Semantik xususiyatlari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 54,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü54,62 Kb.
#203122
1   2   3   4   5
so-z-termin-va-atama-tushunchalari-ularning-o-ziga-xos-semantik-xususiyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(5), May, 2023 
1085 
shuningdek, turli xil so‘zlar bilan yetkazilishi, ifodalanishi ko‘plab tadqiqotlarda 
yoritilganiga guvohi bo‘lyapmiz .
Chunki qayd etilgan va boshqa ko‘plab sohalarda yo‘nalish tilining maxsus 
leksik birliklarini tushunish qiyinchiliklar tug‘dirishi yoki anglashilmovchiliklarga 
olib kelishi mumkin.
Terminologiyaga oid muammolar jahon tilshunosligida ham atroflicha 
o‘rganilgan. D.S.Lotte, V.P.Danilenko, T.L.Kandelaki, V.M.Leychikka tadqiqotlar 
olib borgan bo‘lsa, o‘zbek tilshunosligida S.Ibrohimov, S.Akobirov, S.Usmonov, 
R.Doniyorov, N.Mamatov, A.Hojiyev, H.Shamsiddinov, Z.Mirxoliqov, I.Pardayeva,
N.Usmonov, A.Sh.Sobirov, I.Yuldashev, Z.Isaqova, G‘.Ismailov, A.To‘raxojayeva, 
A.Madvaliyev singari olimlarning ilmiy izlanishlarida ko‘zga tashlanadi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Terminologiya yuzasidan izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar terminni maxsus 
so‘z, muallifning ongli so‘z yaratish mahsuli sifatida, terminologiyani esa til umumiy 
tizimidagi alohida, aniq belgilangan quyi tizim sifatida ko‘rib chiqdilar. “
Termin
leksemаsi lоtinchа “
terminus”
sо‘zidаn kelib chiqqаn bо‘lib, 
оxiri, chek, chegаrа, 
tugаsh
degаn mаʼnоlаrni bildirаdi. “Termin - о‘z lingvistik tаbiаtigа kо‘rа, ilmiy-
texnik yоki bоshqа kаsbiy tushunchаlаrni аniq, ixchаm ifоdаlаshi vа аxbоrоtgа 
bоyligi bilаn аjrаlib turаdi”.
Terminning aksariyat zamonaviy ta’riflarida uning tushuncha bilan bog‘liqligi 
ilgari suriladi va bu xususiyat ko‘rib chiqilayotgan lingvistik mohiyatni aniqlash 
uchun eng muhim deb e’tirof etiladi. Masalan, A.V.Superanskayaning “fanda termin 
va tushunchaning o‘zaro bog‘liqligi birinchi o‘ringa chiqadi”, fikriga e’tibor 
qarataylik. “Termin ortida doimo fikrlash obyekti turadi, lekin umumiy fikr emas
balki ma’lum bir soha bilan chegaralangan maxsus fikr. Bu termin bevosita ilmiy 
konsepsiya bilan bog‘liq”
1
. “Terminlar maxsus tushunchalarning lingvistik ifodasi 
sifatida kasbiy, ilmiy(maxsus) bilimlarni qayta ko‘rsatishning ma’lum usuli 
hisoblanadi. Obyektdagi umumiy va tabiiy narsani belgilaydigan maxsus tushunchani 
til belgisi orqali ifodalashda atama bilish vositasiga aylanadi”
2
Hozirgi 
vaqtda 
termin 
semantikasi so‘z semantikasidan farqlanib, 
A.A.Potebnyaning 
“Termin 
maxsus 
tushunchaning 
nomlanishi 
sifatida 
foydalanilganda tilning leksik birligi terminologik, konseptual ma’noga ega bo‘lib, u 
o‘ziga xos lug‘aviy ma’no ustiga qo‘yiladi”.
1 Лингвис.илмий мақолалар тўплами,Тошкент “Akademnashr”,2001.-С.69. 
2
Володина M.Н. Когнитивно-информационная природа термина (на материале терминологии средств массовой 
информации) / M.Н. Володина. – М.: Изд-во Моск. гос. ун-та, 2000. – C. 18. 



Yüklə 54,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin