- 702 - 5.2.2-jadval Ukraina tashqi savdosi tovarlar tarkibi va yo’nalishlari (2017 y.) Eksport Import Eksport (USD) $44,9mlrd (2017)
Import (USD) $44,5mlrd (2017)
Tovarlar bo’yicha eksport tarkibi rangli metallar va rangli
metallar, yoqilg'i va neft
mahsulotlari, kimyo,
mashinasozlik va transport
uskunalari, oziq-ovqat
Tovarlar bo’yicha import tarkibi energiya (asosan tabiiy
gaz), mashina va uskunalar,
kimyoviy moddalar
Asosiy hamkorlar Rossiya (9.9%)
Misr (6,2%)
Polsha (6.1%)
Turkiya (5.7%)
Italiya (5.3%)
Hindiston (5.2%)
Asosiy hamkorlar Rossiya (13.1%)
Xitoy (12%)
Germaniya (11%)
Belarusiya (7.1%)
Polsha (6.9%)
Manba: countrymeters.info/ru, ciaworldfactbook , focus-economics.com rasmiy ma’lumotlari asosida mualliflar ishlanmalari. 2014 yilda Ukraina Rossiyadan 23,3 foiz miqdorida mahsulot import qildi.
2017 yilda Ukrainaning Rossiyaga eksport qilish hajmi 9.9 foizni tashkil etdi. 2017
yilda Ukraina eksportining 40 foizi Yevropa Ittifoqiga, 15 foizi esa MDH
mamlakatlariga to'g'ri keldi. Umuman, Ukraina 2017 yilda o'z eksportini 20 foizga
oshirdi. Importning o'sishi eksport o'sish sur'atlaridan tezroq bo'ldi.
Ukraina eksporti yanvarda 3,724 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. 2017yil
dekabrda esa, 3,780 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. 2001-yildan 2018-yilgacha
Ukrainada eksport 3,697 mlrd. AQSh dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2008 yilning
iyul oyiga kelib, 7,616 mlrd. AQSh dollarni tashkil etgan. 2002 yil yanvar oyida esa
, eng past ko‘rsatkich bilan 1,215 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.
Ukraina importi yanvar oyida 4,0 mlrd.AQSh dollarini tashkil etib, 2017 yil
dekabr oyida esa 4,90 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Ukrainada import 2001
yildan 2018 yil oralig‘ida o'rtacha 4,20 mlrd. AQSh dollarni tashkil qilgan. 2008 yil
iyul oyida esa bu ko‘rsatkich 8,82 mlrd. AQSh dollarni tashkil etdi. 2002 yil yanvar
oyida eng past rekord darajada qayd etilib, 1,02 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.