136
Tarif stavkalari
tegishli razryadga ega bo‘lgan ishchining mehnatiga
to‘lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
MEHNAT UNUMDORLIGI VA UNI HISOBLASH
Korxonada ishchilarga ish haqining to‘g‘ri va adolatli belgilanishi ish
-
chilarning mehnat unumdorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat unumdorligi
– ishchining vaqt birligi mobaynida mahsulot
yaratish qobiliyati.
Mehnat unumdorligi ma’lum bir vaqt oralig‘ida ishchi mehnatining har
bir birligi evaziga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi:
MU
M
V
Bu yerda:
MU
–
mehnat unumdorligi;
M
– mahsulot,
V
–
sarflangan
ish vaqti.
Bundan ko‘rinadiki, ishchining mehnat miqdori u tomonidan ishlangan
vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va boshqalar bilan belgilanadi.
MEHNAT UNUMDORLIGINI O‘STIRISH OMILLARI
Tadbirkor o‘z korxonasidagi mehnat unumdorligini oshirib borishga
harakat qilishi lozim. Chunki mehnat unumdorligining o‘sishi korxonadagi
mehnat resurslaridan samarali foydalanilishini anglatadi.
Mehnat unum
-
dorligini o‘stirish omillari iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni
jadallashtirish omillariga bo‘lib o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: