g) qiymat va bahoning shakllanishi
A.Smit «sarfli» qiymat nazariyasiga asos soldi. U tovarning
foydaliligi (iste’mol qiymati) bilan almashuv qiymatini bir- biriga qarshi
qo’ydi va almashuv qiymatining shakllanishini tah-lil qilishda
foydalilikni inkor etdi. Keyinchalik, bu nazariya-dan ikki qarama-qarshi
yo’nalish hisoblangan – iqtisodiy libera-lizm va sotsializm vakillari
o’zlarining tamoyillarini asos-lash uchun foydalandilar.
A.Smit
bozor
bahosining beqarorligini talab va taklifdagi doimiy
o’zgarishlarning natijasi ekanligini ko’rsatib o’tadi. Lekin boylikning
«haqiqiy» qimmati doimo o’zgarib turishi mum-kin emas. Shuning
uchun A.Smit o’z oldiga tovarning «real», «tabi-iy» bahosini, ya’ni
uning qiymatini topish vazifasini qo’ydi. Bunda u bir vaqtning o’zida
ikki har xil kontseptsiyadan foyda-landi. Birinchisi – tovarning qiymati
69
faqat unga sarflangan mehnat bilan aniqlanadi: qancha ko’p mehnat
sarflansa, tovar shuncha qimmat bo’ladi (bu kontseptsiya D.Rikardo va
K.Marks iqtiso-diy ta’limotlarining asosini tashkil etadi). Ammo ushbu
qoida, A.Smitning fikricha, faqat jamiyat taraqqiyotining dastlabki
bosqichlarida, «qoloq jamiyatlarda» qo’llaniladi. Lekin tsiviliza-
tsiyalashgan jamiyatda tovar qiymatini aniqlashda kapital va er ham
hisobga olinadi. Ikkinchi kontseptsiya ana shunday paydo bo’la-di,
unga binoan tovar qiymatini yaratishda barcha ishlab chiqarish omillari
(mehnat, kapital, er) qatnashadi. Shunga muvofiq, tovar qiymati mehnat
sarflaridan, foyda va er rentasidan tashkil topadi, ya’ni ishlab chiqarish
xarajatlari bilan aniqlanadi.
A.Smit o’z qarashlarida bu ikkala kontseptsiyadan foydalandi
(1-rasm).
Ishlab chiqarish
Taqsimot
Ishlab chiqarish
Капитал
Меҳнат
Ер
Қиймат
Фойда
Иш
ҳақи
Рента
Фойда
Иш
ҳақи
Рента
Қиймат
Меҳнат
1-rasm. Qiymatning (va bahoning) tashkil topishi to’g’risi-dagi
A.Smitning ikki kontseptsiyasi.
Ushbu rasmda A.Smitning birinchi kontseptsiyasi «mehnat» so’zi
yozilgan yaxlit strelka ko’rinishida aks ettirilgan. Bu qiymatni
70
yaratishda mehnat yagona manba ekanligini ko’rsatdi. Mehnat bilan
yaratilgan daromad taqsimlanish jarayonida ish haqi, foyda va rentaga
bo’linadi. A.Smitning ikkinchi kontseptsiyasining asl ma’nosi «Kapital»
va «Er» so’zlari yozilgan nuqtali chiziq (punktirli) strelka yordamida
ifodalangan. Bu kontseptsiya mahsu-lot va daromadlarni yaratishda
mehnat bilan birga kapital va erning ham ishtirok etishini bildiradi. Ular
endi qiymatning shakllanishida ishtirok etuvchi omil sifatida bo’ladi.
Mehnat ish haqi ko’rinishida daromad yaratadi, kapital foyda
ko’rinishida daromad yaratadi, er renta ko’rinishida daromad yaratadi.
A.Smitning ikkinchi kontseptsiyasi oddiy tovar ishlab chiqa-rishni
(«qoloq jamiyatni») tahlil qilishdan kapitalistik tovar ishlab chiqarishni
tadqiq qilishga o’tish bilan bog’liq. Aynan kapitalistik tovar ishlab
chiqarishda jonli mehnat qiymatning yagona manbai bo’la olmaydi.
“Oldin mehnat vositalari ishlab chiqaruvchiga qarashli bo’lgan. Kapital
jamg’arilishi va erning xususiy mulkka aylanishidan oldingi jamiyatda,
–deb yozadi A.Smit, – mehnat miqdorlari o’rtasidagi nisbat
mahsulotlarni ayirboshlashning yagona asosi bo’lib kelgan. Barcha
mehnat mahsuli ishlab chiqaruvchiga qarashli bo’ladi va sarflangan
mehnatning miqdori bahoning yagona o’lchovi hisoblanadi”.
Keyinchalik, kapital jamg’arilib borgan sari vaziyat o’zgarib
boradi. Tovarning qiymati ikki qismga bo’linadi: bir qismi ish haqiga,
ikkinchi qismi kapital foydasiga. Kapital egasi yollanma mehnatni
ishlatadi. Bunda yaratilgan barcha mahsulot ishlab chiqaruvchiga
qarashli bo’lmaydi. Uning bir qismi kapital egasiga tegishli bo’ladi.
Bunday sharoitda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan
mehnat miqdori tovarning qiymatini aniqlashda birdan-bir manba bo’la
olmaydi.
A.Cmitning
fikri
bo’yicha, «tabiiy baho» (qiymat) - bu shunday
bahoki, uning tarkibiy qismlari mehnat, kapital va er uchun to’lanadigan
tabiiy me’yorlarga taxminan mos keladi. Bu tabiiy me’yorlar
mintaqalar bo’yicha farq qiladi va ular hayot darajasiga, geografik va
tabiiy sharoitlarga, o’rtacha xarajatlar darajasiga va boshqalarga qarab
o’rnatiladi. Mazkur qoida F.Akvinskiyning «Odil narx»
kontseptsiyasiga o’xshab ketadi. Ikki yondashuvning farqi shundaki,
F.Akvinskiyda «odil narx» odamlar tomonidan ongli ravishda
o’rnatiladi, A.Smit bo’yicha esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi –
ob’ektiv bozor qonunlarining amal qilish natijasidir.
Bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor
holatiga qarab undan yuqori yoki past bo’lishi mumkin. Ushbu tebranish
71
tufayli taklif talabga moslashadi. Agar talab taklif-dan kam bo’lsa, bozor
bahosi xarajatlardan past bo’lgan bo’ladi va tadbirkorlar ishlab
chiqarishni qisqartiradi. Aksincha, talabning ortishi bahoning oshishi va
taklifning ko’payishini rag’batlan-tiradi. Natijada, bozor bahosi «tabiiy
baho» darajasiga intila-di. Albatta, axborotning etishmasligi, tabiiy va
sun’iy monopo-liyalarning mavjudligi bilan bog’liq holatlar bundan
istisno.
Dostları ilə paylaş: |