Sifon turlari: 1. Shishali; 2. Gofrli; 3. Quvurli; 4. Yassi
Uchinchi guruh o’quvchilariga ham monitorda “ gofrirovkali sifon” qismlari
surati ko’rsatiladi o’quvchilar esa uni o’rnatish ketma-ketligini to’g’ri aytib
berishlari kerak. Shu tariqa qaysi guruh o’quvchilari terkorlikda va aniqlikda
vazifani bajarsa “Men santexnik ustaman” deb aytadi.
•
Santexnika deganda nimani tushunasiz?
•
Mavjud chiqindilar xususiyatlariga ko'ra chiqindi suvlar qanday turlarga bo'linadi?
•
Sifon deganda nimani tushunasiz? Uning qanday turlarini bilasiz?
•
Santexnika ishlarida eng ko‘p qo'llaniladigan asbob-uskunalarni sanab bering.
Yangi mavzu bayoni: Arduino platasi va uning imkoniyatlari. Bugungi
zamonaviy elektronika qurilmalarining vazifalari turlicha bo‘lsada, ularning ishlash
va tuzulish prinsiplari deyarli bir xil. Ulardan birini o‘rganish orqali biz turli
qurilmalarni ishlatish, mustaqil yasash, dasturlash, hatto ishlab chiqarish
RASMDA QANDAY SANTEXNIKA ELEMENTLARI KO‘RSATILGAN?
darajasigacha yetib borishimiz mumkin. Arduino platasi bizga ana shu bosqichlarni
amalda o‘zlashtirishimiz uchun juda katta qulayliklar yaratadi. Uning yordamida
ko‘plab ishlarni amalga oshirish mumkin. Masalan:
dastur yordamida mashinalarni boshqarish (tank, samolyot, robotlar
boshqaruvi ham mana shu asosda ishlaydi);
elektron qulf (qurilmalarni maxsus kodlar yordamida ishga tushirish);
pult yordamida masofadan boshqarish va boshqa ixtirolar.
Arduino 2003-yili italiyalik olimlar Massimo Banzi, Devid Mellis va Devid
Kvartiler tomonidan kashf etilgan.