradi. Masalan, kasb shifokor, 
mutaxassisliklar - terapevt, pediatr, okulist, urolog, va hokazo kasb - muxandis, 
mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va hokazolar. Mutaxassislik 
— kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yoʻli bilan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, 
koʻnikma va malakalar kompleksi boʻlib, ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum 
faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib, mutaxassislik - 
kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi boʻlib, u shaxsiy yutuqlarga yoki oʻziga xos 
vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yoʻnaltirilgan boʻladi.
Insoniyat rivojlanishida kasbiy faoliyat uning turlari eramizgacha Misrda 
qadimiy Gretsiya (Yunoniston), Rim imperiyasi va boshqa rivojlangan 
davlatlarda koʻzda tutilgan. Bugungi kunda mexnatning paydo boʻlishi sanoat 
inqilobi davrida boshlandi. Keyingi, ilmiy-texnik rivojlanish kasblar roʻyxatini 
yangilashga va kengayishiga olib keladi AKD rasmiy ma’lumotlarida 1965 yilda 
alifbo tartibida 21741 ta kasbga va 400 mutaxassisliklarning ta’riflari keltirilgan. 
Xalqaro kasblarni tizimlash standarti boʻyicha 1988 yilda 9333 kasb roʻyxatga 
olingan. Yagona ta’rif malaka ma’lumotnomasi 7000 ga yakin kasb va 
mutaxassisliklarni birlashtiradi. Bu maxsus hujjatlar ularning tizimli paytidagi 
kasbiy vaziyati aks ettiriladi. Nashrdan chiqgan ma’lumotnomalar esa 
korrektirovkaga muhtoj boʻladi, chunki kasblar dunyosi doim oʻzgarib turadi. 
Yangi kasblar paydo boʻladi, kasblarning xarakteri mexnat mazmuni 
yangilanib turadi, past malakali mexnat kasblari yoʻqolib boradi. Kasb nomi 
koʻpincha oʻtgan yillarda shakllangan mexnat xarakterini aks etadi.


71 
Oʻqituvchi sifatida siz shularni qila olishga asos qoʻyib, butun umr 
davomida oʻqishga tayyor boʻlishingiz kerak. Siz hech qachon biron-bir talabani 
hamisha oʻqitmaysiz albatta, lekin siz ular bilan yetarli darajada tez-tez uzoq 
ishlashingiz, xal qiluvchi xabarni yetkazishingiz kerak: hayotda oʻrganiladigan 
narsalar koʻp - undanda yuqori; aslida biron-bir oʻqituvchi yoki maktab butun 
hayoti davomida ta’minlay oladi. Har qanday siz oʻrgatayotgan bilim oʻlchovga 
ega boʻlmaydi va samimiylik, junbushga keltiruvchi va hayron qoldiruvchi 
manba boʻla oladi. Bu umuman hayot haqidagi va xususan talabalaringiz haqida 
gap ketganda bu optimistik sabab boʻla oladi. Oʻrganish kerakligicha tushunarli 
boʻladi agarda u hech qachon tugamasa, hattoki agar qisqa muddatga 
yoʻnaltirilgan boʻlsa ham tezda tegishli boʻladi. 
Nimani oʻrgatishingizdan qat’iy nazar siz yangi gʻoya va qobiliyatlarni 
samarali bogʻlovchi murakkab faoliyatlarni loyihalash va instrumentlashdan 
qoniqish hosil qilishga tayyor boʻlishingiz kerak. Musobaqalashishga boʻlgan 
chaqiriqlar koʻplab oʻqituvchilarni jalb qiladi, negaki ular bu yerda toʻgʻri 
mushohada yurita olishlari va san’atkorliklarini eng sodda va odatiy yoʻllar bilan 
koʻrsata oladilar. Sizning talabangiz rejalashtirish va boshqarish qobiliyatingizga 
bogʻliq boʻladi, ular shuni qanday qila olishlarini ba’zida oʻzlari tasavvur 
qilsalar ham. Oʻqituvchilar gʻoyalarni qanday qilib tushunarli tushuntirishni, 
yangi materiallarni togʻri ketma-ketlikda va muvofiq tempda berishni, avval 
bilganlari va yangi oʻrganganlari orasidagi aloqalarni yoʻnaltirishni bilishda 
sizga muhtojdirlar. Shunga qaramay, bu qobiliyatlar mutaxassisdan butun umrini 
talab etadi, ular hatto boshlangʻich oʻqituvchilar tomonidan muvafaqqiyatli 
mashq qilinishi mumkin va ular oʻqitishning darsdan tashqari vaqtida davom 
ettirilib bir maromda rivojlantiriladi. Boshlanishidan keyin toʻgʻri boʻlishiga 
qaramay, oʻquv kursining aloqasi va loyihasidagi mahorat ishning asosiy 
“daromad”laridan biridir. 
Maxsus maqsadli oʻqitishni oʻrgatishdan soʻng, siz buni avvalgi 
oʻylaganlarizga qaraganda farqli tushunganingizni bir necha marotaba tasavvur 
qildingiz. Ish har doim bir xil boʻlib qolavermaydi u davomli ravishda rivojlanib 
boradi. Oʻqitishda qanchalik uzoq qolsangiz, yangiliklar bilan bogʻliq kasbingiz 
boʻladi. 


72 
1979 yildan buyon Ekaterinburg shaxrida kasb bilim yurtlari uchun 
mutaxassislar tayyorlanadi - ya’ni muxandis - pedagoglar ammo rasmiy 
ma’lumotnomalarda bunday kasb yoki mutaxassislik mavjud emas. Bunday 
masalalarni koʻp keltirish mumkin. Kasbiy faoliyatning samaradorligi 
shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy 
tayyorgarlik deganda uning ruhiyati va jismoniy sogʻligi hamda holati, undagi 
mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati talablariga mosligi darajasi 
tushuniladi.
Mashxur rus psixologi K.K.Platonov mutaxassisning kasbiy tayyorligi bu 
oʻzining muayyan kasbiy faoliyatini bajarishga qodir va tayyorgarlik koʻrgan 
deb hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning sub’yektiv holatidir - deb 
hisoblangan. 
Mutaxassisning 
kasbiy 
tayyorligi 
murakkab koʻp darajali va koʻrinishli 
tizimli psixik shaklga ega boʻlib, birinchi 
navbatda odamning shaxsiy koʻrinishi 
asosiy oʻrin egallaydi. Shu bilan birga, 
kasbiy tayyorgarlik mutaxassisda kerakli 
darajada jismoniy sogʻlikni kasbiy faoliyat 
uchun zarur boʻlgan jismoniy sifatlar 
shakllanganligi va rivojlanganligini talab 
qiladi.Chunki har qanday kasbiy faoliyat 
insonning 
qandaydir 
kuch 
jismoniy 
energiya sarflashini koʻzda tutadi. 
 
Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita oʻzaro bogʻliq boʻlgan 
tomonlarni koʻrsatish maqsadga muvofiq. Bu oʻzaro bogʻliqlik tomonlar 
psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab chiqilgan 
boʻlib ular quyidagilardan iborat: 
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga salohiyatli tayyorligi quyidagilardan iborat 
boʻladi: kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, koʻnikma, malakalar kasb 
uchun muhim hisoblanadi, shaxsning sifatlari va uning munosabati, mazmun va 


73 
qadriyatlari, afzalliklari hamda umuman shaxsning zarur boʻlgan kasbiy 
imkoniyatlari darajasi;
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi. 
Mutaxassisning kasbiy tayyorligining ushbu tomoni tezkorligi, oʻzgaruvchanligi, 
xar qanday holat va sharoitda aniq masalalarni echish, mutaxassisning ruhiy va 
jismoniy holati, jamoadagi ma’naviy psixologik muxitga bogʻliqligi bilan 
ifodalanadi.
Mutaxassisning bevosita psixologik tayyorgarligi dastlabki tayyorgarlikni 
faollashtirish natijasi sifatida ishtirok etadi. Mutaxassisning kasbiy faoliyatga 
dastlabki saloxiyatli tayyorligi bevosita ayni vaqtdagi tayyorligining asosi 
hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassisni oliy oʻquv yurtida tayyorlash unda 
kasbiy faoliyat uchun yetarli boʻlgan sifatlarni shakllantirish lozim. Ba’zi 
vaqtlarda xatto kasbiy masalalarni xal etishga yaxshi tayyorgarlik koʻrgan 
mutaxassis ham zarur paytda kerakli faoliyat uchun tayyor boʻlmay qolishi 
mumkin, ya’ni kasbiy xulqi va faoliyatini ruhiy boshqarish yetarli darajada 
boʻlmaydi.
Bunday 
holatda 
faoliyatni 
muvaffaqiyatli amalga oshirib boʻlmaydi, 
samarasiz boʻladi. Koʻrinib turibdiki, 
mutaxassisning kasbiy tayyorligi unda 
kasbiy bilimdonlikni kerakli darajasini 
kasbiy 
maxoratini 
hamda 
uzini 
boshqarish, 
oʻzini kerakli faoliyatga 
yoʻnaltirishga oʻzining kasbiy (ma’naviy 
shaxsiy va jismoniy) imkoniyatlarini xal 
etishga 
yoʻnaltira 
bilish 
qobiliyati 
mavjudligini 
nazarda 
tutadi. 
Mutaxassisning 
kasbiy 
tayyorligining 
asosiy va eng murakkab tomoni (psixologik tomoni) - mutaxassis ruhiyatining 
kasbiy tayyorgarligi hisoblanadi. Bu mutaxassis psixikasi ruhiy kuchlarining
kasbiy masalalarini xal etishga uzining vazifalarini bajarishga tayyorligi va 
yoʻnalganligi darajasidir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin