#1 TEXNIKA
Nima uchun barcha maqsadlaringizga
erishishingiz kerak?
( Yohud Muvaffaqiyat uchun birinchi eng katta qadam! )
Qadrli Do’stim.
Bu elektron kitobni o’qish haqidagi qaroringiz hayotingiz davomida qilgan eng
aqlli qaror bo’lishi mumkin.
Siz o’rganadigan ushbu bilimlar juda ham muhim. Bu bilimlarni ba’zilarini
pullik kurslardan ham topa olmaysiz.
Bu
kitob shunchalik foydaliki, siz buni tasavvur ham qila olmaysiz.
Men ushbu kitobdagi bilimlarni hech qayerdan ko’chirmadim, bironta
kitobdan
tarjima qilib, ma’lumotlarni yig’ib ham qo’ymadi.
Balki, barchasini o’zim o’rgangan bilimlar orqali qilgan natijalarimdan kelib
chiqib yozdim. Bu usullarni boshqalarga o’rgatishim bilanoq, ular menga har
kuni
tinimsiz rahmat aytib, duo qilishadi.
Sababi oddiy, ular o’zgarishdi. Ular o’z hayotini o’z qo’liga olishdi. Barcha
mas’uliyatni bo’yniga olishdi. Hayotini o’zgartira
oladigan yagona inson,
o’zlari ekanini tushunib yetishdi…
Bilasizmi? Bu usuldan keyingi natijalar meni juda quvontirdi. *Hech narsa
qo’limdan
kelmaydi
degan
insonlar,
hozir
ota-onalarini
xayron
qoldirishmoqda. Yaqinlari u bilan faxrlanyapti.
Endi esa navbat sizga? O’zgarmoqchimisiz? 3 oy, 6 oy, 12 oyda hayotingizda
yetti uxlab, tushingizga ham kirmagan natijalarga erishishni istaysizmi?
Yoki hozirgi hayotingizda qolib, umringizni oxirigacha o’rtacha
insonlar
safida yashamoqchisiz?
Lekin, Men Sizni bunday yashab ketishingizni istamayman. Siz boshqachasiz.
Buni tushuning va ongli ravishda hayotingiz rolini o’z qo’lingizga oling.
Siz muvaffaqiyatli inson bo’lishni, hayotda har doim g’olib bo’lishni
istasangiz…
Ular Sizdek bo’lgan vaqtida qanday harakat qilganini va nimalar haqida
o’ylaganini tushunishingiz suv va havodek kerak.
Buni uchun o’zingizga savol bering:
Nima uchun muvaffaqiyatli bo’lishingiz kerak?
Nima uchun natijalarga
erishishingiz kerak? Nega? Nima uchun?
Har kuni bu savolni o’zingizga bering. Har kuni bu haqida o’ylang. Tafakkur
qiling.
Qanchalik bu savolga javob topa olsangiz,
shunchalik bu fikrlar
harakatingizga ta’sir qiladi.
Harakatlaringiz - Odatlaringizga…
Odatlaringiz - Natijalaringizga…
Natijalaringiz esa Kelajagingizga ta’sir qiladi.