Tayanch tushunchalar Eksport – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni
mamlakatga kiritish.
Reeksport – qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan
tovarlarni o‘z iste‘moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun
sotib olishi.
Reimport – iste‘molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo
bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi –bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida
ifodalangan narxi.
To’lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va
davlat) va chet elliklar o‘rtasida ma‘lum vaqt oralig‘ida (odatda bir yilda) amalga
oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayriboshlanishi, ya‘ni tovarlar,
ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat
rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlar.
Muhokama uchun savollar 1.
Ichki va tashqi savdoning o‘xshashliklari nimadan iborat? Ularning farqi-
chi? Xalqaro savdo qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
2.
Nima uchun xalqaro savdoda sun‘iy to‘siqlar mavjud bo‘ladi? Ularning
tavsifini bering.
3.
Proteksionistik siyosatning ijobiy va salbiy tomonlari qanday? Ularni
taqqoslang.
493
4.
Xalqaro savdoda iqtisodiy integratsiyaning ahamiyati qandayligi va unda
O‘zbekistonning ishtirok etishi imkoniyatlarini aniqlang.
5.
Xalqaro valyuta tizimini tushuntiring. Har bir tizim qanday ustunlik va
kamchiliklarga ega?
6.
Davlat valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun qanday usullardan
foydalanadi? Chet el valyutalariga talab va taklifga qanday omillar ta‘sir
ko‘rsatadi?