XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 508 -
Mamlakatda mintaqaviy o'zgarishlar, yoshlar orasidagi
ishsizlik darajasi
yuqoriligicha qolmoqda. Aholining muayyan guruhlari orasida harakatsizlik davom
etmoqda va ko'plab odamlar iqtisodiy imkoniyatlari chegaralangan qatlam masalan,
qariyalar, qishloq joylarida yashaydigan odamlar imkonsiz qolmoqdalar. 2016
yilning kuz oylarining oxirida ishsizlik darajasi 7 foizni tashkil etgan. 2016
yilda
hukumat eng kam ish haqini oyiga 215 evroga oshirdi. 2016 yil oxirida oylik
o'rtacha oylik ish haqi taxminan 480 yevroni tashkil qilgan bo‘lsa mamlakatda 2017
yil mart oyida o'rtacha oylik ish haqi 1,036 lira (530 evro) darajasiga yetgan.
Bolgariya Fanlar akademiyasining Iqtisodiy tadqiqotlar institutining so'nggi
yillik hisobotiga ko'ra, Bolgariyada o'rtacha ish haqi faqatgina Yevropa Ittifoqidagi
o'rtacha maoshning chorak qismi (1/4) va ishchi unumdorligi
formulada hisoblab
chiqiladi. Bolgariyadagi ishsizlik darajasi 2017 yil dekabr oyida 6.2 foizdan 7,07
foizgacha ko'tarildi. Bolgariyadagi ishsizlik darajasi 1991 yildan 2018 yilgacha
o'rtacha 11,74 foizni tashkil etib 2001 yil fevral oyiga nisbatan 19,27 foizni tashkil
etgan.
Dostları ilə paylaş: