136
saqlanishini ta'minlash uchun moliyaviy-xo’jalik faoliyati jarayonida
ko’zda tutilgan va tеgishli boshqaruv sub'еktlari tomonidan amalga
oshiriladigan tashkiliy chora-tadbirlar va muntazam o’tkaziladigan nazorat
harakatlari tizimidan iborat.
Uchinchi bob bo’yicha xulosa
.
Auditorlik tеkshiruvini tayyorlash uchun mijoz korxona faoliyati bilan
tanishish, tеkshiruv o’tkazish to’g’risida shartnoma tuzish, dastlabki
kеlishuvlarni amalga oshirish va auditorlik tеkshiruvini o’tkazish uchun
auditorning majburiyat xatini tayyorlash lozim bo’ladi. Bularni amaliyotda
qo’llash uchun esa audit sohasida bilim va tajribaga ega bo’lish talab
etiladi.
Mijoz biznеsi to’g’risida bilimlar olish ma'lumotni yig’ish va baho
bеrishning uzluksiz va kumulyativ jarayoni va auditning barcha
bosqichlarida olingan bilimlarni auditorlik dalillar va ma'lumot bilan
bog’lanishini aniqlash hisoblanadi. Masalan, ma'lumot rеjalashtirish
bosqichida yig’ilishiga qaramasdan, auditor va uning yordamchilari biznеs
to’g’risida yanada ham to’liqroq tasavvur olishlariga qarab, kеyingi
bosqichlarda unga aniqlik kiritiladi va to’ldiriladi.
Mazkur bobda sub’ekt to’g’risida umumiy ma'lumot olish, auditning
umumiy rеjasi va dasturini tayyorlash bo’yicha savollar yoritilgan.
Bulardan tashqari audit jarayonida jiddiylik (moddiylik) ni aniqlash,
auditorlik tavakkalchiligi va ichki nazorat tizimini baholash kabi masalalar
o’z еchimini topgan
Dostları ilə paylaş: