27
Hozirgi davr jahondagi demokratiyaning asosiy
mezonlaridan biri saylovlarning ko‘ppartiyaviylik
asosida o‘tkazilishidir.
Mustaqillik davrida tashkil
topgan ilk siyosiy partiya bu –
O‘zbekiston Xalq
demokratik partiyasi
dir. Partiyaga 1991-yilning
noyabrida asos solindi.
Uning maqsadi ijtimoiy
himoyaga muhtoj aholi qatlami manfaatlarini himoya
qilishga qaratilgan. Mazkur partiya tashkil etilganidan
hozirgi kunga qadar besh marotaba Prezident saylovlarida hamda parlament
saylovlarida ishtirok etib, parlamentda o‘z fraksiyasini tashkil etishga erishdi.
Mustaqil ish
.
Qo‘shimcha adabiyotlardan
foydalangan holda, bir guruh o‘quvchilar
XDP ning Prezident saylovida ishtirok etgan yillarini sanab chiqadi va ta’rif
beradi. Ikkinchi guruh partiyaning Oliy Majlisga saylovlarda qatnashishi
bo‘yicha xuddi shu vazifani bajaradi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o‘z o‘rniga
ega partiyalardan yana biri O‘zbekiston
«Vatan taraqqiyoti»
partiyasi
bo‘ldi. Ushbu partiya 1992-yil tashkil topgan.
Lekin besh yillik faoliyati
o‘z vazifalari doirasida faoliyat yurita olmadi, deb topildi. 2000-yil
aprelda
«Vatan taraqqiyoti»
Dostları ilə paylaş: