Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə407/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 455 - 
4.2.1-rasm. Vengriya sanoatining yillar bo’yicha 
o’zgarishi 
(2008-2018 yil birinchi choragi)
283
 
Vengriyada sanoat ishlab chiqarish o'tgan yilning shu davriga nisbatan 0,5 
foizga pasayib, 2017 yil yanvariga kelib 6,9 foizga o'sdi. Istiqbolda kutilgan 
miqdordan 5,45 foizga o'sdi. Ishlab chiqarish asosan oziq-ovqat, metallurgiya va 
metallni qayta ishlash sohalarida o'sdi. Dekabr oyida sanoat ishlab chiqarishi 1,1 
foizga o'sib. Vengriyada sanoat ishlab chiqarish 1991 yildan 2018 yilgacha bo'lgan 
davrda oralig‘ida 4.71 foizni tashkil etgan bo‘sa 2000 yil may oyida bu ko‘rsatkich 
23.50 foizga yuqori bo'gan edi. 2009 yil fevral oyida esa sanoatda yillik o‘sish -
28.99 foizni tashkil etgan edi. 
Avtomobilsozlik 
Vengriya avtomobil sanoati yaxshi rivojlangan bo‘lib, mamlakatda General 
Motors(Szentgottharrd), Magyar Suzuki (Esztergom), Mercedes-Benz (Kecskemet) 
va Markaziy Yevropadagi Audi (Gyur) zavodlari mavjud. Vengriya eksportining 17 
foizi Audi, Opel va Suzuki kompanilari hissasiga to‘g‘ri keladi. Sektorda 350 dan 
ortiq avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarda 90 mingga yaqin kishi ishlaydi. 
Audi Vengriyaning eng yirik eksportchisi bo'lib, jami sarmoyalari 2016 yilgacha 3,3 
mlrd. yevrodan oshgan. Audi zavodida Audi TT, Audi TT Roadster va Vengriya 
A3 kabriolet kabi avtomashinalar yig'iladi. Zavod Volkswagen, Skoda, Seat va 
Lamborghini avtomobillariga motor yetkazib beradi. Daimler-Benz, yiliga 100 ming 
Mercedes-Benz ixcham avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan 
283
 https://tradingeconomics.com/hyngary/industrial -production 


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 456 - 
Kecskemet (Vengriya)da yangi yig'ish zavodida 800 million yevro (1,2 milliard 
dollar) sarmoya kiritdi. 1992 yil mart oyidan boshlab 2017 yilgacha Vengriyaning 
Szentgotostr shahrida 120 ming Astra va 4000 Vectra avtomobil ishlab chiqargan. 
Bugungi kunda zavodda yiliga taxminan yarim million dvigatel va silindrli motor 
ishlab chiqarilmoqda. 

Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin