8-mavzu: ta’lim metodlari va shakllarini amaliyotda qo‘llanilishi reja



Yüklə 152,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü152,96 Kb.
#200676
  1   2   3
8-mavzu ta’lim metodlari va shakllarini amaliyotda qo‘llanilish



8-MAVZU: TA’LIM METODLARI VA SHAKLLARINI 
AMALIYOTDA QO‘LLANILISHI 
 
REJA:
 
1. Ta’lim metodlari va usullari haqida ma'lumot. 
2. 
Hozirgi 
zamon 
didaktikasi 
va 
xususiy 
metodikasida 
ta'lim 
metodlarini tavsiflashga turlicha yondashuvlar. 
3. Ta’lim metodlari va vositalarining tavsifi. 
4. Ta’lim metodlarini qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari.
 
Tayanch ibora va atamalar
:
 tarbiya, jamoa, shaxs va jamiyat, 
O‘quvchilar jamoasi, 
ijtimoiy munosabatlar, umumiy faoliyat. 
 
Ta'lim metodlari va usullari haqida tushuncha. 
Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki 
qoilanilayotgan metodlar samaradorligiga bog'liq bo'lib, u ta'lim nazariyasida asosiy 
o'rinlardan birini egallaydi. 
«Metod» — yunoncha «metodos» - «yoi» degan so'zdan paydo bo'lib, u, tadqiq 
qilish ma'nosini anglatadi. Ta'lim metodi ta'lim jarayonida o'qituvchi va 
o'quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qara-tilgan birgalikdagi faoliyatdir. 
Ta'lim metodlari - o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish 
usullarini hamda o'quv materialini nazariy va amaliy yo'naltirish yo'llarini anglatadi. 
O'qitish metodlari ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi 
faoliyatining qanday boiishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish 
kerakligini hamda shu jarayonda ta'lim oluvchilar qanday ish-harakatlarini 
bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta'lim metodi o'qituvchi va 
ta'lim oluvchilarning o'qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy 
bilish faoliyati yolidir. 
Hozirgi zamon didaktikasi va xususiy metodikasida ta'lim metodlarini 
tavsiflashga turlicha yondashuvlar 
Ta'lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini 
tushunishga bog'liqdir, ya'ni ular falsafiy metodologik asosga ega va ta'lim 
jarayonidagi qarama-qarshiliklarni, ta'lim jarayoniningmohiyatini vatamoyillarini 
to'g'ri anglash natijasidir. Ta'lim materiali ta'lim mazmunida ifodalangan ilmiy fikr 


mantig'iga bog'liq. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam ifodalangan boisa, 
ta'lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog'liq bo'ladi. Pedagogika fani 
maktablar va ta'lim beruvchilarning ilg'or ish tajribalarini umumlashtiradi, an'anaviy 
ta'limning ilmiy asoslarini ko'rsatib beradi, o'qitishning zamonaviy, samarali 
metodlarini ijo-diy ravishda izlab topishga yordam beradi. 
Shu sababli ham ta'lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi: 
1. O'quv materialini o'rganish yo'li fikr yuritishning didaktik-materialistik 
usullarini, milliy mafkuraga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq-
atvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak. 
2. Ta'lim metodi ilmiy dalillar bilan ravshanva aniq asoslangan bo'lishi lozim. 
3. Ta'lim metodlarining tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi. 
4. Ta'lim metodlari oldiga muqarrar sur'atda qo'yiladigan yana bir talab - 
ularning tushunarli bo'lishi. 
5. Bolani sezgi organlari orqali bilishga o'rgatish va o'quv jarayonida 
ko'rsatmali qurollardan iloji boricha ko'proq foydalanish.
6. Ta'lim metodlari oldiga qo'yiladigan talablardan yana biri – bu
bilimlarning asosli va puxta bo'lishi. Ta'lim metodlari yaxshi natija beradigan 
bo'lishi lozim. Ta'lim beruvchining tushuntirish va ta'lim oluvchilarning o'ziashtirish 
usuli rejalashtirilgan yoki moijailangan natijani berishi kerak. 
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo'lib, ularning har biri o'z 
navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo'linadi. O'quv-
biluv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o'zi esa axborot 
uzatish, qabul qilish, anglash va o'quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan 
bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llay olishni nazarda tutishni hisob-ga olsak, 
birinchi guruh metodlariga so'z orqali axborotni uzatish va eshitish orqali qabul 
qilish metodlari og'zaki metodlar; hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar; ikkinchi 
guruh metodlariga o'quv axborotlarini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul 
qilish metodlari — ko'rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va boshqalar; 
uchunchi guruh metodlariga o'quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali 
berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va 
boshqalar) kiradi. Demak, amaliyotda keng qo'llanilib kelayotgan ta'lim metodlarini 
quyidagi 
ko'rinishda 
ifodalash 
mumkin 
(1-shakl). 


1-shakl. Ta'lim metodlari. 
Ta'lim metodlari tarkibi. 
Ta'lim metodlari tarkiban o’qitish metodlari va o’qish metodlaridan iborat. 
O’qituvchi bilimlarni Og’zaki bayon etsa, bolalar uni tinglaydi; o’qituvchi mustaqil 
ish topshirsa, o’quvchilar bajarishadi. Bilimlarni Og’zaki bayon etish, mustaqil 
ishlash kabilar o’qitish metodlari bo’lib, ular vositasida didaktik vazifalar (bilimlarni 
o’rganish, mustahkamlash, takrorlash va sh.k) hal etiladi. O’quv-tarbiya jarayonida 
ta'lim metodlarining samaradorligini oshirish maqsadida o’qitish va o’qish metodlari 
majmuasidan foydalaniladi. Masalan, ma'ruza metodi tarkiban o’qituvshining 
o’rganilayottan mavzuni mantiqiy izchillikka, Og’zaki bayon qilishi, 
o’quvchilarning esa o’quv materiallarini izchil tinglashi kabi metodlardan iborat. 
Ma'ruza metodidan shu yo’sinda foydalanish o’qituvchining, o’quvchining 
ham 
faolligi talablariga
, binobarin, ta'limning samaradorligini oshirish ehtiyojlariqa mos 
kelmaydi. Zero, ma'ruzaning yuqoridagi ko’rinishi faqat bolalar xotirasiga 
mo’ljallangan. Ma'ruza ham bolalar xotirasiga, ham ular tafakkuriga mo’ljallab 
tashkil etilganda, uning samaradorligi yanada oshadi. tajribali o’qituvchilar ma'ruza 
metodining samaradorligini oshirish maqsadida turli variantlardan foydalanishadi. 
1-variant. Ma'ruzada oldin o’quvchilar oldiga muammolar qo’yish. 
Muammoning bajarilishini muhokama qilish va shu asosda o’quv materiallarini 
mantiqiy izchillikda bayon etish. Ma'ruzadan oldin qo’yilgan muammo bolalarda 
bilishga ehtiyojni uyg’otadi. Shu tufayli o’quvchi ta'lim jarayonining faol sub'ektiga 
aylanadi. 1-variantda ma'ruza quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: . 


O’qitish-metodlari O’qish metodlari 
Mavzuga oid muammoni tanlash -muammoni qabul qilish va qo’yish; tahlil 
qilish; muammoning bajarilishini-muammoni bajarishga oid tahlil qilish; tahlilda 
faol qatnashish; 
muammoning bajarilishi asosida -o’qituvchi tushuntirishlarini o’quv 
materialini izchil bayon etish 
2-variant. Ma'ruzadan oldin bolalar faoliyatidan o’tgan omillarni, odatdagi 
muloqot yo’li bilan o’rganilgan bilimlarni tahlil etish. Bu variantda ma'ruza bolalar 
faoliyatidan o’tgan omillarni, bilimlarni tahlil qilish asosida tashkil etiladi. 
3-variant. Oldin o’rganilgan bilimlar bilan bugungi Yangi o’quv materiali 
o’zaro daxldor bo’lsa, bilimlarni esga tushirish maqsadida suhbat o’tkaziladi. Suhbat 
yo’li bilan o’rganilgan va endi o’rganiladigan bilimlar o’rtasida tabiiy bog’lanish 
hosil qilinadi. Ma'ruza shu bog’lanishning davomi sifatida o’tkaziladi. 
O’quvchi faoliyati -ko’rgazma qurolni tahlil etish; 
-qo’yilgan muammo to’g’risida o’ylash; 
-o’qituvchi tushuntirishlarini tinglash; 
-xulosalarni esda olib qolish; 
- bilimlarni o’quv va hayotiy sharoitlarga tatbiq qilish. 
4-variant. Ko’rsatma qurollarda berilgan omillarni tahlil qilish asosida ma'ruza 
tashkil etilganda, quyidagicha ko’rinishni oladi. 
- O’qituvchi faoliyati ko’rgazma qurolni tahlil ettirish; 
- bolalar oldiga muammolar qo’yish; 
- qo’yilgan muammo asosida bilim-larni izchil bayon etish; 
- xulosalar chiqarish; 
- bilimlarni o’quv sharoitlariga tatbiq qilishni tashkil etish; 
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, ta'limda hech bir metod sof holda 
qo’llanilmaydi. har bir ta'lim metodi tarkiban o’qitish metodlari va o’qish 
metodlaridan iborat. O’qitish va o’qish metodlarining bir-biriga mosligi, o’qitish va 
o’qish faoliyatlarining o’zaro muvofiqlashuvini ta'minlaydi. Bu o’z navbatida 
didaktik ta'sirning o’qitish va o’qish faoliyatlari o’zaro ta'sirining samarali amal 
qilishiga olib keladi. 


O’qitish metodlari va o’qish metodlarining bir-biriga muvofiqlashuvi 
ta'limning ijtimoiy instinktning alohida turi-o’qitish va o’qish faoliyatlarining o’zaro 
ta'siri shaklida amal qilishni ta'minlaydi. O’qitish va o’qish faoliyatlari o’zaro ta'sir 
mohiyatidan kelib chiqib, ta'lim metodlarini ikki guruhga ajratamiz; o’zaro ta'sirni 
tashkil etish va boshqarish metodlari, o’zaro ta'sir natijasini nazorat etish metodlari. 
Ta'lim metodlarining har bir guruhida o’qitish va o’qishning o’zaro ta'siri 
qatnashadi. O’zaro ta'sir ishtirok etmaydigan metod ta'lim metodi sanalmaydi. 
Masalan, o’qituvchi evristik suhbatni tanladi deylik: bolalar uchun tushunarli, ularni 
qiziqtiradigan savollarni o’rtaga tashlay olish o’qituvchi faoliyatiga bog’liq. 
O’qituvchi o’zi dars beradigan sinf o’quvchilarining umumiy tayyorgarligini aniq 
tasavvur etsa, bolalarning real bilish imkoniyatlarini hisobga olsa, ularning yosh va 
individual xususiyatlariga tayansa, ana o’shandagina sinf o’quvchilari ta'limda faol 
ishtirok etishadi. O’qituvchi faolligi o’quvchi faolligini va, o’z navbatida, 
o’quvchilar faolligi o’qituvchi faolligini ta'minlaydi. 
O’zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish metodlari tasnifi. 
Og’zaki bayon metodlari. hikoya, tasvir, suhbat, ma'ruza ta'limning bilimlarni 
Og’zaki baen qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar evristik suhbatni hisobga 
olmaganda, asosan, o’quvchilarning xotirasiga mo’ljallab tashkil etiladi. hurilish 
jihatidan ularning tarkibi bir xil: o’qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi. 
Hikoya. Ta'limning turli bo’g’inlarida qo’llaniladigan universal metodlardan 
biri hikoyadir. hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o’quv 
materialini o’rganishga bolalarni tayerlash maqsadida o’tkaziladi. kirish hikoyasi 
badiiy asarlar bilan tanishtirish, Yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki 
tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- Yangi o’quv 
materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi. Bayon shaklidagi 
hikoyada o’qituvchi o’quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va 
ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan darsning 
oxirida o’rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi. 
Ma'ruza. Ma'ruza o’rta umumta'lim maktablarining 
yuqori sinflarida
, texnikum 
va kollejlarda, oliy o’quv yurtlarda foydalaniladigan ta'lim metodi bo’lib, unda 
o’zaro ta'sir o’qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy 
g’oya va bog’lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi. Ma'ruza uchun vaqt 
bolalarning tayyorgarlik darajasi, o’quv materiali xajmiga ko’ra belgilanadi. 
Ma'ruza jarayonida o’quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish 
maqsadida o’qituvchi o’z Nutqini ko’rgazmali qurol, darslikda berilgan omillar, 
muammo va topshiriqlar bilan uyg’unlashtiradi. Ma'ruza jarayonida ko’rgazma 
qurolidagi omillarni tahlil etishga bolalar dihuquqhuquqatini tortish, o’qituvchi 
aytgan qoida, ta'rif, aniqliklarni dars materiallariga chog’ishtirish yo’llari bilan 
bolalar faolligi oshiriladi. Shuningdek, o’quv materialiga oid terminlarga izoh 


berish, ayrim o’rinlarda o’quvchilarning o’zlariga xulosa chiqarishni taklif etish 
talabalarning o’quv-biluv faoliyatining samarador amal qilishini ta'minlaydi. 
Suhbat. Suhbat o’qituvchi o’quvchining o’zaro ta'siri diolog shaklida amal 
qiladigan ta'lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o’ylangan, bir-
biriga bog’liq savollarni qo’yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish 
yo’llari bilan o’qituvchi va o’quvchi faoliyati o’zaro muvofiqlashadi. 
Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo’ladi: evristik suhbat; katoxezistik 
suhbat. Evristik suhbat o’quvchilarning tafakkuriga mo’ljallangan metod bo’lib, 
unda o’zaro ta'sir o’qituvchi savollari bolalarning javoblari shaklida amal qiladi. 
Evristik suhbat uzoq tarixga ega bo’lib, undan qadimgi Gretsiyada Sokrat mohirona 
foydalangan. 
U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda «izlanish suhbati» ham deb yuritaladi. 
Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari mavjud; ijodiy yo’l bilan o’quv 
materialini o’rganish; o’zlashtirishning individual xarakter kasb etishi. Bu 
metodning salbiy tomonlari ham bor. Masalan, ma'ruza, hikoya vaqtni tejash nuqtai 
nazaridan eng masalador metodlar sanalsa, vaqtni ko’p olishi, evristik suhbatning 
kamchiligidir. 
Evristik suhbatning o’ziga xos tashkiliy hurilishi mavjud. Buni «Ko’chirma 
gap» mavzusi misolida oydinlashtiramiz: 
-darsning mavzusi, maqsadini e'lon qilish (bolalar, hozir siz darak, so’roq, 
buyruq gaplarning ta'rifini aytib berdingiz. Bugun «ko’chirma gap»ni o’rganamiz. 
Agar mening savollarimni diqqat bilan tinglab, javob qaytara olsangaz, bugungi 
mavzuni mustaqil o’rganasiz.);-kuzatish uchun omillar (o’qituvchi bolalarga 
quyidagi savollar bilan murojat qiladi; bugun qanday gapni o’rganamiz 
O’rtog’ingizning men bergan savolga javobini yozing). 
Doskaga o’quvchilardan biri «Bugun ko’chirma gapni o’rganamiz» jumlasini 
yozadi. O’qituvchi «Katta bo’lganda kim bo’lmoqchisizhuquq» savolni o’rtaga 
tashlaydi. «Katta bo’lganimda o’qituvchi bo’laman» gapi ham doskaga yoziladi. 
Kuzatish uchun Nutqdan quyidagicha gaplar tanlab olinadi: 
-Biz bugun ko’chirma gapni o’rganamiz (dedi Odil). 
-Katta bo’lganimda o’qituvchi bo’laman (dedi Anvar). 
Mustaqil xulosalar chiqarish uchun savollar; Kimlarning gapi o’zgarishsiz 
ishlatiladi, daftarlarga (doskaga) yoziladi? qanday gap deyiladihuquq 
-Odil, Anvarning gaplari o’zgarishsiz yoziladi. O’zgarishsiz ishlatilgan 
gaplarga ko’chirma gap deyiladi. 


-o’qituvchi o’quvchilar chiqargan xulosani to’ldiradi, ko’chirma va muallif 
gaplarining farqlarini, ularning o’rinlari, ishlatiladigan tinish belgilarini izohlaydi. 
Doskaga yozilgan gaplarni quyidagi shaklga keltiradi: 
«Bugun ko’chirma gapni o’rganamiz»,-dedi Odil. 
«Katta bo’lganimda o’qituvchi bo’laman»,-dedi Anvar. 
-Chiqarilgan xulosalarni turli o’quv- sharoitlariga tatbiq etish yo’li bilan 
bilimlar mustahkamlanadi. 
Katoxezistik suhbat o’quvchilarning xotirasiga, binobarin, qayta esga tushirish 
faoliyatiga mo’ljallab o’tkaziladi. O’tkazish maqsadiga ko’ra katoxezistik 
suhbatning quyidagicha turlari mavjud: 
Yakunlash suhbati. Bunday suhbatda mashg’ulotda qilingan ishlar bo’yicha 
umumiy va yakuniy xulosa chiqariladi. 
Mustahkamlash suhbati-Yangi mavzu tushuntirilgandan keyin o’tkaziladi, 
so’ngra Yangi mavzu intelektual va amaliy topshiriqlar bajariladi. 
Takrorlash suhbati-ikki yoki undan ortiq mavzu bo’yicha o’tkaziladi. 
Takrorlash yo’li bilan malakalar takomillashtiriladi. Umumlashtiruvchi suhbat-katta 
bo’lim o’tilgandan so’ng, o’quv boshida, oxirida tashkil etiladi. 
Kirish suhbati-yangi mavzuni o’rganishdan oldin o’tkaziladi. Nazorat suhbat-
bilimlarni sinab ko’rish maqsadida tashkil etiladi. 
Bilimlarni Og’zaki bayon etish metodlari, evristik suhbatni hisobga olganda, 
asosan, xotiraga, binobarin, o’quvchilarning qayta eslash faoliyatiga mo’ljallab 
tashkil etiladi. hikoya, tasvir, ma'ruza, suhbat metodlarining zaif tomoni ham 
shunda. Ularning zaif tomonlarini bartaraf etish, o’quvchilarni ta'lim jarayonining 
faol sub'ektiga aylantirish uchun quyidagi rag’batlantiruvchi metodlardan 
foydalaniladi: 
1. Qiziqarli o’quv holatlari yaratish-qiziqarli o’quv holatlari bolalarda turli 
emotsiyalarni uyg’otadi. Fizikadan «Fizika va hayot», «Ertaklarda fizika», kimyoda 
«Mo’jizasiz mo’jizalar», matematikadan «qiziqarli matematika», «Ajoyib 
raqamlar», «Sirli raqamlar»ga oid omillarni, hodisalarni ta'limga olib kirish 
bolalarda bilimlarning qiziqishlarini oshiradi. 
2. Badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy asarlardan olingan omillarni keltirish, ularni 
tahlil etish ham ta'lim jarayonida o’quvchilarning faolligini oshiradi. 
3. Ma'ruza, hikoya, tasvir, suhbat jarayonida analogiya metodidan foydalanish. 
Masalan, fizikadan ultra binafsha nurlar (quyosh nurining yetti xil elementdan 


iboratligi), lokatsiya hodisasini ko’rshapalak misolida izohlash, bolalarda o’quv 
faniga, o’rganilayotgan mavzuga qiziqishni oshiradi. 
4. Fan tarixida ekskursiya ham bolalarning o’quv-biluv faoliyati 
samaradorligini oshirish vositasi sanaladi. Ona tilidan utyug, karandash kabi 
so’zlarning o’zbek tilidan rus tiliga o’gganligi, tomosha (tomdan oshib qarash), 
kengash (katta osh) so’zlarining ma'nosini izohlash, bolalar faolligini oshiradi. 
5. Kundalik turmushda ishtirok etish yo’li bilan hosil qilingan tajriba va ilmiy 
bilimlarni o’zaro taqqoslash ham bolalarda o’quv biluv faoliyatiga havasni 
oshiradi. 
Shunday qilib
, bilimlarni Og’zaki bayon qilish , metodlari bilan 
rag’batlantiruvchi metodardan parallel foydalanish o’quv tarbiya ishlarining 
samaradorligini oshiradi. 
Ko’rgazmali metodlar. 
Ko’rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo’lib, uning yordamida ko’ruv 
o’quvi va tafakkur o’zaro uyg’unlashadi. Ko’rgazmali metodlarning quyidagicha 
turlari mavjud: 
Illyustratsiya metodi Og’zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, 
doskadagi yozuvlarga dihuquqhuquqatni tortish. 
Demonstratsiya metodi-kinoapparat, LETI kabi texnik vositalar asosida, 
shuningdek, 
televizor 
eshittirishlaridan, 
videotasvirdardan 
foydalanib, 
kinolentalarni, turli tasvirlarni namoyish qiladi. 
Tabiiy ko’rgazmalar-narsalarning o’zi, predmetlar, turli jonivorlarning 
mulyajlarini ko’rsatish. Ko’rgazmali metodlar eshitish va ko’rish o’quvlarini o’zaro 
uyg’unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni Og’zaki bayon 
qilish metodlari bilan yonma-yon foydalanshp ta'limning samaradorligini oshiradi. 
Muammoli izlanish metodlari. 
Muammoli izlanish turidagi metodlar o’quvchilarning tafakkuriga, binobarin, 
ularning ijodiy faoliyatiga yo’nalgan ta'lim metodidir. Bu metodlar asosida o’quv-
tarbiya ishlari tashkil etilganda o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro ta'siri 
quyidagicha umumiy ko’rinishga ega bo’ladi. 
O’qituvchi faoliyati 
O’quvchi faoliyati 
- turli topshiriqlar asosida muammoli 
holat yaratish; 
- muammoli holatda ishtirok etish va 
muammoni qabul qilish; 


- farazlarni aytishni taklif etish; 
- muammoni hal etishga oid farazlarni 
aytish; 
- farazlardan tanlangan muammoni 
mosini bajarishga tatbiq etishni so’rash; 

tanlangan 
farazni 
muammoni 
bajarilishiga tatbiq etish; 
- xulosalar chiqarishga ko’maklashish; 
- xulosalar chiqarish; 
- chiqarilgan xulosalarni amaliyotga 
tatbiq etish yo’llarini ko’rsatish; 
-xulosalarni amaliyotga tatbiq etish; 
Muammoli izlanish metodlari ham maktab tajribasida sof holda qo’llanilmaydi. 
Muammolarni qo’yish, ularni izohlashda suhbat, hikoyadan ham foydalaniladi. 
Shuningdek, ma'ruza o’qib turgan paytda turli o’quv topshiriqlari, muammolar ham 
hal etiladi. Ko’rgazma qurollar vositasida bolalarga eksperemental (sinov) 
topshiriqlar beriladi. Ana shularga ko’ra muammoli-izlanish metodlarining quyidagi 
turlari farqlanadi.
Muammoli hikoya-o’rganilayotgan mavzu doirasida hikoya boshida, hikoya 
davomida, hikoya oxirida bolalar oldiga muammolar qo’yib, ularning mavzuga 
qiziqishlarini oshirish yo’lidir. 
Muammoli ma'ruza-ma'ruzadan oldin o’quvchilarni mavzuga qiziqtirish 
maqsadida yoki ma'ruza oxirida o’quvchilar oldiga muammolar qo’yish yo’li bilan 
ta'lim maqsadiga erishishdir. O’quv materialining asosiy qismini ma'ruza vositasida, 
nisbatan oson qismini topshiriqlarni bajarish, muammolarni qo’yish yo’li bilan ham 
o’rgansa bo’ladi. 
Keyingi paytlarda maktablarda muammoli amaliy ishlar, masalan, optikadan 
laboratoriya ishi, ilmiy tadqiqot ishlari (tarixiy materiallarni tasnif etish, u yoki bu 
geografik tumanga tabiiy va iqtisodiy geografiya nuqtai nazaridan tasnif yozish) 
keng o’rin olmoqda. Bular bolalarbop eksperemental (sinov) tadqiqot metodlaridir. 
Ko’rinadiki, muammoli-izlanish metodlari bilimlarni Og’zaki bayon etish, 
ko’rgazmali metodlar bilan birga qo’shib olib borilganda o’quv-tarbiya jarayonining 
samaradorligini yanada oshiradi. 
Mustaqil ishlash metodlari 
Mustaqilishlar ta'limning turli guruhlari, sikllarida, darsning barcha 
bosqichlarida o’tkaziladigan, o’qituvchining 
bevosita ishtirokisiz
, ammo uning 
ko’rsatmalari, 
rahbarligida 
bajariladigan 
intelektual 
va 
amaliy 
topshiriqlardir.hozirgi paytda mustaqilishlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi. 


Darslikdagi qoidalar va ta'riflar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi qoida va 
ta'rifni o’qish va ularga oid omillarni ajratish; o’qituvchi bergan, o’qituvchi 
topshiriqiga ko’ra to’plagan omillarni tahlil etish va xulosa chiqarshy; darslikning 
ayrim betlarini tanlab o’qish va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo’llari 
to’g’risida qisqacha xisobot tayyorlash; qoida, ta'riflarni mantiqiy qismlarga ajratish 
va terminlarga izoh yozish; darslik, o’quv qo’llanmalarni va qo’shimcha 
adabiyotlardan o’rganilgan mavzu doirasida omil to’plash; ma'ruza, hikoya, suhbat 
paytida o’qituvchi chiqargan xulosalarni darslikdagi qoida, ta'rif aniqliklariga 
solishtirish. 
Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi mashq, 
misol va masalalar variantlar asosida musobaqalashib bajarish; darslikdagi amaliy 
materiallar asosida turli diogramma, jadval, chizmalar tayyorlash; laboratoriya 
mashg’ulotlarini o’tkazish rejasiii tuzish. 
Mashg’ulotlarda turli mustaqil ishlarni bajarish bolalarda mustaqillikni 
tarbiyalaydi. Mustaqillik esa shaxsiy sifat hisoblanadi. Mustaqil ishlash 
metodlaridan foydalanishda qator qoidalarga rioya qilinadi; o’quvchilarni mustaqil 
ishlashga tayyorlash; mustaqil ishlarning tushunarli bo’lishi; mustaqil ish uchun 
yetarli 
vaqt 
ajratish; 
mustaqil 
ish 
natijasini 
tekshirish. 

Yüklə 152,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin