1-Maruza. Elеktr mехаnikа аsоslаri fаnigа kirish


“GENERATOR” , elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi elektr  mashinasi esa “MOTOR”



Yüklə 26,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü26,02 Kb.
#202267
1   2
1-Ma`ruza

“GENERATOR”
, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi elektr 
mashinasi esa
“MOTOR”
(motor) deb yuritiladi. Demak, elektr mashinalari 
qaytalanuvchi xisoblanadilar. Ma’lumki elektr mashinalari o’zaro ulangan 
magnit, xamda elektr zanjirlardan tashkil topgan elektromagnit tizimdir.
Magnit zanjiriga aylanuvchi va qo’zg’almas magnit o’tkazgichlar va ularning
orasidagi magnitsiz xavo oralig’i kiradi. Elektr zanjiriga – magnit 
o’tkazgichlarga o’ralgan bir yoki bir necha chulg’am (ular bir-biriga nisbatan 
xarakatda bo’lishi mumkin) kiradi.
Elektr mashinalaridagi elektromexanik o’zgarish asosan elektromagnit
induktsiyasi 
- o’zgaruvchan magnit 
maydonining o’z atrofidagi 
o’tkazgichlarda EYUK xosil qilishi qonuniga asoslangan. Shuning uchun 
elektromagnit induktsiyasiga asoslangan elektr mashinalarini induktivlik 
elektromexanik tizim deb yuritiladi. Bu esa o’z vaqtida induktiv 
o’zgartirgichlarning xususiyatidan kelib chiqadi, ya’ni bir qiymatli (tok, 
kuchlanish, chastota) kattaliklar boshqa qiymatli kattaliklarga aylantiriladi. 
Shunday qilib induktiv o’zgartirgichlar transformator va elektr mashinalar, 
elektr energiyasini olish uchun katta-katta elektr stantsiyalarda va mexanik 
energiya olish uchun sanoat va transport soxalarining xamma joylarida 
qo’llaniladi.
Avtomobil soxasida elektr mashinalari generator va motor (motor) 
rejimlarida ishlatiladi. Ulardan tashqari avtotransport korxonalarida ko’pdan-
ko’p turli elektr mashinalari va maxsus turdagi elektromexanik o’zgartirgichlar 
qo’llaniladi. Xech kimga sir emas avtomobillarning dastlabki birinchi turi 
elektr mashinasi yordamida yuritilgan elektromobil bo’lgan. Xozirgi kunda 
xam elektromobillar juda ko’p ishlatilmokda: shaxar transportlari, metrolar, 
temir yo’l transportlari, qazilma boylik soxalari va umuman qazish va yo’l 


qurish soxalarida elektr mashinalari qo’llanilgan elektromobillar ishlatilmokda. 
Bunga asosiy sabab juda katta quvvatga ega bo’lgan xech qanday motor elektr 
motori bilan raqobatlasha olmaydi. (Birinchidan, quvvati bo’yicha, 
ikkinchidan, gabarit qiymatlari bo’yicha, uchinchidan, FIK bo’yicha, 
boshqariluvchanligi va boshqalari). Xozirgi kunda avtotransport soxasida elektr 
mashinalarining xamma turlari: o’zgaruvchan va o’zgarmas tok, katta va kichik 
quvvatlik, 
boshqariluvchi 
va 
boshqarilmaydigan, 
keng 
ko’llamda 
ishlatilmokda. Misol uchun xozirgi zamon avtomobillarida 30 dan ziyod elektr 
mashinalari, qo’llaniladi. Ularning ishlatilish jarayonlari, shart-sharoitlari, 
boshqarish usullari, o’rnatilgan joylari, tanlash usullari va boshqa 
ko’rsatkichlari o’ziga xos va turlicha bo’ladi. 

Yüklə 26,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin