2. Marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi marketing va tijorat
faoliyatiga xos bo‘lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar natijalaridan
tashkil topadi.
Kundalik matbuot (ro‘znoma va maxsus jurnallar), ta’minotchi va iste’molchilar
bilan bo‘lgan muloqot natijalari, reklama e’lonlari va boshqalar bevosita
xabarnomani olish manbai bo‘lishi mumkin. Ushbu sohaga oid xabarlar va tahliliy
ma’lumotlarga bo‘lgan talab ortib borishi natijasida ayrim firmalar hatto shu sohaga
ixtisoslashadilar. Demak,
marketing tashqi xabarnoma - axborot quyi tizimi -
tashkilotning marketing muhitdagi o‘zgarishlar va holatlar xususida to‘plangan
axborot manbai bo‘lib, marketing boshqaruvchilari uchun qay yo‘sinda ushbu
muhitga ta’sir etish imkonini beradi.
3. Marketing xususida to‘plangan barcha axborot va xabarlar boshqarishda
qaror qilishni quvvatlovchi quyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar, qaror
qabul qilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi. Boshqarish doirasida
qabul qilinayotgan qarorlar ma’lum manbalarga tahliliy natijalarga asoslangan
bo‘lishi tabiiydir.
4. Marketing tadqiqoti quyi tizimi - tartibga solingan va to‘plangan
ko‘rsatkichlarni amaliyotda tatbiq etish va tayinli marketing holati xususida tashkilot
uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yig‘indisini tashkil etadi. Ushbu quyi tizim
marketing xabarnoma - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot uchun maxsus
ishlangan, zaruriy ko‘rsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi. Ko‘pgina yirik chet el
firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi miqdorida
mablag‘ sarflanadi.
Odatda marketing tadqiqotlari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
1. Reklamani tashkil etish tadqiqotlari.
2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli
bashoratlar o‘tkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi o‘zgarishlar va korxona
natijalari, bozor manzilgohlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muhiti tahlili,
eksport bozori kuzatuvlari va h.k.)
3. Tashkilot mas’uliyati bo‘yicha izlanishlar.
65
4. Bozor tahlili.
5.Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (salohiyatli bozorlarni aniqlash,
bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi o‘zgarishlari tahlili, sinov marketingi o‘tkazish,
sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini o‘rganish bo‘yicha va h.k.)