Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti tuzilishi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti tuzilishi
(2016y. foizda) 
24.1-жадвал 
DAROMADLAR 
 
XARAJATLAR 
 
Darmomadlar jami
100,0 
Xarajatlar jami
100,0 
Bevosita soliqlar
24,0 
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlash xarajatlari
55,6 
Bilvosita soliqlar
51,5 
Iqtisodiyotga xarajatlar
10,6 
Resurs to‘lovlari va mulk 
 
Markazlashtirilgan 
investitsiyalarni 


380 
solig‘i
12,9 
moliyalashtirish xarajatlari
5,1 
Boshqa daromadlar
11,6 
Davlat hokimiyati organlarini saqlash 
xarajatlari
4,5 
YaIMga nisbatan
20,6 
Boshqa xarajatlar
21,0 
 
YaIMga nisbatan 
20,5 
Byudjet taqchilligi bu daromadlarning xarajatlarni qoplay olmasligi bo‘lib, 
byudjet kamomadini yuzaga keltiradi. U qo‘shimcha soliqlar kiritish, pul 
emissiyasidan foydalanish, zayomlar chiqarish va chet mamlakatlardan qarz olish 
orqali qoplanadi. 
Davlat byudjetining daromadlari xarajatlardan ortiqcha bajarilishini profitsit 
ko‘rsatkichi ifodalaydi. Profitsitga ega byudjet sog‘lom iqtisodiyotini ifodalaydi.
3.
 
Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari 
Soliq iqtisodiy tushuncha sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga 
jalb qilish shakli bo‘lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil 
qiladi. Soliq huquqiy va jismoniy shaxslar daromadlarining bir qismini ravishda 
byudjetga jalb qilish shaklidir. Soliq bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil amal 
qiladi va moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi bo‘lib, uni yig‘ish davlat 
tomonidan belgilangan tartib va qonunlar asosida amalga oshiriladi. Davlat 
tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari 
birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.
Hozirgi davrda davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining 
o‘sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi: 
1.
Aholi sonining o‘sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi 
o‘zgarmay qolgan taqdirda ham aholining o‘sgan qismini ijtimoiy ne‘matlar va 
xizmatlar bilan ta‘minlash qo‘shimcha mablag‘larni zarur qilib qo‘yadi.
2.
Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi kishilar turmush 
darajasining ortishi ijtimoiy soha hizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi.


381 
3.
Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o‘sishi va urbanizatsiyaning 
quchayishi atrof-muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko‘p 
miqdordagi moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish va iste‘mol qilish havo, suv va 
yerning ifloslanishi shaklidagi qo‘shimcha xarajatlarning o‘sishini keltirib 
chiqaradi.
4.
Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga 
xususan ijtimoiy sug‘urtani rivojlantirish, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, ijtimoiy 
ta‘minot, tekin meditsina yordamlari davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga 
dotatsiyalar, davlat uy-joy qurilishi kabilar kiradi.
5.
Milliy mudofaa, davlat xavfsizligining ta‘minlash xarajatlari hajmining 
o‘sishi. 
Iqtisodiyot sub‘ektlari faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi 
umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi: 

barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog‘liq bo‘lmagan holda 
soliq undirishning majburiyligi; 

soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati; 

samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo‘jalik yuritishning progressiv 
shakllari uchun soliq me‘yorlarining rag‘batlantiruvchi rolini ta‘minlash; 

soliq to‘lovi bo‘yicha barcha sub‘ektlar majburiyati ustidan moliyaviy 
nazorat. 
Olinadigan soliq summasining (R) soliq olinadigan daromad summasiga (D) 
nisbatining foizdagi ifodasi 
soliq stavkasi
(R`) deyiladi yoki: 
фоиз
D
R
R
100
`


Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.
1.
Naflilik tamoyili 

har xil sub‘ektlardan, ularning soliqlar hisobiga 
moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq 
undirilishi kerakligini bildiradi. 


382 
2.
To‘lovga layoqatlilik tamoyili 

soliq miqdori soliq to‘lovchining boyligi 
va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish 
daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilish zarur. 
3.
Adolatlilik tamoyili 

daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish 
darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan kishilar teng miqdorda soliq to‘lashi zarur. 
Soliq bo‘yicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va 
sharoitlar asosida o‘rnatiladi. Soliq imtiyozlarining amaliyotda quyidagi turlari 
keng tarqalgan: 

ob‘ektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash; 

soliq to‘lashdan alohida shaxs yoki ma‘lum guruhlarni (masalan,urush 
faxriylarini) ozod qilish; 

soliq darajasi (stavkasi) ni pasaytirish; 

soliq olinadigan summadan chegirish; 

soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma‘lum 
miqdorga kamaytirish) 
Soliqlarni turkumlashga har hil mezonlar asosida yondashiladi. 
I.
Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar 
odatda progressiv (o‘sib boruvchi), proportsional (mutanosib) va regressiv 
(kamayib boruvchi) soliqlarga bo‘linadi.

Agar soliqning o‘rtacha stavkasi daromadlar ortishi bilan o‘sib borsa, 
progressiv soliq hisoblanadi. 

Daromadlar o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar 
regressiv soliqlar deyiladi. 

Proportsional soliq o‘rtacha soliq stavkasi daromad hajmiga bog‘liq bo‘l-
magan holda o‘zgarishsiz qolishini taqozo qiladi.
II.
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra soliqlar quyidagi turlarga ajratiladi: 

Daromaddan olinadigan soliqlar. To‘lovchining yillik daromadidan 
chegiriladigan qismi; 


383 

Foydasidan olinadigan soliqlar huquqiy shaxslarning sof foydasidan 
olinadi; 

Ijtimoiy to‘lovlar - har xil byudjetdan tashqari fondlarga (ishsizlik, pensiya 
va h.k) yo‘naltiriladi, qisman ishlovchilar va korxonalar mablag‘lari hisobiga 
shakllantiriladi; 

Mol-mulk soliqlari. Mulkdan, merosdan va hadya qilingan mablag‘ hamda 
boyliklardan olinadi; 

Tovar va xizmatlarga soliqlar. Bunga boj to‘lovlari va aktsizlar, 
shuningdek qo‘shilgan qiymat soliqlari kiradi.
III.
Undirilishi usuliga ko‘ra bevosita va bilvosita soliqlar farqlanadi. 
Bevosita soliqlar iqtisodiy ne‘matlarni ishlab chiqarish jarayonida sub‘ektlar 
daromadlari hisobidan undirilsa, bilvosita soliq to‘lovchilar tovar va xizmatlardan 
foydalanuvchilar hisoblanadi, shu sababli bilvosita soliqlar tovarlar narxiga ustama 
sifatida yuzaga chiqadi. Bilvosita soliqlarga aktsizlar,boj to‘lovlari va qo‘shilgan 
qiymat solig‘i kabilar kiradi. 
IV.
Amal qilish ko‘lamiga ko‘ra yoki undirilish darajasidan kelib chiqib 
umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlar ajratiladi. O‘zbekiston Respublikasi 
soliq kodeksida belgilanganidek, (23-modda) mamlakat xududida umumdavlat 
soliqlar, majburiy to‘lovlar va yig‘inlar amal qiladi. Umumdavlat soliqlariga 
quyidagilar kiradi: 

Foyda solig‘i (huquqiy shaxslardan) 

Daromad solig‘i (jismoniy shaxslardan) 

Qo‘shilgan qiymat solig‘i 

Aktsizlar

Yer qa‘ridan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus 
to‘lovlar. 
Umumdavlat darajasidagi majburiy to‘lovlar quyidagilar: yagona ijtimoiy 
to‘lovlar, byudjetdan tashqari pensiya jamg‘arma yoki majburiy ajratmalar; respub-
lika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar; bojxona 
to‘lovlari. 


384 
Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish solig‘i; transport vositalariga yoqilg‘idan foydalangani uchun 
olinadigan soliq (jismoniy shaxslardan) mahalliy darajada ayrim turdagi tovarlar 
bilan chakana savdo qilish va xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im majburiy 
to‘lov hisoblanadi mahalliy soliqlar tarkibiga kiradi. 
V.
Soliq to‘lovchi subektlar turidan kelib chiqib jismoniy va huquqiy 
shaxslardan undiriladigan soliqlar farqlanadi. 
Soliqlarning to‘g‘ri to‘lanishini nazorat qilish soliq deklaratsiyasi 
yordamida amalga oshiriladi. Soliq deklaratsiyasi 

soliq to‘lovchining joriy 
davrda olgan umumiy daromadi haqidagi rasmiy tasdiqlangan yozma bayonoti. 
Unda soliq to‘lovchining olgan daromad manbalari ko‘rsatilib qayd qilinadi va 
beriladigan soliq imtiyozlari haqida ham ma‘lumot beriladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin