O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

 
v) “ko’rinmas qo’l” 
 
Bozor iqtisodiyoti bir markazdan turib boshqarilmaydi. Shunday 
bo’lsa-da, u muayyan tartib va qoidaga amal qiladi. Xo’jalik 
faoliyatining har bir ishtirokchisi o’z maqsadini ko’z-lagan holda ish 
yuritadi. Biroq bunday sharoitda alohida kishi-larning manfaatlari 
qanday uyg’unlashadi, barcha jamiyat manfa-atlari qanday yuzaga 
chiqadi? Birinchi bo’lib bu muammoni ilmiy darajaga ko’targan A.Smit 
bo’ldi. U shunday yozadi: «Har bir kishi o’z kapitalini ko’proq qiymat 
keltiradigan qilib ishlatishga harakat qiladi. Odatda, u jamiyat foydasiga 
ta’sir ko’rsatishni nazarda tutmaydi va unga ancha ta’sir 
68


ko’rsatayotganini sezmaydi. U faqat o’z manfaatini nazarda tutadi, faqat 
o’z foydasini ko’zlaydi. Shunday bo’lsa-da, bunday maqsad uning 
rejasiga kirmagan bo’lsa ham, ushbu sharoitda
ko’rinmas qo’l
uni 
maqsad sari yo’naltiradi. O’z manfaatlarini ko’zlagan holda, jamiyat 
manfaatlariga ataylab unga xizmat qilgandan ko’ra tez-tez xizmat qilib 
turadi». 
Gap shundaki, o’z manfaati yo’lida xizmat qilayotgan har bir odam 
pirovard natijada ijtimoiy mahsulotning ko’payishiga, jamiyat 
boyligining oshishiga yordam beradi. Shaxsiy manfaatga intilish ishlab 
chiqarishning rivojlanishiga, taraqqiyotga olib keladi. Har bir kishi 
o’zini o’ylab ish yuritadi, bundan butun jamiyat yutadi. 
A.Smit aytib o’tgan «ko’rinmas qo’l» bozor mexanizmidir. U 
odamlarni o’z istak va xohishlariga bog’liq bo’lmagan holda maqsad 
sari yo’naltirib turadi. Masalan, agar qandaydir bir mahsulotga, aytaylik, 
nonga bo’lgan talab oshsa, novvoylar uning narxini oshiradilar. Ularning 
daromadlari oshadi. Kapital bir tarmoq-dan ikkinchi tarmoqqa oqib o’tib 
turadi, ayni chog’da, u non yopish sanoatiga oqib o’ta boshlaydi. 
Natijada, non ishlab chiqarish ko’payadi va narx yana pasaya boshlaydi. 
Bu erda A.Smit shaxsiy manfaatni raqobat va xo’jalik mexanizmining 
ichki harakatlan-tiruvchi kuchi sifatida ko’rsatib bergan. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha 
turli mehnat egalari o’rtasida raqobat kurashi amal qilib turadi. Bunda 
shaxsiy manfaat, o’z foydasini ko’zlab ish yuritish bir vaqtning o’zida 
jamiyatga foyda keltiradi, umumiy boylikka erishishni ta’minlaydi. 
Demak, bozor iqtisodiyotida “ko’rinmas qo’l” amal qiladi. 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin