O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E


- mavzu. Klassik iqtisodiy maktabning



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

5 - mavzu. Klassik iqtisodiy maktabning
rivojlanishi 
«Davlatni badaviylikning eng quyi 
bosqichidan farovonlikning eng yuqori 
bosqichiga ko’tarish uchun faqatgina 
tinchlik, engil soliqlar va boshqaruvdagi 
sovuqqonlik kerak, qolganlarning barchasi 
tabiiy harakat tufayli bo’ladi».
(A.Smit) 
R E J A: 
1. A.Smit: «Odamlar boyligi ...» asari va uning tuzilishi. 
2. A.Smitning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyalari: 
a) boylikni ko’paytirish omillari: mehnat taqsimoti, pul, 
kapital; 
b) iqtisodiy erkinlik printsipi; 
v) “ko’rinmas qo’l”; 
g) qiymat va bahoning shakllanishi; 
d) sinflar va daromadlar. 
3. D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti. 
4. J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti. 
5. T.Maltusning iqtisodiy qarashlari. 
6. T.Maltus va hozirgi zamon. 
1. A.Smit: «Odamlar boyligi…» asari va uning tuzilishi 
Buyuk ingliz iqtisodchisi 
Adam Smitning «Odamlar boy-
ligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» 
asari zamonaviy 
iqtisod fanining boshlanishi hisoblanadi. A.Smit o’z davridagi iqtisodiy 
bilim va kontseptsiyalarini umumlashtirdi va tizimlashtirdi. U xo’jalik 
hayotining asosiy sohalarini tavsif-lab beruvchi bir butun nazariya 
yaratdi. 
Adam Smit (1723-1790)
– Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida 
bojxona amaldori oilasida dunyoga keldi. U Glazgo va Oksford 
universitetlarida ta’lim oldi, bu erda adabiyot, tarix, falsafa fanlari bilan 
birga fizika, matematikani ham o’rgandi. A.Smit 1748 yilda Edinburgda 
ommaviy lektsiyalar o’qiy boshladi, 1751 yilda Glazgo universitetining 
professori etib tayinlandi. Keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini 
boshqardi. A.Smit 1759 yilda o’qigan lektsiyalari asosida etikaning 
63


falsafiy muam-molariga bag’ishlangan o’zining birinchi «Axloqiy 
hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi.
1764 yili A.Smit hayotida keskin o’zgarish bo’ldi: u kafed-rani 
tark etdi va o’sha davrda ko’zga ko’ringan siyosiy arbob – gertsog 
Baklning o’g’li yosh lordning xorijga qiladigan sayohatida unga 
hamrohlik qilish to’g’risidagi taklifini qabul qildi. Bu sayohat-dan 
A.Smit katta moddiy manfaatdorlik ko’rar edi, ya’ni umrining 
oxirigacha unga har oyda 800 funt sterling kafolatlangan edi. Bu uning 
professorlik gonoraridan ancha ko’p bo’lgan. Sayohat chog’ida u 
Shvetsariyada Valter, Frantsiyada fiziokratlar F.Kene, A.Tyurgo, 
D.Alamber va boshqa atoqli olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari 
bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar A.Smitning dunyoqarashini 
shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 
1766 yilda u o’z yurtiga qaytib keldi va «Odamlar boyli-gining 
tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» nomli asosiy asarini yozishga 
kirishdi. Bu asar 1776 yil martda chop etildi. Asarda insoniyat 
tomonidan oldin yaratilgan iqtisodiy bilimlar umumlashtirildi va 
umumiy nazariy tamoyil asosida iqtisodiy fan tizimiga aylandi. 
A.Smitning bu asari besh qismdan (kitobdan) iborat bo’lib, birinchi 
qismida qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, 
ikkinchisida – kapital jamg’arilishi va uning funktsional shakllari, 
uchinchisida – kapitalizm rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlari 
ko’rsatib berildi, to’rtinchisida – merkantilizm va fiziokratlar ta’limotiga 
bo’lgan o’zining munosabatlari aks etildi, beshinchi qismida davlat 
moliyasi savollari ko’rib chiqildi. Bu asar A.Smit hayot paytidayoq to’rt 
marta, uning o’limi-dan keyin asr oxirigacha yana uch marta qayta nashr 
etildi. U nafa-qat Angliyada, balki chet ellarda ham zo’r qiziqish 
uyg’otdi. A.Smit-ning bu buyuk asari dunyodagi barcha keyingi 
iqtisodiy ta’limot-larining rivojlanishiga va ko’pchilik davlatlarning 
iqtisodiy siyosatiga o’zining katta ta’sirini ko’rsatdi. 
A.Smit asarining nazariy qismining asosiy g’oyalarini ko’rib 
chiqamiz. 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin