Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

Vaziyatli masala 
Alan – ofset pechatь uchun plastinalarni ishlab chiqaradigan, muvaffaqiyat 
qozongan fabrikaningegasidir. Boshida u yakka o’zi ishlar edi, so’ng yana ikki kishini 
yolladi, biriga boshqaruvni, sotishni va savdo-sotiqni topshirib, boshqasiga esa ishning 
texnik tomonlarini topshirdi. Alanning o’zi buxgalteriya, reklama bilan shug’ullanardi 
va doimiy ravishda biznesni kengaytirish imkoniyatlarini izlardi. Ular doim birga 
ishlashadi, ishdan keyin xam ko’p uchrashadilar. Alanning «shef» sifatidagi avtoriteti 
shubxasizdir; uning ishchilari yaxshi ish xaqi, muqofotlar olishadi, lekin ishni yuritish 
xavf-xatarini (va daromadlarni) Alan xech kim bilan baxam ko’rmaydi. 
Alan xamkasblarini biznesning oxirgi yangiliklari xaqida xabardor etib turadi. U 
ularni o’z ish rejalari bilan tanishtirdi: «Agar ishlar yaxshi ketsa, kelgusi yilda biz 
qo’shni shaxarda o’z filialimizni ochamiz. Albatta, biz aqlli boshqaruvchini izlab 
ko’ramiz va bir necha yildan so’ng yangi fabrika bizga oltmish ming atrofida daromad 
keltirishi mumkin». Alanning xamkasabalari uning «biz izlab ko’ramiz» deganiga 
xursand edilar – ular o’zlarini xaqiqiy jamoadek xis qildilar, va ular biznesni 
muvaffaqiyat qozonishiga va Alanning avtoritetiga ishonchlarini mustaxkamladilar. 
Lekin Alanning ko’ngli tinch emas edi. U bilar ediki, unga bo’ysunuvchilarning 
xech qaysisi boshqaruvchiga kerak bo’lgan xamma xususiyatlarga ega emas edi. U 
do’stona kollektivga notinchlikni kiritishni xoxlamas edi, bundan xam ko’proq u agar 
yangi ish muvaffaqiyatsizlikka uchrasa (bu xaqda u ular bilan xech qachon 
gaplashmagan edi), xodimlardan birortasini yo’qotishni xoxlamas edi. Natijada Alan 
yollash bo’yicha agentlikka murojaat qilib, kerakli kishini topdi, uchalasi xam 
yig’ilganda , u bu xaqda faxr bilan aytdi. Do’stlarining bu yangilikni g’azab va 
achchiqlanish bilan kutib olishi, Alanni xayratda qoldirdi, va buni sezib u rafiqasiga: 
«Kelajagi xaqida o’ylayotgan kishilar senga eng qora tanga bilan qaytaradilar» deb 
aytdi. Bu shunday zarba ediki, undan keyin yaxshi munosabatlar juda o’zoq vaqt 
davomida tiklanadi. 
Savollar 
1.
Alanning raxbar sifatidagi xatosi nimadan iborat edi? 
2.
Yetakchining (liderning) asosiy vazifalari nimadan iborat va ular 
qo’lostidagilarni boshqarish muammolari bilan qanday bog’liq? 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin