Jonli organizm sifatida har qanday jamiyat ham o’sish
va rivojlanish jarayonida o’z massasida ortib boradi;
U va boshqalari murakkablashadi;
Uning qismlarining tobora bir-biriga bog’liqligi
kuchayib boradi;
Uni tashkil etgan birliklar goho paydo bo’lib va yo’q
bo’lib turishiga qaramay, bir butun holda yashashni
davom ettiradi.
Dyurkgeym “Sotsiologiya uslubi” nomli asarida
sotsiologiya sohasidagi jamiyat rivojlanishi
nazariyalarini ishlab chiqishga e’tiborini qaratib,
sotsial omillarni ilmiy tahlil etishga qaratilgan
tavsilotlarni yaratish ustida shug’ullangan.
Sotsiologiya, - deb yozadi u, sotsial dalillar xaqidagi
fan bo’lib, uning ostida siyosiy, huquqiy, axloqiy,
diniy va boshqa g’oyalar, qoida va qadriyatlar yotadi.
Dyurkgeym fikricha, sotsial voqealikning yakuniy
sabablari bo’lib, amaliyotda ro’yobga oshiriladigan
odamlarning g’oya va madaniy qadriyatlari
hisoblanadi. Aynan ana shunda, u har qanday sotsial
evolyutsiyaning manbai mavjudligini ko’radi. Bunda
so’z jamoaviy ongni namoyon bo’lishi sifatidagi
g’oyalar va ma’naviy qadriyatlar ustida boradi.
Empirik sotsiologiyaning vujudga kelishi “sotsial obrazlar”
yoki “dalillarni tadqiq qilish” deb atalgan narsalarni e’lon
qilishdan boshlangan edi.
Empirik sotsiologiya shakllanishining markazi
Chikago universiteti bo’ldi (uni Chikago “hayot
markazi” deb ham atashgan). Bu erda 20-30 yillarda
empirik sotsiologiyaning yaqqol rivojlanishini
ifodalovchi ko’p qirrali amaliy tadqiqotlar keng
sur’atda amalga oshiriladi. Bu yo’nalishlar aniq
holatlarda kishilar hayot faoliyatlarini mukammal
tadqiq etishga qaratilgan edi.
60-yillarda
AQSh
nazariy
sotsiologiyasi
fenomenologik
yo’nalishning kuchayganligi bilan
xarakterlanadi.
Fenomenologik
sotsiologiyaning
shakllanishi A.Shnetts nomi bilan
bog’liq. O’z
mohiyatiga
ko’ra,
fenomenologik
sotsiologiya
antipozitiv
yo’nalishda bo’ldi. AQShda yana bir
antipozitiv
sotsiologik
yo’nalish
-
simvolik
interaktsionizm
bo’lib, unga G.Blumer asos solgan.
“Yangi sotsiologiya” nomi bilan atalgan uchinchi
antipozitiv sotsilogik
yo’nalish Ch.R.Mills nomi bilan
bog’liq. Simvolik interaktsionizm, fenomenologik
sotsiologiya,
“yangi
sotsiologiya
”,
konflikt
sotsiologiyasi, ijtimoiy
ayirboshlash nazariyasi,
neofunktsionalizm va boshqa shu kabi nazariyalar
–
hozirgi zamon sotsiologiyasining asosiy
yo’nalishlari
hisoblanadi
.
Rossiyada sotsiologik g’oyalar umujahon
sotsiologik fanining bir qismi sifatida
rivojlangan. Tadqiqotchilar Rossiyada
sotsiologik g’oyalar rivojlanishining 3
bosqichini ajratib ko’rsatadilar. Birinchi
bosqich – XIX asr o’rtalaridan to 1918
yilgacha, ikkinchi bosqich – XX asr 20-yillari
boshidan to 50-yillar oxirigacha; uchinchi,
60-yillar boshidan to bizning kunimizgacha
Birinchi bosqich, avvalo P.Lavrov (1828-1900) va
N.M.Mixaylovskiy (1822-1904) lar kabi yirik sotsial
mutafakkirlar faoliyati bilan bog’liq. Ular tomonidan
rivojlantirilgan sotsial g’oyalar “sub’ektiv sotsiologiya”
nomini olgan. Bunday yo’nalishdagi g’oya P.Lavrovning 1870
yildagi mashhur tarixiy xatida birinchi marta ta’riflab berilgan.
“Sub’ektiv sotsiologiya” namoyondalari ijtimoiy taraqqiyot
nazariyasini ishlab chiqishga e’tibor berdilar.
Ikkinchi bosqichda nazariy sotsiologiyaning
rivojlanishi davom etdi. 1920-yillarda P.A.Sorokin
“Sotsiologiya asoslari”, 1922-yilda M.S.Solinskiyning
“Odamlarning
sotsial
hayoti”,
1922-yilda
M.M.Xvostovning “Sotsiologiya asoslari asarlari”,
1928-yilda N.A.Buxarinning “Tarixiy materializm
nazariyasi” asarlari chop etildi. 1974-yildan boshlab
ixtisoslashgan maxsus “Sotsiologik tadqiqotlar”
jurnali chiqa boshladi. 1988-yildan boshlab Moskva,
Leningrad,
Sverdlovsk,
Kiev
universitetlarida
sotsiologiya fakul’tetlari faoliyat ko’rsata boshladi
.
Sovet tuzumi davrida tarixni materialistik
tushunishga sinfiy va partiyaviy yondashishni
absolyutlashtirish
oqibatida
umumsotsiologik
qonuniyat mohiyatiga putur etkazildi. Jamiyat
taraqqiyotni bir tomonlama bo’rtirib tushuntirish
oqibati sub’ektivizmga, volyuntrizmga olib keldi.
Sotsiologiya falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar singari
siyosatga
bo’ysundirilib,
uning
xizmatkoriga
aylantirildi. Sotsiologiyaning asosiy ijtimoiy vazifasi
muayyan
andozaga
solingan,
oldindan
qat’iy
belgilangan siyosiy buyurtmani bajarishdan iborat
bo’lib qoldi. Mavjud mafkura doirasidan chiqish
qat’iy ta’qiqlandi
.
Dostları ilə paylaş: |