BASTAKOR VA KOMPOZITOR ATAMASINI BIR-BIRIDAN
FARQLASHDAGI KAMCHILIKLAR
Ruxshona Atkiyoyeva
Farg‘ona davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi 2-
bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri
bo‘lgan “kompozitor” va “bastakor” atamasini ajratish to‘g‘risidagi ayrim
kamchiliklar haqida fikr va mulohazalar keltiriladi. Qolaversa, ushbu kasb
egalarining bir-biridan farqli jihatlari, bu maqomga aynan kimlar tegishli ekanligi va
bugungi kunda ushbu kasb egalari uchun qilinayotgan qulayliklar atroflicha ko‘rib
chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
kompozitor, bastakor, musannif, mulahhin, ohangsoz, polifonik,
monodik
Nafaqat
bugungi kunda, balki, asrlar osha turli qarama-qarshi qarashlarga ega
bo‘lgan “kompozitor” va “bastakor” atamasining izohli lug‘ati turli tortishuvlarga
sabab bo‘lgan. Ularning farqi nimada? degan savolning tug‘ilishi tabiiy hol albatta.
Daslab XIV asrda yevropa musiqa san’ati keskin inqiroz (yangilanish)ga yuz tutdi.
Buning ta’siri natijasida musiqa yaratuvchi insonlarni “kompozitlar” deb atay
boshlashdi. Kompozitor (lot. Compositor- tuzuvchi, ijod etuvchi) - ko‘p ovozli asarlar
muallifidir. Ushbu atama XIV asrga kelib Italiyada keng tarqalgan. Kompozitorlik
kasbi ijodkordan musiqiy-ijodiy qobiliyat bilan birga maxsus (kompozitsiya fani
sohasidagi) puxta bilmni ham talab etadi. Kompozitor nota
yozuvi yordamida musiqiy
asarlarni yaratadi, ular orqali ijod etadi. Yangi, individual badiiy mazmunni
ifodalashga harakat qiladi.
1
Bir fikr o‘rtaga tashlanadi - “Ahir bastakorlar ham musiqa yaratadiku?”.
Bastakor bu - (fors. bog‘lovchi, bastalovchi) an’anaviy, mumtoz musiqa
muallifidir. Sharqda u musannif, mulahhin, ohangsoz kabi atamalar bilan tanilgan.
Odatda bunday san’atkorlar o‘z faoliyatida ijrochi (xonanda, ko‘proq sozanda)lik va
ijodkorlikni uzviy bog‘lagan. Ko‘proq bir ovozli asarlar yozishga molik ijodkordir.
Kompozitor va bastakorning bir-biridan farqi nima?
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kompozitor bu - ko‘p
ovozli asarlar muallifi,
bastakor esa bir ovozli (monodik) asarlarni yozishga molik bo‘lgan shaxsdir. Shu
jihatdan kompozitor, an’anaviy mezonga tayanib, monodiya tizmida ijod etuvchi
bastakorlardan farq qiladi.
Dastlab kompozitorlar paydo bo‘lganmi,yoki bastakorlar?
Ilmiy manbalarga tayangan holda shuni aytish mumkinki, Italiyada
kompozitorlik ildiz otishidan 200-300 yil avval aynan shu davrda Farobiy va Borbad
1
B.R.Yakubov. Xorijiy mamlakatlar musiqa adabiyoti. Ma’ruzalar to‘plami.
Morvaziylar bastalorlikni keng targ‘ib qila boshlashgan. Bundan ko‘rinib
turibdiki,
bastakorlik ijodiyoti kompozitorlik maqomidan avval shakllanib ulgurgan.
Afsus va nadomatlar bo‘lsinki, bugungi kunda ayrim bolalar musiqa va san’at
maktablarida bastakor bu kompozitor atamasining o‘zbekcha ma’nosi deya
singdirilmoqda. Bu esa o‘zbek musiqiy-ijodiy lug‘atiga putur yettirishdir. Pedagoglar
o‘zi bilmagan holatda ushbu xatoga qo‘l urishi bevosita ko‘zga tashlanmoqda. Hattoki,
bola kompozitor va bastakorlarga kimlar kirishini ham farqlay olmasligi achinarli hol
albatta…
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek bastakorlik ijodiyoti O‘rta Sharqda XIV asr
boshlarida chuqur ildiz ota boshlagan. Ushbu ildizlar esa Abu Nasr Farobiy va Borbad
Marvaziylardir. Oradan vaqt o‘tib XX asrda bastakorlik ijodiyoti tubdan yangilana
boshladi. Bularga: Ota Jalol Nosirov, To‘xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Tolibjon
Sodiqov, I.Ikromov,
Nabijon Hasanov, Abduhoshim Ismoilov, Mansur Toshmatov,
Komiljon Jabborov, Muhammadjon Mirzayev, Muxtorjon Murtazoyev va boshqa shu
kabi bastakorlarni misol qilib olish mumkin.
Kompozitorlarga esa: Muxtor Ashrafiy, Mutal Burxonov, Tolibjon Sodiqov (ham
bastakor ham kompozitor), Suleyman Yudakov, Sobir Boboyev, Ikrom Akbarov (ham
musiqashunos ham bastakor), Manas Leviyev, Doni Zokirov, Abduhoshim Ismoilov
(ham bastakor ham kompozitor), Dilorom Omonulayevalarni aytish mumkin.
Kompozitorlar ko‘proq simfonik orkestr, orkestr va konsert uchun asarlar yozadi. Ular
orasida esa ko‘p ovozli (polifonik) asarlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bastakorlar esa
o‘z asarlarini bevosita xalq kuylari bilan bog‘laydi. Bastakorlarning asosiy vazifasi
ham aynan xalq kuylarini notalashtirishdan iboratdir.
I.Ikromovning “So‘lim” asari bastakorlik ijodining yorqin namunalaridan biridir.
Ko‘rish mumkinki, asar bir ovozli (monodik) shaklada yozilgan bo‘lib, eshitilishi
va ijro yo‘li bilan an’anaviy uslubga xosdir. Bunda ijro jarayonida ijrochi istalgan
mumtoz musiqiy soz orqali asarni yanada boyitishi, unga qo‘shimcha nola va
melizmlar berishi ham mumkin.
Kompozitorlik ijodiga esa XXI asrning yosh kompozitorlaridan biri bo‘lgan,
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining yosh a’zolaridan biri,
hozirda Farg‘ona davlat universitetida o‘z faoliyatini
olib borayotgan kompozitor
Abdujalil Abdusattorovning “Onajon” asarini misol tariqasida olish mumkin.
Yuqorida ko‘rish mumkinki, asar ko‘p ovozli (polifonik) shaklda yozilgan bo‘lib,
orkestr ijrosi uchun mo‘ljallangan. Asar nafaqat ijro tomonlama, balki qo‘shiq
tomonlama ham polifonik shaklni tasdiqlash hususiyatiga ega. Qo‘shiq partiyasining 3
ovozga bo‘linishi asarni polifoniklik xususiyatini yana boyitib unga rang bergan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bastakor va kompozitorning bir-biridan
osmonu-yer qadar farqi bor. Afsuski, hali beri ko‘plab san’atkorlar buning asl, tub
mohiyatini anglab ulgurgan emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
Konstitutsiyaga “Mualliflik huquqi” kodeksining kiritilishi ham aynan ushbu maqom
egalari uchun eng katta yutug‘lardan biridir. Xalqning ma’naviy saviyasini oshirish,
yosh avlodni yuksak insoniy g‘oyalar, ona vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash,
milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishda musiqa san’atining o‘rni
va ahamiyati beqiyosdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning 2021-yil 3-avgustda O‘zbekiston ijodkor ziyolilari bilan bo‘lgan
uchrashuvda so‘zlagan ma’ruzasida madaniyat, adabiyot va san’at sohasidagi boshqa
masalalar qatori ana shu kamchiliklarga ham alohida e’tibor qaratilib, ularni bartaraf
etish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslar ilgari surilgan edi. Davlat rahbari
tomonidan ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston
kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror
imzolandi. Bir so‘z
bilan aytganda, mazkur qaror O‘zbekiston kompozitorlari va
bastakorlari uyushmasi faoliyatini har tomonlama takomillashtirish, mamlakatda
ushbu kasb egalariga nisbatan bo‘lgan e’tibor va qulayliklarni yanada oshirish bilan
uzviy bog‘liqdir.