77
payg‘ambar «Kimgaki Olloh-taolo yaxshilikni ravo ko‘rg‘aydir, uni din
ilmidan bahramand qilgaydir, ilmga ilm olmoq yo‘li birlan erishilg‘aydir»
deganlar. Mazkur fikrda diniy bilimlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar
ham e’tiborga olingan.
Islom dinida buyuk insonlar o‘z nomlarini buyuk ishlar bilan muhrlab
ketganlar. Shular orasida Abu Hanifa an-Nu’mon ibn Sobit (taxallusi Imomi
A’zam (699-767)) alohida o‘rin tutadi. U hanafiya
mazhabining asoschisi va
imomi, ilohiyotchi olimlardan biridir. Kelib chiqishlari qobullik e’tiborli
oilalarga borib taqalsa-da, u kishining bobolari Marzubon xalifa Umar ibn al-
Xattob (634-644) davrida islomni qabul qilib Kufa (Eron)ga ko‘chib kelgan
va u yerda muqim bo‘lib qolgan. Demak, Abu Hanifa shu yerda o‘ziga to‘q
shoyichi savdogar oilasida tug‘ilgan. Otasi vafotidan so‘ng unga tegishli
do‘kon Abu Hanifaga meros bo‘lib qolgan. Xalifalikning bosh qozisi
vazifasini bajarmaganligi uchun Xalifa Mansur (hukmronlik yillari 754-775)
tomonidan qamalgan va zindonda kaltaklab o‘ldirilgan. Bu kishi "Imom
A’zam" ("Eng buyuk Imom") degan faxrli unvonga sazovor bo‘lgan tarixiy
shaxsdir. Shu sababli hanafiylik xalqimiz o‘rtasida Imom A’zam mazhabi,
deb ham yuritiladi. Bu inson Qur’oni Karimni to‘la yod olgan. Sunniylikni
tashkil etuvchi to‘rt mazhab asoschilari o‘rtasida faqat Abu Hanifagina
payg‘ambar Muhammad alayhissalom sahobalarining
ayrimlari bilan
suhbatda bo‘lgan. Barcha islomiy ilmlarni chuqur o‘rgangan. Natijada
musulmon huquqshunosligiga asos solgan. "Fiqh bo‘yicha eng katta kitob",
"Tavhid asoslari" ,"Olimlar va o‘rganuvchilar kitobi" , "Risola kitobi",
"Vasiyat haqidagi kitob" kabilar Abu Hanifa qalamiga mansub. Abu Hanifa
asarlarining asliyati bizgacha yetib kelmagan. Asarlarida Tavhid (yagona
Ollohga ishonish), Ollohning sifatlari, kalomi-Qur’on, Ollohning qudrati,
iroda erkinligi, gunoh ishlar va ularga belgilangan jazo, xayrli amallar va
ularning ajri, iymon-e’tiqod va boshqa
huquqiy muammolar batafsil
yoritilgan. Abu Hanifaning ba’zi asarlarida dindagi birinchi firqachilarga
qarshilik ko‘rsatish sezilib turgan. Abu Hanifa ijodiga "Al-Musnad" taalluqli
bo‘lib, u hadislar to‘plamidan iboratdir.
78
Abu Hanifa ijodining markaziy o‘rinlaridan biri bu hokimiyat bilan
diniy muassasa o‘rtasidagi munosabatdir. Bu ta’limotda ta’kidlanishicha, har
qanday jome’ masjidini ochish uchun hukumat ruxsatini olish lozim. Bu esa
mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan bog‘liq. Jamiyatni
boshqarish sohasida dunyoviylik va diniylik o‘rtasidagi kelishuvchilik davr
talabidir. Shu sababli ham bu mazhabni keng ma’noda bag‘rikenglik va
taraqqiyotga tarafdor mazhab, deb e’tirof etadilar.
Abu Hanifa va uning izdoshlari qiyos (taqqoslash) usulidan (ya’ni
ko‘rilayotgan masalaga o‘xshash oldin sodir bo‘lgan holatlar bilan)
foydalanib, istihson (yaxshisi yoki afzalini tanlash) tamoyilini ishlab
chiqqanlar va kundalik hayotga tatbiq etganlar.
Bu esa insonni, davlat va
jamiyatning faoliyatini e’tirof etish bilan bog‘liq edi. Bunday yondashish
xalqlarning birlashishi uchun ularning urf-odatlarini hisobga olishni taqozo
etardi. Shu sababli ham islom dinini tezda to‘g‘ri tushunish va unga
bo‘yinsunish ko‘proq turkiy xalqlar o‘rtasida keng tarqaldi, u e’zozlandi.
Dindagi ushbu bag‘rikenglik natijasida dunyoning ko‘p mamlakatlarida
islom e’tirof etildi. Hanafiylikning "moslashuvchanligi",
ijtimoiy-iqtisodiy
madaniy sohalarni ilmiy idrok etish, ko‘pgina mamlakatlarda hukmron din
sifatida e’tirof etilishni tezlashtirdi, unga qiziquvchilar safi orta bordi.
Natijada bu ta’limotning tarafdorlari, asoschilari ko‘paydi. Shular qatorida
Abu Mansur Moturidiy, Abu
Ishoq al-Hakim as-Samarqandiy, keyinroq
yetishib chiqqan Abul Mu’in an-Nasafiy, Nuriddin as-Sobuniy al-Buxoriy,
Abu Lays as-Samarqandiy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy kabilarni olish
mumkin.
Sunniylik ta’limotining "otasi" degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan
Samarqandlik
Dostları ilə paylaş: