D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/59
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203007
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
61e54be6345e45.35724858

RSVP pratokoli
.
Bu protokol har bir oqimi uchun o‗zlarining QoS – 
talablari to‗g‗risidagi signallar uzatishga yordam beradi. Kirishni boshqarish 
maqsadida bu talablarning sonli tavsiflarini aniqlash uchun ishchi ko‗rsatkichlar 
ishlatiladi.
RSVP protokoli audio va videokonferensiya ilovalariga o‗hshash guruhli 
jo‗natishlarda qo‗llaniladi. RSVP protokoli multimedia trafigiga mo‗ljallangan 
bo‗lib, uning yordamida bir tomonlama trafik uchun o‗tkazish yo‗lagini oson 
zahiralash mumkin. Masalan tarmoq fayl tizimining trafigi uchun (Network File 
System - NFS) va VPN trafigini boshqarishida ishlatiladi. 
RSVP protokoli tarmoqdagi kira olishli marshrutlangan yo‗l bo‗ylab 
resurslarning zahiralash to‗g‗risidagi so‗rovlarini signalizatsiyalab beradi (5.18 – 
rasm). Shu asnoda RSVP o‗zining shaxsiy marshrutini ishlab chiqmaydi, yani 
teskarisi bo‘ladi.
Bu protokol boshqa yanada quvvatli marshrutlash protokollaridan 
foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Har qanday boshqa IP – trafikda, ma‘lumotlar 
va boshqaruv trafigi uchun yo‗lni aniqlashda RSVP tarmoqda qo‗llaniladigan 
marshrutlash protokoli bo‗lishi kerak. 
RSVP protokolining ishlashi
.
Ilovalarning ma‘lumotlar oqimi nomidan 
tegishli QoS pog‗onasini tarmoqlardan so‗rash uchun oxirgi tizimlar RSVP 
protokolidan foydalanishadi. Oqimni uzatish uchun qo‗llanadigan RSVP - 
so‗rovlar har bir tugundan o‗tganda tarmoq bo‗ylab uzatiladi. RSVP protokoli har 


140 
bir shu tugunlarda ma‘lumotlar oqimi uchun resurslarni zahiralashga harakat 
qiladi. 
5.18 - rasm. IntServ ning asosiy komponentlari 
RSVP – moslashgan marshrutizatorlar kerakli tayinlangan nuqtaga kerakli 
ma‘lumotlar oqimini yetkazib berishga yordam beradi. 5.18 - rasmda 
RSVP protokolni qo‗llaydigan asosiy modullar, ma‘lumotlar oqimi to‗g‗risidagi 
axborot va klient hamda marshrutizatorni oqimlarini boshqarishi to‗g‗risidagi 
axborotni tasviri keltirilgan. 
Resurslarni zahiralashdan avval, marshrutizatorning RSVP – demoni qarorni 
qabul qiluvchi ikkita kanal modullar bilan ulanadi – kira olishni boshqarish moduli 
(policy cantrol) va siyosatni boshqarish moduli (policy cantrol).
Kira olishini boshqarish moduli - QoS pog‗onaning so‗rovini ta‘minlash 
uchun tugun ozod resurslarga ega ekanligini aniqlaydi.
Siyosatni boshqarish tuguni - foydalanuvchida zahiralashni olib borishga 
xuquq bormi yoki yo‗q ekanligini aniqlaydi. Agar birorta tekshiruvchi o‗tmasa, 
RSVP – demon, so‗rovni yaratgan ilovaning jarayoniga xato to‗g‗risida xabarni 
jo‗natadi. Agar ikkala tekshiruv ham normal holatda o‗tsa, RSVP – demon 
paketlarni tasniflash ko‘rsatkichlarini va kerakli QoS pog‗onasini olish uchun 


141 
paketlarni rejalashtiruvchini o‗rnatadi. Paketlarni tasniflovchi har bir paket uchun 
QoS sinifini aniqlaydi, paketlarni rejalashtiruvchi esa QoS sinfiga asoslanib 
paketlarni uzatishni boshqaradi. Navbatlarda vaznli adolatli navbat algaritmi 
(Weighted Fair Queing - WFQ) va ixtiyoriy oldindan aniqlangan og‘irlik algaritmi 
(Weighted Random Farly Detection - WRFD) rejalashtirish pog‗onasida QoSni 
qo‗llashni ta‘minlaydi. WFQ va WRFD algoritmlarini quyida ko‗rib chiqamiz. 
Kira olishni boshqarish moduli tomonidan qarorni qabul qilish jarayonida 
talab etilgan o‗tkazish yo‘lagini zahiralashni faqat shunday holda bo‗ladiki, unda 
agar qolgan qismning talab etilgan trafik sinfi uchun yetarli bo‗lsa zahiralanadi, 
aks holda kira olishga so‗rov rad etiladi, lekin trafikning shu sinfi uchun jim turishi 
bo‗yicha aniqlangan xizmat ko‗rsatish sifati bilan baribir trafik uzatiladi. Ko‗p 
hollarda, bitta yoki bir nechta marshrutizatorlarda kira olishga agar so‗rov rad 
etilsa ham yuklama ortib ketgan marshrutizatorlarda zahiralashni o‗rnatib, ma‘qul 
bo‗lgan xizmat ko‗rsatish sifatini yana modul amalga oshirib boraveradi. Shuning 
uchun boshqa ma‘lumotlar oqimi, ular tomonidan buyurtirilgan o‗tkazish 
yo‘lagidan to‗liq foydalana olishlari mumkin. 
Zahiralash har doim bitta va faqat shu bitta manzilli yo‗l yoki ko‗p manzilli 
daraxt bo‗yicha davom ettirilishi kerak. Aloqa liniyasining ishdan chiqish holatida 
marshrutizator shu to‗g‗risida RSVP – demonga, u generatsiyalayotgan RSVP – 
xabarlar yangi yo‗l bo‗ylab uzatilishi uchun xabar berishi kerak.
Zahiralashni o‗rnatish jarayonini beshta alohida qadamlarga bo‗lishi 
mumkin: 
1)
Ma‘lumotlarni jo‗natadiganlar RSVP boshqaruv xabarlarini, odatdagi 
trafikni ma‘lumotlar bilan jo‗natadigan yo‗l bo‗ylab yuboriladi. Shu xabarlarda
jo‗natilgan yoki faqat hozirda jo‗natiladigan ma‘lumotlar ta‘riflanadi. 
2)
Har bir RSVP – marshrutizator PATH – xabarlarni tutib oladi, avvalgi 
tayinlash nuqtasining IP – manzilini saqlaydi, uni o‗rniga shaxsiy manzilini 
yozdiradi va ilovalarning ma‘lumotlari uzatiladi, yo‗l bo‗yicha yangilangan 
xabarni jo‗natiladi. 


142 
3)
Qabul qiluvchi – stansiyalar uchun PATH – xabarni ular qabul qilgan 
seanslar ko‗pligini tanlaydi va RSVP va RESV – xabarlar yordamida avvalgi 
marshrutizatorlardan resurslarni RSVP - zahiralashni so‗rab oladi. RSVP RESV – 
xabar qabul qiluvchidan RSVP PATH – xabarlar o‗tgan marshrut bo‗ylab teskari 
tomondagi yo‗nalishda yuboruvchiga ketadi. 
4)
RSVP – marshrutizatorlar mana shu RESV – so‗rovlarni xotirada 
ushlashi mumkinmi yo‗qligini aniqlaydi. Agar ha degan javob bo‗lsa, u holda ular 
zahiralashga olingan so‗rovlarni yig‗adi va avvalgi marshrutizatorga so‗rovni 
jo‗natadi. 
5)
Tegishli marshrutizatorlardan resurslarni zahiralashga so‗rovlarni qabul 
qilib, jo‗natuvchilar resurslarni zahiralash yakunlandi degan xulosaga keladi, ya‘ni 
xaqiqiy resurslarni RSVP xabarlar tomonidan amalga oshirilgani tasdiqlanadi.
RSVP – zahiralash mexanizmi sxematik ravishda 5.19 - rasmda ko‗rsatilgan. 
5.19 - rasm. Resurslarni zahiralashning RSVP mexanizmi

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin