Mediator team Fiziologiya Klinika


Trombotsitlar aktivlanishi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/38
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#200407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Trombotsitlar va qon ivishi

Trombotsitlar aktivlanishi
Trombotsitlar katta miqdorda 
ADF
va 
tromboksan-A2
ajratadi, ular yaqindagi boshqa trombotsitlarga taʼsir 
qiladi va ularning aktivlanishiga olib keladi. Yangi aktivlangan trombotsitlar adgeziyalangan trombotsitlarga 
yopishishi kuzatiladi. Shu tariqa koʻplab trombotsitlar aktivlanishi va yopishishi kuzatiladigan 
zanjir sikli
hosil 
boʻladi.
 
Trombotsitlar agregatsiyasi
Katta miqdordagi trombotsitlar aktivlanishi trombotsitlarning oʻzaro yopishib 
agregatsiya 
hosil qilishiga olib 
keladi. Trombotsitlar agregatsiyasi – 
trombotsit aktivlovchi faktor
(PAF = platelet activating factor ), 
neytrofillardan ajraluvchi 
sitokinlar
, trombotsit membrana lipidlari tomonidan oshiriladi.
Shuningdek, ularning agregatsiyasi trombin tomonidan aktivlanadi, 
GPIIb/IIIa
 tomonidan stabillanadi. Shakli 
oʻzgargan trombotsitlar yuzasida GPIIb/IIIa koʻpayadi hamda u fibrinogenga bogʻlanish qismi hisoblanadi, 
boshqa tomondan esa trombotsitlar agregatsion va adgezion xususiyatini oshiradi. 

 
Keyingi laxta shakllanishining ingibirlanishi
Membrana fosfolipidlaridan shakllangan 
prostasiklinlar 
tromboksan shakllanishini ingibirlaydi. Bu keyingi 
laxta shakllanishini qisqartiradi va trombotsitlarning lokalizatsiyasini taʼminlaydi yaʼni laxtaning tomir ichiga 
tarqalishini oldini oladi.
 
!!!
 
Yuqorida aytib oʻtilgan trombotsitar tiqinning (vaqtinchalik laxtaning) hosil boʻlishi baʼzi adabiyotlarda 
birlamchi gemostaz deya taʼkidlanadi va u 100mkm dan kichik diametrli qon tomirlar uchun yetarli boʻladi. 
Yirik qon tomirlardagi qon ivishining oxirgi bosqichlarida fibrin tolalari shakllanadi. Ular trombotsitlarga 


Zebo Iskandarova. Aziza Zaynutdinova. Mirmuhsin Axtamov
. | 
MEDIATOR team
 
mustahkam birikadi va zich tiqinni hosil qiladi. Bu bosqich esa ikkilamchi - koagulatsion gemostaz deb 
nomlanadi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin