Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   355
15-8-PB

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
Insonning turli hayot sohalariga ta'sir ko'rsatishi nuqtai nazaridan quyidagi boshqaruv 
turlari ajratib ko'rsatiladi: 
1.
Hayvonot va o'simlik dunyosiga zarur shaklda ta'sir ko'rsatish yo'lini tanlash bilan bog'liq 
bo'lgan biologik boshqaruv. 
2.
Texnologik jarayonlar, mexanizmlar va shunga o'xshash holatlarni boshqarish bilan bog'liq 
texnologik boshqaruv. 
3.
Insonning insonga ta'sir qilish vositalarini shakllantiradigan, insoniy jamiyat boshqaruvini 
nazarda tutadigan ijtimoiy boshqaruv. 
O'z navbatida Lokkning e'tiroficha, ijtimoiy boshqaruvning o'zi quyidagi xususiyatlarga ega: 
1.
Bu boshqaruv turi odamlar birgalikda yashaydigan joyda bo'ladi. 
2.
Insonlarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishni bosh maqsad qilib qo'yadi. 
3.
Asosiy elementi boshqaruv sub'ekti (boshqaradigan element) va boshqaruv ob'ekti 
(boshqariladigan element) bo'lgan yaxlit tizim sifatida namoyon bo'ladi. 
4.
Ijtimoiy munosabatlarning regulyatori, ya'ni posangisi sifatida maydonga chiqadi. 
5.
Boshqaruv munosabatlari ishtirokchilari irodasining ma'lum ma'noda bo'ysunish holatida 
bo'lishiga asoslanadi (boshqaruv sub'ekti "o'z hukmronligi"ni amalga oshiradi, boshqaruv ob'ekti 
esa ongli ravishda unga bo'ysunadi). 
"Davlat boshqaruvi" tushunchasining tor ma'nodagi mazmunini sharhlar ekanmiz, ba'zi 
ma'muriy soha xodimlari bu tushunchaga turli ma'nolar yuklashini qayd etmasdan bo'lmaydi. 
Ayrim huquqshunoslar davlat boshqaruvi - bu birinchi galda barcha davlat idoralarining ma'muriy-
ijrochilik faoliyatidan iborat deb hisoblaydi. Bizning nazarimizda, davlat boshqaruvini bunday 
talqin qilish uning ma'no-mazmunini to'liq aks ettirmaydi, chunki bunday qarash davlat 
idoralarining quyidagi tashkilotchilik faoliyatini inkor etadi. 
Zaichenko fikricha, Lokk davlat boshqaruvining tavsifi haqida ham alohida to'htalib o'tadi3. 
Davlat boshqaruvi - ijrochilik xususiyatiga ega bo'lgan yagona davlat hokimiyatini amalga oshirish 
faoliyatining yagona ko'rinishi. Bunday boshqaruv birinchi galda qonunlar, xukumat qarorlarini 
hayotga joriy etishga qaratilgan. Bundan tashqari, bu qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash uchun 
davlat idoralari (davlat boshqaruvi sub'ektlari) davlat hokimiyati vakolatlariga ega va bajarilishi 
shart bo'lgan ko'rsatmalar - hokimiyat nomidan buyruqlar berishga haqli. Davlat boshqaruvi 
xo'jalik, ijtimoiy-madaniy va ma'muriy-siyosiy qurilishga rahbarlik qilish jarayonida amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin