O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

d) sinflar va daromadlar 
 
A.Smit 
qarashlarida 
jamiyat 
uch sinfga ajratib ko’rsatiladi:
 er 
egalari, tadbirkorlar, yollanma ishchilar

– er egalari qo’lida asosiy ishlab chiqarish vositasi er bo’ladi. Ular 
ijaraga bergan eri uchun ijara to’lovlari sifatida ushbu erdan olingan 
daromadning bir qismini renta ko’rinishida oladi; 
– tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarining ikkinchi bir turiga 
(imorat-inshootlar, asbob-uskunalar, fermalar, xom ashyo zaxiralariga) 
egalik qiladi, ishchilarni yollaydi va daromad ko’rinishida foyda oladi; 
– yollanma ishchilar – eng ko’p, kambag’al sinf hisoblanadi, ular 
mulk egasi emas va ular mehnatini sotib, daromad ko’rinishida ish haqi 
oladi, 
A.Smit bo’yicha jamiyat uch sinfdan tashqari har xil guruh va 
qatlamlarni ham o’z ichiga oladi. Asosiy sinflar daromadlari birlamchi 
hisoblanishi bilan ajralib turadi. Boshqa guruhlar-ning daromadlari esa – 
ikkilamchi, ya’ni qayta taqsimlash nati-jasida shakllanadi. 
A.Smit daromadning har uchala asosiy shaklini alohida ko’rib 
chiqdi. 
 
Ish haqi nazariyasi.
Ishchining daromad sifatidagi ish haqi, A.Smit 
bo’yicha, mamlakatning milliy boyligi darajasiga bevo-sita bog’liq. 
A.Smitning ish haqi nazariyasining e’tiborga molik joyi shundan 
iboratki, u U.Petti, fiziokratlar va keyingi D.Rikardodan farqli ravishda 
mehnatga haq to’lash miqdori yashash minimumi darajasigacha 
pasayadi deb atalmish qonuniyatni inkor etgan. Buning ustiga, A.Smit 
mehnatga bo’lgan qiziqishni kuchay-tirish maqsadida ish haqini oshirish 
tarafdori bo’lgan. Uningcha, past ish haqidan ko’ra, yuqori ish haqi amal 
qilib turgan paytda faol faoliyat yurituvchi ishchilarni doimo topish, 
ishga jalb etish mumkin bo’ladi. 
Foyda nazariyasi.
A.Smit bo’yicha, tovar qiymatining bir qismi ish 
haqi sifatida ishchiga tegadi, qo’shimcha mehnat bilan yaratilgan 
72


qiymatning qolgan qismi tadbirkorning daromadi ko’rinishida uning 
foydasini tashkil etadi. A.Smit foydani tadbirkorlik tavakkalchiligi 
uchun, ishchiga yashash vositalarini avanslagani uchun tadbirkorga 
to’lanadigan haq deb hisobladi, undan keyinchalik tadbirkorlik 
daromadining adolatli ekanli-gini isbotlashda keng foydalanildi. Foyda 
miqdori, A.Smit bo’yicha, “kapital qiymati bilan aniqlanadi va 
foydaning ko’p yoki kam bo’lishi ushbu kapital miqdoriga bog’liq 
bo’ladi”. Foyda me’yorining pasayish moyilligi qayd qilib o’tiladi, 
bunday moyillik iqtisodiy rivojlanish bilan bog’lab tushuntiriladi, negaki 
ancha rivojlangan mamlakatlarda foyda me’yori hamisha past bo’ladi. 
Renta nazariyasi.
A.Smit nazariyasiga ko’ra, renta ishchining haq 
to’lanmagan mehnati bilan yaratiladi, uning mehnati mahsulot-ning bir 
qismi hisoblanadi. U rentada erga bo’lgan xususiy mulk-chilik 
monopoliyasi unsurlarini ko’rgan, lekin absolyut va dif-ferentsial renta 
tushunchalari ajratib ko’rsatib bermagan. Er uchastkalari ham 
unumdorligi, ham joylashishi bo’yicha farq qilishi, bu farqlarning 
ikkalasi ham turli tavsif va miqdordagi rentaning shakllanishiga sabab 
bo’lishi mumkinligi qayd qilib o’tilgan.

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin