Scientific progress



Yüklə 48,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.12.2023
ölçüsü48,13 Kb.
#201010
1   2   3   4   5
maktabgacha-ta-lim-samaradorligida-multimedia-texnologiyasining-o-rni

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 33
kamligini va MTT lari axborot kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlanmaganligini 
keltirish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi 
“O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108-son Farmoni hamda O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabr PQ-4884 sonli “Ta’lim-tarbiya tizimini 
yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida” gi qaroriga asosan axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, ta’lim sifatini nazorat 
qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa mafaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 
2022 yil 1 yanvarga qadar maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy o’qitish shakllari, 
yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish vazifasi belgilangan [1]. 
O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to’g’risida”gi O’RQ-595 sonli qonunining 53-moddasida ta’lim-tarbiya jarayoniga 
ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari uchun o’quv-uslubiy va didaktik materiallar ishlab chiqish-ishlab shiqarish, 
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish vazifalari 
belgilangan [2]. Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar S.L.Novoselova [3], I.Yu.Pashiliti, 
G.P.Petko, Xanter [5] va M.I.Jumayevlarning fikrlariga ko’ra ta'lim jarayonida 
kompyuterdan foydalanish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar nafaqat kompyuter 
texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati maqsadga muvofiqligini, balki bolaning 
intellekti va shaxsiyatini rivojlantirishda alohida o'rin tutganligini va bugungi kunda 
multimedia o'qitish vositalaridan foydalanish maktabgacha ta'lim tizimidagi ko'plab 
uslubiy yangiliklarni ishonchli isbotlamoqda [5]. Ularning fikriga qo’shilib shuni 
aytmoqchimanki multimedia maxsulotlari bolaning ta’limga bo’lgan qiziqishini 
oshiradi, fikrlash doirasi va intelektual salohiyatini o’stiradi va mustaqil bilim olishiga 
imkoniyat yaratadi.
ASOSIY QISM 
Ilmiy izlanishlarim natijasida men o’z tadqiqot ishimda asosiy e’tiborni 
maktabgacha ta’lim sohasida raqamli texnologiyalarni qo’llash va “Ilk qadam” 
maktabgacha ta’lim muasasasining Davlat o’quv dasturi talablari asosida “Elementar 
matematika” mashg’ulotlarini o’qitishga mo’ljallangan elektron ta’lim resursini 
yaratishga qaratdik va ilmiy izlanishlar olib bordik. 2020 yilda “Maktabgacha ta’limda 
matematika mashg’ulotini o’qitishga mo’ljallangan amaliy dastur” nomli elektron ta’lim 
resursini yaratildi Adliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligi tomonidan 
mualliflik guvoxnomasi olindi. 2021 yilda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim 
muassasasining Davlat o’quv dasturi, “O’zbekiston Respublikasining ilk va 
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablari” asosida 
shakllantirilgan elementar matematika mashg’ulotlar to’plamining kompyuter dasturi 
yaratildi dasturda to’liq kichik guruh, o’rta guruh, katta guruh, tayyorlov guruh 



Yüklə 48,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin