Turkiston muxtoriyati va uning faoliyati



Yüklə 35,15 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü35,15 Kb.
#202968
Islomova A 217-220



 
217 
TURKISTON MUXTORIYATI VA UNING FAOLIYATI. 
Islomova Alfiya Rashid qizi 
Bozorova Sevinch Murotali qizi.
 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqola, Turkistonda sovet hokimiyati davrida tashkil 
topgan. Turkiston Muxtoriyati haqida. Turkiston Muxtoriyati mustaqillikga qaratilgan 
harakat bo’lib uning a’zolari hokimiyatga kelishganida Turkistonni har taraflama 
rivojlantirish, o’zi mustaqil davlat sifatida bo’lishi uchun ko’p ishlarini amalga 
oshirildi. Lekin bu sovet hokimiyati tomonidan to’sqinlikka uchrab, ularga qarshi 
qurolli harakat olib borildi. Muxtoriyat afsuski, 72kungina yashagan hisoblanadi.
Kalit so’z: 
demokratik, Muxtoriyat, Muvaqqat Kengash, Xalq Majlisi, qurultoy, 
vazir, Qo’qon, gazeta, Toshkent sovet, sovet, Perfelov 
Siyosiy partiyalar tuzilishi, ular tomonidan dasturiy hujjatlari qabul qilinishi 
Turkistonda milliy harakatning keng tarqalganidan dalolat berardi. Biroq, yuqorida 
ko‘rsatib o‘tilganidek Sank-Peterburgdagi oktyabr to‘ntarishi oqibatida 1917 yil 
oktyabr-noyabr oylarida Turkistonda, xususan, Toshkent va Qo‘qonda yuz bergan 
voqealar milliy ozodlik harakatini kuchayib ketishga majbur qildi. 
Sovetlar hokimiyati o‘rnatilgandan keyin Turkistonda kechayotgan va tobora 
chigallashib borayotgan vaziyat o‘lkaning taraqqiyparvar kuchlarini faol harakatga 
keltirdi. Ular tashabbusni qo‘lga olib, bolsheviklar bosh bo‘lgan sovet hokimiyatiga 
qarshi tura oladigan, demokratik asoslarga tayangan, chinakam xalq hokimiyatchiligini 
o‘zida ifodalagan milliy davlatchilikni tashkil etish qaror qildi. Bu borada joylarda 
jiddiy tayyorgarlik ishlari bo’ldi. Nihoyat, 1917-yil 26-noyabrida Qo‘qonda o‘lka 
musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda o‘lkaning 5 viloyatidan 
200 nafardan ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida «Sho’royi Islomiya», 
«Sho‘royi Ulamo», Musulmon harbiylari sho‘rosi, O‘lka yahudiylar jamiyati 
namoyandalari qatnashdilar. Qurultoy hay’atiga o‘lka xalqlarining taniqli kishilari — 
Mustafo Cho‘qay, U. Asadullaxo‘jayev, Yurali Agayev, S. Akayev, Obidjon 
Mahmudov, Abdurahmon O‘razayev, Islom Shoahmedov, Kamol qozi, Karimboyev va 
boshqalar, jami 13 kishi saylandi. Mazkur qurultoyning 3 kun to‘xtovsiz davom etdi.
Qurultoyda 27-noyabr kuni kechqurun qabul qilingan qarorda shunday 
deyilagan: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi 
da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon 
etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy hatdan muxtor deb 
e’lon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta’sis Majlisiga 


 
218 
havola etadi”. Qurultoy Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik huquqlarining doimo 
himoya qilinishini tantanali e’lon qildi. 28-noyabrda tarkib topayotgan mazkur 
hukumatning nomi Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo‘ldi. Qurultoy o‘sha kungi 
yig‘ilishda Butunrossiya Ta’sis Majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston 
Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Millat) Majlisi qo‘lida bo‘lishi kerak, deb qaror 
qabul qildi. Yig‘ilishda Muxtoriyatning markazi Qo‘qon shahri deb belgilandi.
Muvaqqat Kengash tarkibi 12 kishidan iborat etib belgilandi. Dastlab unga 
quyidagi nomzodlar kiritildi:
1.
M. Tinishpayev – Bosh vazir, ichki ishlar vaziri37; 
2.
Islom Shoahmedov – Bosh vazir o‘rinbosari; 
3.
Cho‘qayev – Tashqi ishlar vaziri (keyinroq Bosh vazir); 
4.
Ubaydulla Xo‘jayev – Harbiy vazir; 
5.
Agayev – Yer va suv boyliklari vaziri; 
6.
Obidjon Mahmudov – Oziq-ovqat vaziri; 
7.
O‘razayev – Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari; 
8.
Solomon Gersfeld – Moliya vaziri. 
Hukumat tarkibiga yevropalik aholi orasidan yana to‘rtta vakil kiritilishi belgilab 
qo‘yilgan edi. Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning tomonidan Turkis ton 
Milliy Majlisi (parlamenti) tuzilganligi bo‘ldi. Unga «Sho’royi Ulamo» tashkilotining 
rahbari Sherali Lapin rais bo’ldi. Milliy Majlis tarkibiga Muvaqqat Kengash 
a’zolaridan tashqari o‘sha davrning atoqli arboblari: T. Norbo‘tabekov, S. 
Sharifxo‘jayev, Nosirxon to‘ra Kamolxonto‘ra o‘g‘li, M. Behbudiy, Alixonto‘ra 
Shokirxonto‘ra o‘g‘li, Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov singari yurt peshvolari ham 
saylangan edilar. 
Qurultoy tugagach, 1-dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati 
a’zolari (8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e’lon qilindi. Ushbu 
Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy 
e’tiqodlaridan qat’i nazar, yakdillik va hamjihatlikka da’vat etilgan edi. 
1917-yil dekabr oyi boshlarida Toshkent, Namangan, Jalolobod, Qo‘qon, 
Samarqand shaharlari va boshqa hududlarda ming-minglab yurt odamlari mitinglar, 
namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab chiqdi. Masalan, 6-
dekabr Toshkentning eski shahar qismida Turkiston Muxtoriyati tuzilganligiga 
bag‘ishlab ko‘p ming kishilik katta miting o‘tkazildi. Unda taniqli yurt arboblari: 
Munavvarqori, Mullo Odil mufti, Said G‘anixon, Pirmuhammad A’lam va boshqalar 
so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni chinakam xalq hokimiyati — Turkiston Muxtoriyati 
tashkil etilganligi bilan qutladilar. Miting ishtirokchilari o‘lka Muvaqqat hukumatini 


 
219 
to‘la qo‘llab-quvvatlashlarini izhor etib, qaror qabul qildilar. O‘sha davr milliy 
matbuoti sahifalarida Turkiston ulug‘lari tomonidan muxtor hokimiyatni qo‘llab-
quvvatlash, uning istiqboli uchun fidoyilik bilan kurash olib borish kerakligi xususida 
ko‘plab maqolalar bitildi. 
Oradan ko‘p o‘tmay Millat Majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlarda yangi 
hukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb 
qildi. “El bayrog‘i”, “Birlik tug’i” “Svobodno'y Turkestan”, “Izvestiya Vremennogo 
Pravitelstva Avtonomnogo Turkestana” kabi hukumat gazetalari o‘zbek, qozoq va rus 
tillarida nashr qilina boshlandi. Oldin chiqayotgan “Ulug‘ Turkiston” gazetasi ham o‘z 
sahifalarida muxtoriyat hukumati faoliyatiga alohida o‘rin ajratdi. Nasr ishlarini 
yaxshilash uchun O.Mahmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o‘tdi. Muxtoriyat
hukumati milliy qo‘shinni tashkil qilishga kirishdi. 1918-yil boshida bu qo‘shin 
saflarida bir mingdan ortiq askar bo’lgan. Harbiy vazir Ubaydulla Xo‘jayev 
ishtirokidagi ko‘rik-parad vaqtida askarlar soni 2000 kishiga yetgan. Bundan tashqari 
Qo‘qonda taxminan shuncha mirshablar ham bor edi. Hukumat iqtisodiy sohada 30 
million so‘m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo‘lga qo'ydi. Chunki gazetalarni
nashr qilish, muxtoriyat qo'shinlarining ta’minoti va hukumatning ichki xarajatlari 
uchun mablag’ zarur bo’lgan. Shuningdek, hukumat a’zolari ochlik girdobida qolgan 
Turkiston aholisiga Orenburg orqali g‘alla keltirish muammosini hal qilish uchun ham 
amaliy qadamlar tashladi. Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa muddat ichida xalq 
o‘rtasida katta e’tibor qozondi. Uning faoliyati faqat Qo‘qonda emas, balki butun 
Turkiston mintaqasida yashayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizg'in qo‘!lab-
quvvatlandi. Fitrat, Cho’lpon, Hamza muxtoriyat hukumatini maqtab, o‘tli she’rlar 
bitishdi. Fitrat muxtoriyat e’lon qilingan 27 noyabr (lOdekabr) tunini “Milliy 
Laylatulqadrimiz” deb atadi.
O‘lkadagi ilk demokratik hukumat bo‘lgan Turkiston Muxtoriyatining faoliyati, 
afsuski, uzoqqa cho‘zilmadi. Bolsheviklar va Toshkent Soveti (rahbari: Ivan Tobolin) 
unga katta xavf deb qaradilar hamda zudlik bilan tugatishga harakat qildilar. Turkiston 
o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda 1918-yil 19 – 26-
yanvarda bo‘lib o‘tgan IV syezdida Turkiston Muxtoriyati hukumatini kuch bilan 
tugatishga qaror qilishdi. Turkiston o‘lka XKS 1918-yil 30-yanvar kuni harbiy 
harakatlarni boshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil gvardiyachilardan 
tashqari armanlarning “Dashnoqsutyun” partiyasi a’zolaridan tuzilgan qurolli 
drujinalardan ham keng foydalandi. 30-yanvar kechqurun Toshkentdan yuborilgan 
dastlabki harbiy otryadlar Skobelevdan Qo‘qonga to‘p va pulemyotlar bilan yetib keldi. 


 
220 
31-yanvardan keyin jang harakatlari boshlandi. 15-fevralda esa shaharda yong‘in 
bo‘ldi.
1918-yil 18-fevral kuni «Sho‘royi Ulamo» jamiyati tashabbusi bilan 
muxtoriyatda to‘ntarish qilinib, Mustafo Cho‘qay muxtoruyat hokimiyatining 
ag‘darilishi va uning boshqaruvi jilovining Qo‘qon mirshablari boshlig‘i Kichik 
Ergashga berilishi bunga guvohdir. Moddiy, harbiy, moliyaviy madad ko‘rsata oladigan 
yetarli real kuchlar va imkoniyatlarning bo‘lmaganligi ham bunga sabab bo‘ldi. 
Vaziyat sovet amaldorlariga qo‘l kelib, ular bundan milliy muxtoriyat 
hukumatini har jihatdan iskanjaga olish, uni qanday qilib bo‘lsa-da mahv etish uchun 
ustamonlik bilan foydalandilar. Turkiston sovet hukumati 1918-yil 14-fevralda 
Farg‘ona viloyati hududida favqulodda harbiy holat joriy etdi. Uning Qo‘qondagi 
mahalliy hokimiyati—ishchi va askar deputatlari soveti 17-fevralda muxtoriyat 
vakillarini taslim bo‘lishga da’vat qildi. Ayni vaqtda Toshkentdan Perfilev 
boshchiligida qurollangan qizil qo‘shin olib kelindi va ular darhol ishga solindi. 
Qo‘qondagi millatchi arman dashnoqlari ham bu g‘ayri qonuniy bosqinga jalb qilindi. 
Ayniqsa 19—21-fevral kunlari Qo‘qon xalqi ustiga balolar yog‘ildi. Shahar o‘t ichida 
qolib, kunpayakun bo‘ldi. Sovet hokimiyati Turkiston Muxtoriyati hukumatini 
shafqatsizlikcha tor-mor etdi. 
Xulosa, Turkiston Muxtoriyati mag‘lubiyatga uchrab, halokatga yuz tutgan 
bo‘lsa ham o‘lka xalqlarinin hayoti va tarixiy taqdirida o‘chmas iz qoldirdi. Eng 
muhimi shundaki, endigina mustaqillik sari borgan, o‘z erki, ozodligi va baxtini qurish 
yo‘lida ilk qadamlar qo‘yib, xalqning ko‘zini ochib, ongi, istiqlol nuri bilan yoritdi. 
Foydalangan adabiyot: 
1.
“ O’zbekiston tarixi” Murtazayeva. T:. 2005 
2.
Q. Usmonov, Sodiqov “ O’zbekiston tarixi “. T:. 2016 
3.
Rajabov Qahramon “ O’zbekiston tarixi “. T:. 2017 

Yüklə 35,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin