9.3-rasm. Savdo markalariga bog‘liq bo‘lgan asosiy qarorlar Brendning rasmiy ta’rifi yo‘q, lekin bu mohiyatan ommalashtirilgan, jamiyatda
qabul qilingan marka obrazi yoki qandaydir his qilinmaydigan qiymatdir.
Brending bu:
markani ommalashtirish jarayoni bo‘lib, uning davomida firma belgisi
iste’molchi tomonidan eslab qolinadi;
xaridor ongida raqobatchilarning tovar va xizmatlaridan ajratib turadigan
farqlarni belgilash uchun tovarlar va xizmatlarning barqaror jalb etuvchan markalari
yaratish;
iste’molchi bilan uzoq muddatli ijobiy o‘zaro munosabatlar o‘rnatish
maqsadida savdo markasi, tova va firmani kompleksli boshqarish jarayoni;
alohida tovar markalarini mustaqil marketing obyektlari sifatida ajratish va
bu obyektlar bilan bog‘liq esda qoladigan obrazlar yordamida ularni maqsadli
bozorlar tomon ilgari surish.
Brend - iqtisodiy ma’noda tovar belgisidan ko‘ra kengroq tushunchadir. Brend
ham moddiy, ham nomoddiy toifalar yig‘indisini aks ettiradi. Bu toifalar yig‘indisi
iste’molchida tovar, xizmat, firma haqida ijobiy taassurot shakllantiradi va tovarni
boshqa tovarlar qatorida ajratgan holda uni xarid qilish istagini yuzaga keltiradi.
Shunday qilib, brend bu:
ma’lum bo‘lgan elementlardan iborat bo‘lgan belgi, markadan vaqt bo‘yicha
xaridorlar aniq idrok qiladigan, tovarning o‘zi bilan umumiy bo‘lgan emotsional va
funksional elementlargacha rivojlanadigan mohiyat;
tovar, xizmat va ularning tavsifnomalarini, savdo markasi va uning
iste’molchilar ongidagi obrazini, shuningdek, o‘z tovari, xizmati, savdo markasi,
iste’molchilarga nisbatan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) konsepsiyasini bir qilib
bog‘laydigan tizim.
Savdo markasini brendga aylantirish jarayoni eng umumiy ko‘rinishda 9.4-
rasmda aks ettirilgan.
Savdo
markasi
Bozorda ajralib turish, mashhurlik
Xaridorlarda unga nisbatan ishonch
Brend