323
Ko‘pchilik fermentlarni faolligi sAMFga bog‘liq fosforillanish bilan
boshqariladi. Boshqa ko‘plab oqsil-peptid tabiatli gormonlar bu
jarayonni faollaydi. Lekin ba’zi gormonlar adenilatsiklazaga
ingibirlovchi ta’sir ko‘rsatadi, natijada, sAMF miqdori va oqsillarni
fosforillanishi pasayadi. Xususan, somatostatin gormoni o‘zini spetsifik
retseptori (G
5
-oqsilni struktur gomologik bo‘lgan) ingibitor G-oqsil (G;)
bilan birikib, adenilatsiklaza va sAMF sintezini ingibirlaydi, yani
adrenalin va glyukagon vujudga keltiradigan ta’sirga qarama-qarshi
ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi a’zolarda prostaglandinlar (xususan PGE)
adenilatsiklazaga shunday ingibirlovchi ta’sir ko‘rsatadi, vaholanki,
hujayrani turiga bog‘liq ravishda xuddi shu PGE, sAMFning sintezini
faollashtiradi.
Glikogen parchalanishini faollantiruvchi mushak gliko-
genfosfarilazasini faollanish mexanizmi va boshqarilishi batafsil
o‘rganilgan. 2 shakli tafovut etiladi: katalitik faol fosforilaza
a
va faol
bo‘lmagan fosforilaza b. Ikkala fosforilaza 2 ta bir xil subbirliklardan
tashkil topgan (molekulyar og‘irligi 94500), har birida 14 orinda serin
joylashgan bo‘lib, fosforillanish-defosforillanish jarayoniga, yani
faollanish va faolsizlanishiga uchraydi.
Siklik AMFga bog‘liq proteinkinaza bilan faolligi boshqariladigan
fosforilaza
b
ning kinazasi ta’sirida faol bo‘lmagan shakldagi fosforilaza
b molekulasini ikkala subbirligi kovalent fosforillanishga uchraydi va
faol fosforilaza
a
ga aylanadi. Fosforilaza
a
ning defosforillanishi
spetsifik fosforilaza
a
fosfatazasi ta’sirida fermentni inaktivlanishiga
va birlamchi holatga qaytishiga olib keladi.
Mushak to‘qimasida glikogenfosfarilaza boshqarilishini 3 turi
ochilgan.
Dostları ilə paylaş: