Suyuqliklarda elektr toki. Elektroliz hodisasi. Faradeyning birinchi qonuni



Yüklə 53,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix27.12.2023
ölçüsü53,54 Kb.
#200320
1   2   3
suyuqliklarda-elektr-toki-elektroliz-hodisasi-faradeyning-birinchi-qonuni

 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1253 
hosil qilamiz. So‘ngra kalitni ulasak, lampochka yonganini ko‘ramiz. Demak, natriy xlorid 
eritmasi elektr tokini o‘tkazar ekan. Bunga sabab nima? 
Osh tuzi suvga solinganda, qutblangan suv molekulalari natriy xloridning kristall panjara 
tugunlarida joylashgan Na + va Cl− ionlarini o‘ziga tortadi. Natijada NaCl kristall panjarasi 
yemirilib, suvda tartibsiz erkin harakat qiluvchi Na + va Cl− ionlari hosil bo‘ladi (118-a rasm) 
.
Kalit ulanganda Na + ionlari katod tomon, Cl− ionlari esa anod tomon harakatlanadi . 
Natijada zanjirdan tok o‘ta boshlaydi. Eritmalarda moddalarning musbat va manfiy ionlarga 
ajralish jarayoni dissotsiatsiya deyiladi. Shunday moddalar ham borki, qattiq holatda elektr 
tokini o‘tkazmaydi, lekin eritilib, suyuq holatga o‘tganda elektr tokini o‘tkazadi. Na+ Cl− H
2

Elektroliz. Faradeyning birinchi qonuni Suyuqlikda ionlarga ajraladigan va shu sababli elektr 
tokini o‘tkazadigan moddalar elektrolitlar deb ataladi. Elektrolitda ionlar qancha ko‘p bo‘lsa, u 
elektr tokini shuncha yaxshi o‘tkazadi. NaCl suvda eriganida u batamom Na + va Cl− ionlariga 
ajraladi. Natriy xloridning suvdagi eritmasi tokni yaxshi o‘tkazuvchi elektrolit hisoblanadi. 
Shuningdek, boshqa tuzlar, ishqorlar va kislotalarning suvdagi eritmasi elektrolitlardir 
Elektroliz hodisasi 
Elektr zanjir kaliti ulanib, elektrolitda elektr maydon hosil qilinganda musbat ionlar 
katodga, manfiy ionlar anodga qarab harakatlanadi. Ionlar elektrodlarga yetib borgandan keyin 
o‘z zaryadlarini elektrodlarga berib, neytral atomlarga aylanadi va cho‘kma hosil qiladi. 
Elektrodlarga qancha ko‘p ion borsa, ular sirtida shuncha ko‘p modda yig‘iladi. Quyidagi 
tajribani o‘tkazaylik. Elektrodli shisha idish — elektrolit vannadagi suvga mis sulfat tuzi 
(CuSO4)ni solib, elektrolit hosil qilaylik. Bunda u mis (Cu2+) va sulfat (SO4 2− ) ionlarga 
ajraladi. Elektr zanjir kaliti ulanganda elektolitdan I tok o‘ta boshlaydi (quyidagi rasmda 
ko’rsatilib o’tilgan)
Elektrolitdagi Cu2+ ionlari K katodga, SO4 2− ionlari esa A anodga tomon harakat qilishi 
sababli katod sirtida Cu atomlari yig‘ila boradi. Vaqt o‘tishi bilan katoddagi mis qatlami 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1254 
qalinlashadi. Tok uzoq vaqt o‘tkazib turilsa, katodda sezilarli darajada toza mis moddasi ajralib 
chiqqanini kuzatish mumkin. Elektrolitdan tok o‘tayotganda elektrodlarda modda ajralib 
chiqish hodisasi elektroliz deb ataladi. Ingliz fizigi M. Faradey qator tajribalarda har xil 
elektrolitlardan turli miqdorda tok o‘tkazgan. Elektrodlarda ajralib chiqqan moddaning 
massasini o‘lchash natijalariga asoslangan holda, 1833—1834-yillarda elektrolizning ikki 
qonunini kashf qildi 
Faradeyning birinchi qonuni 
1833-yilda ingliz olimi M.Faradey tajribalar asosida elektrolizning ikkita qonunini kashf 
qildi. M. Faradeyning elektroliz hodisasi uchun birinchi qonuni elektrodda ajralib chiquvchi 
modda massasi bilan elektrolitdan o‘tuvchi zaryad miqdori orasidagi bog‘lanishni o‘rganadi va 
u quyidagicha ta’riflanadi: Elektroliz vaqtida elektrodlarda ajralgan moddaning massasi 
elektrolit orqali o‘tayotgan zaryad miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir. 
Faradey o‘tkazgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, elektrodlarda ajralib chiqqan modda 
massasi elektrodlar tomon harakat qilayotgan ionlar soniga, ya’ni elektrolitdan o‘tayotgan 
zaryad miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Faradeyning birinchi qonuni elektroliz vaqtida ajralib 
chiqqan modda massasi bilan elektrolitdan o‘tgan zaryad miqdori orasidagi bog‘lanishni 
ifodalaydi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi: Elektroliz vaqtida elektrodlarda ajralib chiqqan 
moddaning massasi elektrolitdan o‘tgan zaryadning miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir: 
m = kq, (1) 
bunda, m — ajralib chiqqan moddaning massasi; q — zaryad miqdori; k — 
proporsionallik koeffitsienti bo‘lib, moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deb ataladi. 
Moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti elektroliz vaqtida ajralib chiqqan har bir modda uchun 
har xildir. Agar (1) formulada q = 1 C deb olinsa, k = m bo‘ladi. Moddaning elektrokimyoviy 
ekvivalenti son jihatdan elektrolitdan bir kulon zaryad o‘tganda ajralib chiqqan modda 
massasiga tengdir. Bu degani, moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti 1 kg/C da o‘lchanadi. 
Bu juda kichik birlik bo‘lgani uchun amalda uning o‘rniga 1 mg/C birligidan foydalaniladi. 
Bunga asosan Faradeyning 1-elektroliz qonuni quyidagicha ta’riflanadi: Elektroliz 
vaqtida elektrodlarda ajralgan moddaning massasi tok kuchiga va uning elektrolitdan o‘tish 
vaqtiga to‘g‘ri proporsionaldir. 
q=It 
Masalan, moddaning kimyoviy ekvivalenti kumush uchun 1,118 mg/C xlor uchun 0,367 
mg/C, mis uchun 0,329 mg/C, nikel uchun 0,304 mg/C, alyuminiy uchun 0,094 mg/C qiymatga 
ega. (1) formulada q = I∆t ekanligini hisobga olsak, elektrodlarda ajralib chiqqan modda 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1255 
massasi m ning elektrolitdan o‘tayotgan tok kuchi I ga va tokning o‘tish vaqti ∆t ga bog‘liqlik 
ifodasini olish mumkin: 
m = kI∆t. (2)
Faradeyning birinchi qonuni tajribada quyidagicha tekshirib ko‘rilgan. Uchta elektrolit 
vannaga bir xil A, B va C elektrolitlar quyilib, ularning elektrodlari bir-biri bilan 120-rasmda 
ko‘rsatilgandek ulangan 
Rasmga ko‘ra, A elektrolitdan o‘tayotgan I
A
tok kuchi B va C 120-rasm elektrolitlardan 
o‘tayotgan I
B
va I
C
tok kuchlarining yig‘indisiga teng bo‘ladi. Agar (2) formula o‘rinli bo‘lsa, 
A, B va C elektrolitlar elektrodlarida ajralib chiqadigan moddalarning m
A
, m
B
va m
C
massalari 
m
A
= m
B
+ m
C
munosabatda bo‘lishi kerak. 
Masala yechish namunasi 
1.Mis kuporosining suvdagi eritmasidan iborat bo‘lgan elektrolitdan 12,5 C zaryad o‘tdi. 
Elektrolitga botirilgan katodda qancha miqdorda mis yig‘ilgan? 
Berilgan Formulasi Yechilishi 
q=12,5 C m=12,5C*0,329mg/c=4,1125mg 
k=0,329 mg/C m=kq javob:4,1125mg 
topish kerak? 
m=?
2. . Elektroliz vaqtida katodda 10 mg miqdorda kumush yig‘ilishi uchun kumush ionlari 
bo‘lgan elektrolitdan qancha zaryad o‘tishi kerak? 
Berilgan Formula Yechilishi 
m=10mg 
k=1,118 mg/C m=k*q q
=
10𝑚𝑔
1,118𝑚𝑔/𝐶
=8,94 C 
Topish kerak q=m/k Javob:8,94 C 
q=? 
REFERENCES 
1. Savelyev I.V. Umumiy fizika kursi, t. 1-3, M, Nauka, 1989-92.
2. Savelyev I.V. Kurs obshey fiziki t. 1-3, M, Nauka, 1989-98.
3. Detlaf A.A., Yavorskiy B.M., Kurs fiziki, M.Visshaya shkola, 2007.
4. Trofimova T.I. Kurs fiziki M., Vishaya shkola, 2007. 

Yüklə 53,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin