123
takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini mislsiz kengaytiradi hamda
aktsiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib
keladi. Tug‘ilish darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi va maktabga bo‘lgan
talabni kamaytiradi.
3.
Iste‘molchi daromadi o‘zgarishining talab hajmiga ta‘siri boshqa omillarga
qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‘p tovarlarga talabni
nisbatan
oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamay-
tiradi. Daromad oshsa, uning o‘sishiga qarab iste‘molchilar narxi yuqori bo‘lsada,
ko‘proq sifatli tovarlarni xarid qiladi, bunda ular kamroq non,
kartoshka, karam
sotib olishi mumkin. Ortiqcha daromad unga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega
bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari masalan, go‘sht va sut
mahsulotlari xarid qilish
imkonini beradi. Daromadning o‘zgarishi bilan talab to‘g‘ri mutanosiblikda
o‘zgaradigan tovarlar
oliy toifali tovarlar
deyiladi.
Daromadlar kamayganda talab oshadigan tovarlar
past toifali tovarlar
deyiladi (masalan, kartoshka).
4.
O‘zaro bog‘liq tovarlarga talabning
ortishi yoki kamayishi, ularning bir-
birining o‘rnini bosish darajasi bilan belgilanadi. Shu sababli sariyog‘ narxi oshsa,
bu margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Agar sariyog‘ narxi tushsa
bu margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi. Demak, agar ikki tovar o‘rnini
bosuvchi tovarlar
hisoblansa, ulardan birining narxi bilan boshqasiga bo‘lgan talab
hajmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. Ikkita tovar bir-birini
to‘ldiruvchi hisoblansa, ularga bir vaqtda talab paydo bo‘ladi. Masalan benzin va
motor yog‘iga talab o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular bir-birining narxi va boshqasiga
bo‘lgan talab hajmi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud bo‘ladi.
5.
Kelgusida iste‘molchi daromadlari va tovar narxi o‘zgarishining kutilishi,
tovarlarning mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini
o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning
nisbatan oshishining kutilishi, iste‘-
molchi joriy talabning oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va
daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining
qisqarishiga sabab bo‘ladi.