Mavzu№1. Ko‘rish analizatori va uning yordamchi a’zolari klinik anatomiyasi va fiziologiyasi



Yüklə 321,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/29
tarix27.12.2023
ölçüsü321,41 Kb.
#200456
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Таркатма-материал

Infeksion-allergik keratitlar 
Fliktenulez keratit
tuberkulez intoksikatsiyasi natijasida yuzaga keladi. Fliktena nospetsifik 
yallig‘lanish substrati bo‘lib, unda kasallik chaqiruvchi yo‘q. U epitelioid, limfoid va gigant xujayralardan 
iborat bo‘lib, papulani eslatadi. Pufakcha proliferativ jarayonlar natijasida tugunchaga aylanadi. 
Fliktenulez natijasida tugunchaga aylanadi. Fliktenulez keratitning bir nechta turi farqlanadi: yuza 
fliktenali, chuqur infiltratli, fassikulyar, pannoz, nekrotik. 
Asosan 
fassikulyar keratit
yoki «jaxongashta fliktena» uchraydi. Bunda progressiv qirg‘oqli 
infiltrat shox parda chetida xosil bo‘ladi va markazga tomon suriladi. Uning ortidan tomirlar o‘sib, 
kometani eslatadi. Jarayon kuchli shox parda sindromi va sezuvchanlikning ortishi bilan kechadi. Kasallik 
mavsumiy, davom etishi 1-2 oy. Davolash allergiya va yallig‘lanishiga qarshi vositalar yordamida 
o‘tkaziladi. Umumiy davolash ftiziatr tomonidan o‘tkaziladi (streptomitsin, ftivazid va boshqalar). 
Virus keratitlar 
Asosan oftalmogerpes kasalligi uchraydi. Yiliga dunyo bo‘yicha 400-500 ming odam ushbu 
xastalikka chalinadi. Uni chaqiruvchi oddiy gerpes virusli (Herpes simplex) filtrlovchi viruslar safiga 
kirib, neyrotrop hususiyatga ega va u kontakt hamda zavo yo‘llaridan odam organizmiga kiradi. 
Umuman, barcha insonlar ushbu virusni olib yuruvchi va potensial yuqtiruvchi bo‘lishlari 
mumkin. Virusni faollashuvi va organizmning qarshiligi pasayishi isitmalash, sovuq qotish, emotsional 
stresslar, emlash, qizib ketish, neyronendokrin o‘zgarishlar natijasida kelib chiqadi. 
Kasallik ko‘pincha tizim zararlanishi, ya’ni teri, shilliq qabatlar, markaziy va periferik asab 
tizimi, jigar va ko‘z xastalanishi bilan kechadi. Gerpetik keratitlarning umumtanlangan tasnifi 1973-1980 
yilda YU.F.Maychuk tomondan taklif etilgan. Ushbu tasnif bo‘yicha birlamchi gerpes – unda organizmda 
ushbu virusga antitanalar uchramaydi va birlamchidan keyingi – unda antitanalar uchraydi, farqlanadi. 
Klinik ko‘rinishga qarab: 
Vezikulez keratit
. Bunda shoh pardada seroz suyuqlik epiteliyni ko‘chirishi natijasida yakka 
yoki ko‘plab kulrang pufakchalar paydo bo‘ladi. Ular keyinchalik yorilib yarachalar hosil qiladilar. Shox 
pardaning sezuvchanligi pasayadi. Epiteliyning regeneratsiyasi trofika buzilishi sababli sekinlashadi. 
Agar o‘zgarish old chegara membranasini qamrab olsa, keyinchalik xiralanish qoladi. 
Daraxtsimon keratit
. Ushbu keratit birlamchi pufakchalar hosil bo‘lishi bilan belgilanadi, 
keyinchalik ular chuqur qavatlarga tarqaladi. Kasallik nerv tolalari bo‘yicha tarqaladi va kasallikka 
tomirli parda qo‘shilib, endoteliyda pretsipitatlar hosil bo‘ladi. Ko‘pincha dessemet membranasining 
buramalari hosil bo‘ladi. Agar o‘zgarish tarqalishi kuchaysa shox parda yuzasi jug‘rofiy xarita 
ko‘rinishini olib «Xaritasimon» keratit yuzaga keladi. Bu turdagi keratit chuqur hisoblanadi. 
Ushbu keratitda shoh parda epiteliysi katta qismining emirilishi natijasida ikkilamchi bakterial 
yoki zamburug‘li infeksiyalar qo‘shilishi mumkin. Keratitlarning yuqoridagi turida qattiq og‘riq, 
blefarospazm ko`zatiladi. Keratitning ushbu turlarini klinik ko‘rinishiga qarab tashhislash juda oson. 
Stromal keratitlarning 3 xildagi ko‘rinishi uchraydi. 
Disksimon keratitda
chuqur infil’trat shox pardaning markaziy qismida bo‘lib, diskni 
eslatadi. 
Ba’zan disk oldida shox parda yuzasining notekisligi yoki epiteliy teshiklari va mayda pufakchalar 
bo‘lishi ko`zatiladi. Disk paratsentral joylashganda kasallik klinikasining atipik kechishi ko`zatiladi. 
Bundan tashqari stromal keratitning 
o‘choqli
va 
diffuz
turlari uchrashi mumkin. Ushbu keratitlarda irit va 
irridotsiklitlar ko`zatiladi. 
Shox pardaning gerpetik yarasi
asosan daraxtsimon keratitning chuqurlashuvi natijasida kelib 
chiqadi. Bunga ko‘pincha notug‘ri davolash sabab bo‘ladi. Yara asta sekin, uzoq vaqt davomida, og‘riqsiz 
kechadi. Davolashga qaramasdan dessemetotsele ko`zatilishi mumkin. 
Gerpetik keratouveitlarda
keratit belgilari bilan birga tomirli parda xastalanishi ko`zatiladi. 
Ushbu xastalikda shoh parda turli kismlarida kulrang infil’tratlar uchrashi, yara bo‘lishi, dessemet qavati 
burmalari, pretsipitatlar, old kamerada ekssudat, rangdor pardada yangi tomirlanish, orqa sinexiyalar, 
bullez keratopatiya, ko‘z ichki bosimi ko‘tarilishi ko`zatiladi. Kasallik uzoq kechganda shox pardaning 
yuza va chuqur vaskulyarizatsiyasi, asoratli katarakta rivojlanishi mumkin. 
Postgerpetik keratopatiya
. 2 klinik tur: epiteliopatiya va bullez keratopatiya shaklida farqlanadi. 
Bunda shox parda epiteliysining ko‘tarilib turishi, pufakchalar hosil bo‘lishi, shox parda yuzasining 


notekisligi, sezuvchanlikning yo‘qolishi ko`zatiladi. Pufakchalar hosil bo‘lishi, yorilishi va yo‘qolishi 
ko`zatilib turadi. Og‘riq uncha bilinmaydi, Kasallik uzoq vaqt davom etadi va ko‘rishning sezilarli 
pasayishiga olib keladi. 
Gerpetik keratitlarni qiyosiy tashxislashda quyidagi belgilar katta o‘rin tutadi: 
- pufakcha hosil bo‘lishi, infiltratning daraxtsimon yoki notug‘ri shaklda bo‘lishi; 
- infiltrat kulrang; 
- shoh parda sezuvchanligi ikkala ko‘zda pasaygan, lekin uch shohli nerv nevralgiyasi 
uchrashi; 
- shoh parda tomirlanmagan; 
- kechishi og‘ir, o‘tkirlatuv va remissiyalar bilan; 
- kasallik o‘tkazilgan yuqumli kasalliklar va jarohatdan so‘ng kelib chiqadi; 
- epiteliy qirmasida oddiy gerpes virusi aniqlanadi; 
- kasallik antibiotik va sulfanilamid vositalarga rezistent; 
- xujayrada spetsifik antitanalari aniqlanadi 
- gerpetik poliantigenga teri sinovlari musbat. 
Gerpetik kerititning turlari ko‘pligi kasallikning kech aniqlanishi va davolashning kech 
boshlanishiga sabab bo‘ladi. 
Virusga qarshi kimyoterapiya, maxsus patogenetik davolash usullari va mikraxirurgiya 
usullarining rivojlanishi natijasida keratitlarni davolashda katta yutuqlarga erishildi.
Keratitlarni davolash quydagilarni o‘z ichiga oladi: 
1. Virus bilan zararlanmagan to‘qimalar himoyasi. 
2. Virus bilan zararlangan to‘qimalar himoyasi. 
3. Yallig‘lanishga qarshi ko`rash. 
4. Shox parda stromasi kollagen nekroziga qarshi ko`rash. 
5. Zararlangan to‘qimalar chandiqlanishini oldini olish. 
6. Maxsus himoya yo‘nalishlariga ta’sir 
7. Nospetsifik rezistentlik yo‘nalishlariga ta’sir. 
Davolash uslubini tanlash kasallikning klinik turi, bosqichi hamda organizmning umumiy 
holati, hamkor kasalliklarini hisobga olib o‘tkaziladi. 
Virusga qarshi ko`rashda Idoksuridin (IDU), Interferon va uning induktorlari, maxsus vaksina 
va immunoglobulinlar qo‘llaniladi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, ko‘pchilik virusga qarshi preparatlar o‘ta zararli yoki ta’siri past bo‘lib 
chiqdi. IDU keratitlarning yuza turlarida o‘ta ta’sirchan, lekin chuqur keratitlarda befoyda, bundan 
tashqari uzoq vaqt davomida qo‘llanilganda shoh parda va qon’yunktivaga toksik ta’sir ko‘rsatadi. Bu 
xollarda Oksolin, Tebrofen, Florenal, Gossipal, Viroleks (Atsiklovir) qo‘llash maqsadga muvofiq. 
Olimlar tomonidan Florenalning uzoq ta’sir etuvchi va qon’yunktiva osti in’eksiyasi uchun eritmalari 
taklif etilgan. Bundan tashqari dori vositalarining uzoq vaqt davomida ta’sir etishi uchun ko‘z dorivor 
plyonkalari kashf etilgan. 
Gerpetik keratitda qonsentrlangan leykotsitar interferon va uning induktorlari ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Prodgiozon, pirogenal va interferonogenlarni yuborish ijobiy terapevtik ta’sir ko‘rsatadi. 
Gerpesga qarshi zardobning ta’siri o‘ta past, lekin kasallik retsidivlarini oldini olishda u kuchli profilaktik 
vositadir. Unga xamkor interferon induktorlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Fizioterapiya 
usullaridan rentgenoterapiya, ultratovush, diadinamoterapiya, dorili elektroforez, fonoforez samarali. 
Magnitoterapiya og‘riq va yorug‘likdash qo‘rqishni yo‘qotib, shox parda trofikasini tiklashi evaziga 
gerpesning og‘ir turlarida o‘ta samarador. 
Mikroxirurgiyaning rivojlanishi bar vaqt keratoplastika yordamida kasallikni radikal davolashga 
olib keldi. Virusga qarshi argonlazerkoagulyasiya o‘zining kam jarohatlashi, anesteziyasiz qo‘llanilishi va 
yaraga tegmasligi sababli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Kortizonning kichik miqdorda ko‘llanilishi jga ning miqdorini mo‘‘tadillashtirib, kasallik 
retsidivini oldini oladi. Immunitet pasayganda Levamizol qo‘llash maqsadga muvofiq. 
Shunday qilib kasallikning birinchi bosqichida IDU, florenal, adenin-arabinozid, ortorimidin, 
interferon qo‘llash, ikkinchi bosqichida esa immuno-farmologik, yallig‘lanishiga qarshi va patogenetik 
davolash maqsadga muvofiqdir. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (butadion, indometatsin, 
ibuprofen) qo‘llash samaralidir. Agarda allergik holat qo‘shilsa fenkarol va boshqa antigistamin dorilar 
qo‘llash maqsadga muvofiq. Organizmda interferon ishlab chiqarish susayganida interferon induktorlari 
prodgiozan, pirogenal, poludan qo‘llaniladi. Shox parda oziqlanishni tiklash maqsadida V gurux 
vitaminlar va to‘qima terapiyasi samarali. 


So‘rdiruvchi vosittalaridan lidaza, lekozim, kukumazim, streptodekaza kabi fermentlar 
qo‘llanilishi kasallikning asoratsiz o‘tishiga asos bo‘ladi. 

Yüklə 321,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin