Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1026
w www.oriens.uz May 2021 tizimli qarash, elektron ta’limning faol usullari, vebinarlar o’tkazishga uslubiy
ko’rsatmalar.
6. Elektron ta’limda multimediyani qo’llash. Bunda elektron ta’limni tashkil
etishning muhim jihatlari sifatida multimediyaning qo’llanish sohalari ko’rib
chiqiladi.
Umuman olganda, elektron ta’lim metodikasi elektron ta’limning masofali
kurslari o’quv dasturlariga muvofiq holda tizimli yondashgan holda yaratilishi,
innovasion ta’lim texnologiyalarini qo’llagan holda zamonaviy bilimlar va
qarashlarga ega bo’lishi, talabalar tomonidan o’rganilayotgan nazariy va amaliy
bilimlarning izchil, tizimli, uzluksizsizligi ta’minlanishi, har bir pedagogik jarayonda
bo’lgani kabi elektron ta’lim jarayonida ham kuzatish-nazorat-baholash usuli asosida
talabalar bilimi va o’zlashtirishi muntazam nazorat qilinishi va baholanishi, masofali
kursning sifati va samaradorligi, kurs o’qituvchisining bilim va mahorati muntazam
tekshirilishi, anketa-so’rovlar natijasida uning pedagogik faoliyati baholanishi orqali
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
XULOSA Yuqoridagilar asosida shuni aytish mumkin-ki, elektron ta’lim metodikasi
elektron ta’limni asosini tashkil etuvchi masalalar, uning pedagogik asoslari, elektron
ta’lim sohasini tashkil etishda o’qituvchilar faoliyati va kasbiy tayyorgarligi, elektron
ta’limni tashkillashtirishning shakllari va elektron ta’lim sohasida multimediya
texnologiyalarini qo’llash asosida ta’lim jarayoniga kirib keldi. Hozirgi paedemiya
sharoitida elektron ta’lim oliy ta’lim muassasalari tomonidan keng ko’lamda
qo’llanilib, bu soha rivojlanishi tez sur’atlarda davom etmoqda.