Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna


Mavzu bo’yicha muhokama qilish uchun savollar



Yüklə 224 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/87
tarix27.12.2023
ölçüsü224 Kb.
#200013
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
Mavzu bo’yicha muhokama qilish uchun savollar:
1. STEAM ta’lim texnologiyasining mazmun-mohiyati nimalardan 
iborat?
2. Integratsion ta’lim, integratsion faoliyat deganda nimani 
tushunasiz?
3. Maktabgacha ta’lim tizimida STEAM yondashuvi qanday amalga 
oshiriladi?
2-mavzu: STEAM ta’lim texnologiyasini maktabgacha
ta’limda qoilashning me’yoriy-uslubiy asoslari
Tayanch 
tushunchalar: 
Konsepsiya, 
dastur, 
ta’lim-tarbiya, 
maktabgacha ta’lim, me’yoriy-uslubiy asos, loyihalashtirish, kompe- 
tensiyaviy yondashuv.
21


1. 
Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasi va “Ilk qadam” davlat o ’quv dasturi bo’yicha 
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari.
O ’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ- 
4312 sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini 
tasdiqlash 
to ’g ’risida”gi 
qarori 
qabul 
qilindi. 
Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 5 
bob dan iborat bo’lib, maktabgacha ta’lim tizimining joriy holati va uni 
rivojlantirishdagi mavjud muammolar, maktabgacha ta’lim tizimini 
rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo’nalishlari, konsepsiyani 
amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar hamda amalga oshirishini 
monitoring qilish belgilab qo’yilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o ‘rinlarda - Konsepsiya) 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentabrdagi 
"Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora- 
tadbirlari to ‘g ‘risida"gi PQ-3955-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab 
chiqilgan 
bo iib, 
2030 
yilgacha 
maktabgacha 
ta’lim 
tizimini 
rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlami o ‘z ichiga oladi.
Konsepsiya 0 ‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni 
rivoj lantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o ‘rta va 
uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha 
ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks 
chora-tadbirlami ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasidagi muammolariga 
maktabgacha yoshdagi bolalaming to‘liq qamrab olinishini ta’minlash 
uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonining yetarli emasligi, qishloq 
joylarida maktabgacha ta’limning past darajada rivoj langanligi, 
maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik holati lozim 
darajada emasligi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining malakali 
pedagog kadrlar bilan jamlanmaganligi, maktabgacha ta’lim tizimida 
boshqaruv kadrlarining tanqisligi va ular malakasining pastligi, ota- 
onalarning bola shaxsining shakllanishida maktabgacha ta’limning 
ijobiy jihatlari va foydasi haqida yetarlicha m a’lumotga ega emasligi, 
zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va ko‘rgazmali qurollaming 
yetishmasligi, alohida ehtiyojli bolalar uchun mavjud maktabgacha 
ta’lim muassasalarining texnik jihozlanishi va uslubiy ta ’minoti 
darajasining pastligi sabab bo’lmoqda.
22


Ushbu Konsepsiyaning maqsadi bola hayoti va faoliyatining 
barcha sohalarini rivojlantirishni ta’minlovchi muhim manba bo‘lgan 
sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish mexanizmlarini ishlab 
chiqishdan iborat.Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor 
yo‘nalishlari quyidagilardir:
- maktabgacha ta’lim sohasidagi meyoriy-huquqiy bazani yanada 
takomillashtirish
- maktabgacha ta’lim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta 
tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo 
yangi yondashuvlarni joriy etish
- maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va 
jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
- bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini 
oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur 
sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish
- bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini 
oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur 
sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni 
sog‘lom va 
balanslashtirilgan oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarish bilan ta’minlash.
- maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalami, ilg‘or pedagogik va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
faoliyatini moliyalashtirishning 
shaffofligi va samaradorligini ta’minlashdir.
Shunday ekan, birgina maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalami 
joriy etishda STEAM ta’lim texnologiyasi samarali natijalami ko’zlaydi.
Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar - barcha 
bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim olish uchun bir xil imkoniyatlami 
ta’minlovchi maktabgacha ta’limning samarali innovatsion tizimining 
shakllanishi, maktabgacha ta’limni insonning butun hayoti davomidagi 
uzluksiz ta’limning birinchi bosqichi sifatida belgilash, bolani shaxs 
sifatida jismoniy, intellektual va axloqiy jihatdan barkamol qilib 
tarbiyalashda 
uning 
roli 
oshirilishi, 
maktabgacha 
ta’lim
23


muassasalarining namuna va turlari xilma-xilligi asosida maktabgacha 
ta’lim tizimida institusional o ‘zgarishlar amalga oshirilishi, mazkur 
sohada sog‘lom raqobat muhitining yaratilishi; zamonaviy energiya va 
resurs tejovchi texnologiyalami joriy etish asosida maktabgacha ta’lim 
muassasalarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va 
kapital ta’mirlashning kengaytirilishi, ulaming o ‘quv-metodik, didaktik 
materiallar, rivojlantiruvchi o ‘yinlar va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar
mebel, kompyuter texnikasi, o ‘quv uskunalari bilan jihozlanishi; 
maktabgacha ta’lim sohasiga xususiy sektorning jalb qilinishi, uning 
ijtimoiy 
javobgarligi 
oshirilishi, 
moliyalashtirish 
manbalarining 
kengaytirilishi va maktabgacha ta’lim xizmatlari turlarining ko‘payishini 
amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida xorijiy davlatlar 
tajribasida yuqori kobrsatkichlarga ega bo‘lgan kompetensiyaviy 
yondashuv keng tatbiq qilinmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat o ‘quv 
dasturi asosida tarbiyalanuvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar 
ikkita asosiy guruhga ajratib ko‘rsatiladi va ular quyidagicha aks etgan:
1. 
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yoshli) bolaning umumiy muhim 
kompetensiyalari:

Yüklə 224 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin