XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 331 - o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 24 noyabr kuni
o`rnatilgan
192
. O‗zbekiston
Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‗rtasida 2001-yil 18-oktabrda
imzolangan Daromadlarning ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo‗l qo‗ymaslik va
daromad hamda kapital soliqlarini to‗lashdan bosh tortishni oldini olish to‗g‗risida
Konvensiyaga o‗zgartirishlar kiritish to‗g‗risida 2017-yil 6-fevralda Gaaga shahrida
imzolangan Bayonnoma 2017-yilning 31-dekabr kuni kuchga kiradi. Mazkur
Bayonnomada soliqlarni to‗lashdan bosh tortishni oldini olish maqsadida usbu
Konventsiyaga soliq sohasida axborot almashishning samarali mexanizmlarini
kengaytirishga qaratilgan o‗zgartirish kiritish nazarda tutilgan
193
.
O‗zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo
vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir O‗zbekiston– Niderlandiya savdo-
iqtisodiy
va
sarmoyaviy
hamkorligini
yanada
kengaytirish
masalalariga
bag‗ishlandi. Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya,
yoqilg‗i-energetika, qurilish, qishloq va suv xo‗jaligi, oziq-ovqat, farmatsevtika,
kimyo, transport va transport kommunikatsiyalari, elektrotexnika, to‗qimachilik
kabi sohalari uchun mas‘ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari
rahbarlari ishtirok etdi.
O‗zbekiston bilan Niderlandiya o‗rtasida savdo sohasida eng
ko‗p qulaylik yaratish tartibi joriy etilgan. 2011 yilda o‗zaro tovar ayirboshlash
hajmi qariyb 100 million AQSH dollarini tashkil qildi. Sarmoyaviy hamkorlik
ko‗lami muttasil kengaymoqda. Mamlakatimizda 36 O‗zbekiston– Niderlandiya
qo‗shma korxonasi faoliyat ko‗rsatayotir. Anjumanda ikki mamlakat o‗rtasida
savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy, yoqilg‗i-energetika, farmatsevtika, qishloq xo‗jaligi,
oziq-ovqat kabi sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, Niderlandiya
kompaniyalarini mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayoniga keng jalb etishga
oid masalalar muhokama qilindi
194
.
192 http://geografiya.uz/bilasizmi/784-ozbekiston-respublikasi-bilan-diplomatik-aloqa-ornatgan-mamlakatlar- royxati.html 193 http://www.uzembassy.k z/uz/article/ozbekiston -bilan-niderlandiya-ortasidagi-bayonnomachga-kiradi 194 http://www.uza.uz/uz/business/ozbekiston-niderlandiya-biznes-forumi-05.04.2012-21389