T. S. Malikov moliya


Moliya 83 4.1. Moliyaviy tizim: ta’rifi, mazmun-mohiyati



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Moliya
83
4.1. Moliyaviy tizim: ta’rifi, mazmun-mohiyati
Garchi erta bo‘lsa-da, zarur bo‘lganligi uchun kitobimiz-
ning dastlabki qismida (1.1-§) moliyaviy tizimga, yo‘l-yo‘-
lakay, “Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almash-
ishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar ma-
jmuyiga 
moliyaviy tizim 
(financial system), deyiladi”
 ­ 
deb 
ta’rif bergan edik
.
O‘sha ta’rifimiz bu yerda ham o‘z kuchini 
saqlab qoladi
118
.
118
Shunday bo‘lsa-da, bu yerda “moliyaviy tizim” to‘g‘risida aniq tasav-
vurga ega bo‘lish uchun eng avvalo, “tizim” deyilganda odatda, nima nazarda 
tutilishi, uning ma’no-mazmuni nimadan iborat ekanligini aniqlab olish 
muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan ta’kidlash joizki, “tizim” sof 
o‘zbekcha so‘z bo‘lib, u Ona tilimizda quyidagi 5 ma’noni anglatish uchun 
ishlatiladi: 1. Ip, sim va sh.k.ga terilgan narsa; shoda; 2. Bir soha, muas-
sasa va sh.k.ga oid yo‘nalish, ish-faoliyat kabilar majmui; 3. O‘zaro bog‘liq 
va uzviy tartibda bo‘lgan narsa, hodisalar birligi, majmui; 4. O‘zaro bog‘liq 
qismlardan tashkil topgan tuzilma, ijtimoiy, siyosiy va b. jihatdan tuzilish 
shakli; 5. Biror ish-faoliyatni tashkil etish, amalga oshirishning shakl va 
tartib-qoidalari majmuyi. Qarang: o‘sha manba. J.IV. – B. 84-85.
O‘zbek tilida ayrim hollarda “tizim”ning o‘rniga “sistema” so‘zi ishlatil-
sa-da, ularning o‘xshash jihatlari bilan bir qatorda farqli tomonlari ham 
mavjud. Xususan, “sistema” so‘zi yunon tilidagi «systema» so‘zidan olingan 
bo‘lib, u Ona tilimizda so‘zma-so‘z “yaxlit” yoki “qismlardan tarkib topgan” 
deb tarjima qilinadi va quyidagi 10 ma’noni anglatish uchun xizmat qiladi: 
1. Ish-harakat, turli jarayon va sh.k.larda qismlarning o‘zaro joylashishi 
va bog‘liqligidagi tartibot, tizim; 2. Narsa, hodisa va tushunchalarning tas-
nifi; 3. Biror ta’limotga asos bo‘lgan qoidalar, qarashlar, tamoyillar ma-
jmui; 4. Biror ish metodlari, tartib usullari majmui; 5. Qonuniy tartibda 
joylashgan va o‘zaro uzviy bog‘langan qismlardan, elementlardan tarkib 
topgan butunlik; 6. Vazifalariga ko‘ra bir xil yoki tashkiliy jihatdan bir 
butun bo‘lib birlashgan tashkilotlar va muassasalar majmuyi; 7. Bir maq-
sad, ayni bir ish, vazifani bajarish uchun belgilangan moslama, mashina, 
mexanizm va sh.k.dan tarkib topgan yaxlit texnik qurilma; 8. Biror ishni 
tashkil etish, uyushtirish yoki amalga oshirish shakli, prinsipi; 9. Ijtimoiy 
tuzim, ijtimoiy qurilish shakli; 10. Me’yoriy, odatiy, muntazam tusga kir-
gan, shu tarzda amalga oshadigan ish-harakat, jarayon. Qarang: o‘sha 
manba. J. III. – B. 526.
Endi qolgan barcha narsalarni bir chetga surib qo‘yib, faqat birgina 
“tizim” va “sistema” so‘zlarining lug‘aviy ma’nosiga jiddiy e’tibor berib, 
“moliyaviy tizim” yoki “moliyaviy sistema”ni ko‘z oldingizga keltiringchi, 
Sizda qanday fikrlar paydo bo‘lar ekan?


84

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin