o’zining to’g’ri va faolligi bilan ajralib turadi.
Qur’oni Karimdagi iqtisodiy ko’rsatmalar.
Qur’oni Karim-dagi
asosiy g’oyalardan biri musulmonlarning qardoshligi bo’lib, arab
qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar. Unda dehqon, hunarmandlar
mehnati, umuman halol mehnat ulug’lanadi, barcha boylik shu asosda
paydo bo’lishi uqtiriladi. Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat
beriladi, sudxo’rlik (sudxo’rlik foizi) qoralanadi, xususiy mulkning
muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilish katta
gunoh deb ko’rsatiladi. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan
deb tan olinadi, ammo halollik va to’g’rilikka buyuriladi va yolg’on
ishlatish, o’g’rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Qur’oni
Karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash, etim-esirlarga
muruvvat, xayr-ehson qilish, o’zaro yordam berish haqidagi g’oyalar
hamda soliq turlari va miqdori to’g’risidagi tushunchalar katta ahamiyat
kasb etadi. Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash,
ayniqsa, dehqonchilik, qo’ychivonlik bilan shug’ullanish, mehnat qilish
zarurligi marhamat qilingan.
Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash,
«Englar, ichinglar,
hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar»
degan ko’rsat-malar asosida
olib boriladi (bu hozirgi davrda eng asosiy muammolardan biri
hisoblanadi),
«Daryo bo’yida tahorat qilsan-giz ham suvni isrof
qilmanglar»
kabi qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va
ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir.
Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari.
Iqtisodiy fikrlar-ning
rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xoldunning (1332-1405) hissasi
benihoya katta. U Tunisda zodagonlar oilasida tug’ilgan. Uning asosiy
asari
Dostları ilə paylaş: