99
Transport pog‗onasi qabul qiluvchi va uzatuvchining ilovalari o‗rtasida har
bir aloqa seanslarini alohida kuzatadi (4.7-rasm).
4.7 – rasm. Transport pog‗onasida ilovalarni ajratilishi
Transport pog‗onasi qurilmada bir nechta ilovalar ochilgan bo‗lsa, ularning
to‗g‗ri qabul qilinishiga kafolat beradi.
TCP ishonchli transport protokoli hisoblanadi. Bu esa ilovalar o‗rtasida
ishonchli ma‘lumot uzatishni yetkazib berilganligini tasdiqlash orqali ta‘minlab
beradi. Paketlarni TCP protokoli orqali uzatishda manbadan
qabul qiluvchigacha
bo‗lgan jarayon kuzatiladi.
TCP ishonchlilikni ta‘minlash uchun quyidagi 3 ta asosiy vazifani bajaradi:
-
ma‘lumot segmentlarini uzatishni kuzatish;
-
qabul qilingan ma‘lumotlarni tasdiqlash;
-
tasdiqlanmagan barcha ma‘lumotlarni qaytadan uzatish.
TCP xabarlarni segmentlarga bo‗ladi. Bu segmentlarga tartib raqamlari
100
qo‗yiladi. Shundan so‗ng ularni paketga yig‗ish uchun IP protokol bo‗yicha
uzatiladi. TCP uzatilgan segmentlarni u yoki bu tugunga borganligini kuzatadi.
Agar jo‗natuvchi belgilangan vaqt ichida tasdiqlashni qabul qilmasa, u holda TCP
bu segmentlarni yo‗qolgan deb ko‗radi va ularni qaytadan jo‗natadi. Qaytadan
uzatish faqat xabarning yo‘qolgan qismi uchun bajariladi.
Qabul qiluvchi
tomonidagi TCP protokol xabarning segmentlarini qaytadan yig‗ish va ularni mos
keluvchi ilovalarga uzatish uchun javob beradi (4.8-rasm).
4.8 – rasm. Transport pog‗onasining ko‗rsatkichlari
Ishonchlilikni ta‘minlashning bunday jarayonlari tarmoq resurslarini
yuklanishiga olib keladi. Jo‗natuvchi va qabul qiluvchi o‗rtasida yuqoridagi
jarayonlarni bajarish uchun qo‗shimcha boshqaruvchi ma‘lumotlar uzatiladi. Bu
nazorat axboroti TCPning sarlovhasida bo‗ladi (4.9-rasm).
101
Qo‗shimcha yuklanish ishonchlilikni ta‘minlash
uchun qaysidir ilovalar
uchun foydaliligini kamaytiradi va uning samaradorligini yomon deyish mumkin.
UDP ilovalar o‗rtasida ma‘lumot segmentlarini uzatish uchun faqat asosiy
funksiyalarni ta‘minlaydi. Buning uchun u katta bo‗lmagan resurslarni ishlatish va
ma‘lumotlarni tekshirish orqali ta‘minlaydi. UDP ma‘lumotlarni kafolatsiz
yetkazish protokoli hisoblanadi. Kompyuter tarmoqlarida
kafolatsiz yetkazish
ishonchsiz hisoblanadi. UDP jo‗natuvchiga ma‘lumotlarni muvofaqqiyatli yetib
kelganligini tasdiqlovchi transport pog‗onasining jarayonlarini ishga tushirmaydi.
UDP protokoli oddiy pochtadan ro‘yxatdan o‗tkazilmagan xatni yuborishga
o‗xshaydi. Jo‗natuvchi qabul qiluvchini olganligini bilmaydi, pochta bo‗limlari esa
xatni
nazoratga olishga, jo‗natuvchini xabardor qilishga va manzilga yetib
borganligiga javobgarlikni o‗z zimmalariga olmaydi.
TCP foydalanadigan ilovalar UDP foydalanadigan ilovalar
4.9 – rasm. TCP va UDP protokollar
foydalanadigan ilovalari
Dostları ilə paylaş: