Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə507/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   503   504   505   506   507   508   509   510   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

4.7.6. Xizmatlar sohasi 
Xizmat ko'rsatish sohasi mehnat resurslarining yarmidan ko'pini ish bilan 
ta'minlaydi. Xodimlarining asosiy qismi chakana savdoda faoliyat yuritadi. 
Mamlakatda chakana savdo bozori uzoq vaqtdan buyon kichik do'konlar hissasiga 
to‘g‘ri kelsada, yangi qurilgan zamonaviy xarid qilish markazlari 2000 yildan beri 
avborot texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda kengayib bormoqda.
Xorvatiyada xizmatlarning yalpi ichki mahsuloti 2017 yilning to'rtinchi 
choragida 14,359 million HRKga kamaydi. 2017 yilning uchinchi choragida 21,971 
million HRKni tashkil etdi. Xorvatiya xizmatlaridan YaIM 2000-yildan 2017-
yilgacha o'rtacha 13951 million HRKni, 2017 yilning uchinchi choragida esa 21971 
million HRKni tashkil etdi. 2000 yilning birinchi choragida rekord darajada past 
ko‘rsatkich qayd etib 7,653 million HRKni tashkil etgan. 
 
 


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 566 - 
Moliya
Bank sektori 1990 yillar oxiridan boshlab makroiqtisodiy barqarolikni 
ta‘minlash maqsadida monetary siyosat takomillashtirish bilan mustahkamlandi. 
Sektorga ayni paytda xususiy va chet el kapitallar jalb qilingan bo‘lib, Italya, 
Avstriya va Nemis banklari yetakchilik qilmoqda. Xorvatiya banklari axborot va 
kommunikatsion texnologiyalar sohasiga katta miqdorda sarmoya kiritgan. Shuning 
uchun Internet, telefon va mobil banklar xizmati keng qamrovli xizmat ko‘rsatadi. 
Plastik kartochkalar bo'yicha valyuta operatsiyalar shaharlarda odatiy hol 
hisoblanadi. Mamlakatda xalqaro hamjamiyat bilan aloqalar samarali yo‘lga 
qo‘yilgan bo‘lib keng ko‘lamli valyuta kreditlari milliy iqtisodiyotning yetakchi 
sohalariga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy hayot tizimi yangi darajaga ko‘tarilib ishsizlik 
nafaqa badallari keng miqiyosda ajratidi. Moliyaviy sektorda muntazam 
islohotlarni amalga oshirish natijasida narx barqarorligiga erishish, investitsion 
jozibadorlikka va erkin faol tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi. Xorvatiya Milliy 
banki barcha operatsiyalarning muvofiqligini ta‘minlaydigan davlat tashkilotidir. 
So'nggi moliyaviy muvofiqlashtirishga qaramay, soliq qarzlari va risklar 
yuqoriligicha qolmoqda. 2017 yilda davlat sektorida ish haqining miqdori 6 foizga, 
2016 yil oxirida kichik soliq islohoti amalga oshiriladi. Ijtimoiy sohada 
kechiktirilgan islohotlar va faxriylarga ajratiladiga imtiyozlar kengaytirilishi 
ijtimoiy tarmoqlarga sarf-xarajatlarni kamaytirdi. Qarzni qayta moliyalashtirishga 
bo'lgan talablar YaIMning 11 foizida yoki kelgusi uch yil davomida umumiy 
daromadlarning 27 foizidan yuqori bo'lib, qat‘iy moliyaviy siyosatini talab etmoqda.

Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   503   504   505   506   507   508   509   510   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin