XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 886 - 2017 yilning to'rtinchi choragida Avstraliyaning qishloq xo'jaligi YaIM
tarkibida 10,793 mlrd. AUDni tashkil qildi. (2017 yilning uchinchi choragida
11,195 mlrd. AUDga teng bo'lgan). Avstraliyadagi qishloq xo'jaligi yalpi mahsulot
dagi hajmi 1974 yildan 2017 yilg oralig‘ida o'rtacha 7,27 mlrd. AUD ni tashkil etib,
2017 yilning birinchi choragida esa, 12,183 mlrd. AUDni va 1983 yilning ikkinchi
choragiga kelib, eng past rekord darajada bo'lgan 3,635 mlrd. AUDni tashkil etdi.
O’rmonchilik XXI asrning boshlarida rasmiy ma‘lumotlarga ko'ra, Avstraliya hududining
beshdan bir qismi tabiiy o'rmonlar bo'lib, ularning qariyb uchdan bir qismi
xususiylashtirilgan. Mahalliy o'rmonlarning ko'pchiligi yog'och ishlab chiqarish
uchun ixtisoslashmagan. Jamoat joylarining ko'pchiligi milliy bog'lar va boshqa
diqqatga sazovor ko‘ngil ochar maskanlaruchun ajratilgan. Umumiy o‘rmonlarning
beshdan bir qismi yog'ochsozlik sanoati uchun mo‘ljallanagan. Asosiy tijorat
maqsadidagi o'rmonlar okean qirg'oqlarida shuningdek, Tasmanya qirg'oqlari
bo'ylab janubi-sharqiy materik va g'arbiy sohillarada yomg'irli hududlarda
joylashgan. Daraxtning asosiy turlari - evkalipt bo'lib, ular mustahkam kuch va
chidamlili yog'och hisoblangan turli xil tropik daraxtlaridir. Ikkinchi jahon
urushidan keyin bir nechta hudud yog'och xom ashyosi uchun jadal rivojlantirildi.
O‘rmon mahsulotlari qisman Yaponiyaga ham eksport qilingan. Ushbu faoliyatlarga
1970-1980 yillardagi siyosiy masalalarda o'z ta'sirini kuchaytirgan atrof-muhitni
himoya qilish harakati bilan qarshilik ko'rsatildi
582
.
Baliqchilik Avstraliyaning keng dengiz ekotizimi qit'aning qirg‘oq bo‘yi issiq suvlarida
uchraydi; xalqaro oziq-ovqat standartlari bo'yicha ularning mahsuldorligi past
hisoblanadi. 2016 yilda 200 metr masofa (370 km) avstraliyalik baliq ovlash zonasi
xorijiy sayyohlar uchun dam olish maskanli sifatida e'lon qilindi. Osiyo va janubiy
yevropalik immigrantlar oqimi mahalliy baliqchilik bozorni kengaytirganligi
natijasida dengiz va chuchuk suvlarining beshdan bir qismida tijorat maqsadida
foydalanilgan. Eng qimmatbaho eksport (asosan Yaponiya va boshqa Sharqiy Osiyo
582
https://www.britannica.com/place/australia/Agriculture-forestry-and-fishing